harakatlari yordam beradi. Davlat o‘z zimmasiga pul muomalasini to‘g‘ri
tashkil
qilish, bozorning iqtisodiyotining salbiy samaralari uchun tavon to‘lash, bunday
natijalarni bartaraf etish yoki ularga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’suliyatni o‘z
zimmasiga oladi.
Bozor xo‘jaligida aniq korxona yoki firma mahsulotni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining hisob-kitobiga shu mahsulotning bozordagi raqobat natijasida
qo‘yiladigan narxi qarama-qarshi turadi. Ularning keyingisi
sotuvchi va xaridor
o‘rtasidagi erishilgan kelishuv (kompromiss) bo‘lgan
talab va taklifning
nisbatining narxda aks ettirilishiga olib keladi.
Shunday tarzda hosil bo‘ladigan mexanizmning amal qilishi ancha
takomillashgan: jamiyatning talablari zaruriy izchillik bilan qondiriladi.
Shunga
qaramay ta’rifi keltirilgan mexanizm ayrim kamchiliklarga ham ega, ulardan eng
muhimi vaqti-vaqti bilan tovarlarni ortiqcha ishlab
chiqarishining vujudga
kelishidir. Umuman olganda, albatta, bozor mexanizmining imkoniyatlari
cheklangan emas.
U hamma talablarni emas, balki so‘rov orqali ifodalangan
talablarnigina qondirish imkonini beradi. Bunda, eng avvalo,
jamoaviy
foydalaniladigan tovarlar va xizmatlar yoki yana «ijtimoiy jamoaviy» tovarlar deb
ataluvchi – milliy mudofaa, davlat boshqaruvi yagona energetika tizimi,
jamoat
tartibini saqlash va boshqalar tushib qoladi. So‘ngra, bozor tizimi insonga munosib
hayot, ishlashni xohlovchi va bunga qobil bo‘lganlarga mehnat qilish huquqini
ta’minlovchi farovonlikni ma’lum standartlarda amalga oshirishni kafolatlamaydi.
Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, tarixiy
va milliy omillar bilan
bog‘liq bo‘lgan mintaqaviy muammolarni hal qilishda bozor mexanizmi hamma
vaqt ham samarali bo‘lavermaydi.
Shunisi ham ravshanki, bozor ijobiy natija bera
olmaydigan joyda davlatning
aralashishi talab qilinadi.
Hozirgi zamon iqtisodiyotidagi narxlar tizimi juda murakkab, lekin
detallashtirilishdan qochilsa, unining asosiy uchta turini keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: