O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix12.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#96668
1   2   3   4   5   6   7
alisher-navoiy-mahbub-ul-qulub-dagi-komillik-konsepsiyasi-ifodasida-nasr-va-nazm-sintezining-o-rni

O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O„zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-225-231 
 
 
 
 
 
228
 
8-fevral 
https://tai.uz/

Xalqaro konferensiya
 
O„zbek adabiyotining ming yillik tarixini tasavvuf ta‟siridan ayri holda 
tasavvur qilishning imkoni yo„q, chunki tasavvuf milliy-ma‟naviy hayot uchun asosiy 
e‟tiqod falsafasi, o„ziga xos mafkura edi. Tasavvufning asl maqsadi axloqqa 
yo„naltirilgan. Komil inson g„oyasi bu ta‟limotning bosh g„oyasi hisoblanadi. 
Hayotning o„zida shunday g„oya va unga intilishning tayyor nazariyasi va kuchli 
amaliyoti bo„la turib, adabiyotning bu ta‟limotga befarq bo„lishining ham iloji yo„q 
edi, negaki, inson va uning kamolotga erishishi so„z san‟atida ham asl maqsad kabi 
targ„ib etib kelingan. “Alisher Navoiyning g„oya, tuyg„u va timsollar olamini chuqur 
tadqiq etish uchun ham, dunyoqarashi va san‟atkorlik dahosini mukammal shakllarda 
yoritish uchun ham tasavvufga asoslanish, faqat tasavvufga tegishli imkoniyat va 
imtiyozlardan samarali foydalanish lozim” [7.7]. 
“Mahbub ul-qulub” asarida Alisher Navoiyning dinga, tasavvufga munosabati 
va komil inson axloqi qanday bo„lishi kerakligi haqidagi qarashlari o„zining badiiy 
ifodasini topgan. Darvoqe, “Mahbub ul-qulub”ning ikkinchi qismi “Hamida af‟ol va 
zamima xisol zikrida” deb nomlanib, o„n bobda Navoiy ijodining o„zak masalalaridan 
hisoblanmish tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, sabr, tavoze va odob, zikr, tavajjuh, rizo, 
ishq kabi tushunchalarning irfoniy-axloqiy talqini keltirilgan. Har bir bobda ruhiy 
tarbiyaning muhim bosqichlari hisoblanmish ushbu o„nta insoniy fazilatning asl 
mohiyati shayxlar va afsonaviy qahramonlar nomi bilan bog„liq ibratli hikoyat va 
rivoyatlar bilan dalillanadi. Tasavvuf ilmida tariqatning maqomot bosqichlari, 
usullari Ibn Sarrojda 9 ta, Najmiddin Kubroda esa 10 ta tarkibda keltiriladi. 
“Mahbub ul-qulub”da ham 10 ta maqomot ta‟riflangan bo„lib, uning o„ziga 
xosligi tarkibda tavoze va adabning kiritilganligi hamda so„nggi bosqich ishq 
ekanligidir. Navoiy 1467-69-yillar mobaynida Samarqandda yashab, naqshbandiya 
tariqati rahnomalaridan biri Xoja Ahrori Valiy sulukatiga kirgan. Demak, bu ahli 
tariq – Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning maqomot bosqichlariga alohida o‟ziga 
xos yondashuvidir. Navoiy ushbu maqomatlar talabini sodda, ixcham tarzda 
tushuntirib beradi. Bu talablar bajarilgach, ular qanday qilib barkamol shaxsga 
aylanishi mumkinligini ushbu qismdagi nasriy, nazmiy matnlar va hikoyatlar orqali 
sharhlab beradi. Bular: tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, sabr, tavoze va odob, zikr, rizo, 
tavajjuh va ishqdir. Qur‟on oyatlarida ham zikr etilgan bu fazilatlar inson ko„nglini 
turli tug„yon va isyonlardan saqlaydi, unga sakinat – huzur-halovat baxsh etadi, 
axloqini go„zal qilib, irodasini mustahkamlaydi
“Mahbub ul-qulub” ikkinchi qismining sakkizinchi bobi 
Tavajjuh zikrida deb nomlanadi. Tavajjuh zohiran, qalban butun 
borlig„ing bilan Haqqa yuz tutmoqlikdir. Navoiy asarlari lug„atida 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin