O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix12.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#96668
1   2   3   4   5   6   7
alisher-navoiy-mahbub-ul-qulub-dagi-komillik-konsepsiyasi-ifodasida-nasr-va-nazm-sintezining-o-rni

O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O„zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-225-231 
 
 
 
 
 
229
 
8-fevral 
https://tai.uz/

Xalqaro konferensiya
 
ushbu so„zning ma‟nosi “Bir tomonga yo„l olish, yuzlanish, borish” deb ko„rsatiladi. 
Asarda tavajjuhga shunday ta‟rif beriladi: “Agar tavajjuhda yuziga o„qlar kelsa, ko„z 
yummoqni unutqay, agar bir ko„zini ul o‟qlar zoye‟ qilsa, yana birini ilgari tutqay”. 
Demak, tavajjuh o„zni Olloh yo„lida fido qilish demakdir. Bu bobda jazba talqini o„z 
ifodasini topganini ko„rishimiz mumkin. Tavajjuh Yaratganga yuzlanmoqdir. 
Navoiyning fikriga ko„ra, agar ikki dunyo saodatini bayon etib, muhaqqiqu 
payg„ambarlar martabasini ko„rsatsalar ham Ollohga intilayotgan solik u tomonga 
qiyo boqmaydi va hatto o„ziga in‟om qilinayotgan bunday iltifotni rad yoki qabul 
qilishni ko„nglidan o„tkazmaydi. Butun ruhu shuurini Allohga qaratgan solik O„z 
oldidan chiqqan g„azabnok sherdan chumolidan xavfsiraganchalik qo„rquv his 
qilmaydi. Uning nazarida quyosh zarradan qadrsiz, toshqin daryo tomchidan 
miqdorsiz. Bob xotimasida xulosa o„rnida keltirilgan masnaviyda muallif hayvonot 
olamiga xos bir qonuniyatga tayanib, tavajjuh mohiyatini yanada kengroq ochadi: 
Tavajjuh birla hindu sa‟y etar chog„, 
Tushurur ko‟k yog‟ochdin toza yafrog„. 
Kashaf aylab tavajjuh bayzasig„a, 
Yorar ko„z birla bosmay kosasig„a [2.494]. 
Bu bobda Navoiy bir gulxaniy va yosh Shahzoda bilan bog„liq hikoyatni 
keltiradi: “Bir gulxaniyi mehnatkash ko„ngliga bir shahzodai xurshedvash ishqi 
harorati tushti va harorat tobidin qoni qurushti va ruhi muvoraqat qilurg„a yovushti. 
Xirad matoyi ilgidin bordi va junun shaydoliqqa bosh chiqordi. Atfol quvub tosh 
urarlar erdi. Ko„chadin ko„chaga surarlar erdi. Aning og„zida shahzoda oti mazkur va 
ko„ngli aning zikri bila masrur...” Pok ishqning xosiyati shahzodaga ta‟sir etdi va 
devonasini ko„rishga bordi. Unga yuzlangan go„laxi o‟zini unutib, gulxanda kuyib 
halok bo„ldi... 
Majoziy ishqda mundoq tavajjuh ayla xayol, 
Agar o„lsa ishqi haqiqiyda ko„r ne bo„lg„ay hol [2.494]. 
Navoiy yuqoridagi hikoyatda Haqqa bo„lgan tavajjuh, muhabbatning yuksak 
martaba ekanligini insonning insonga bo„lgan pok muhabbati orqali tasvirlaydi va 
bob yakuni vazifasida kelgan fardda majoziy ishq kishini shu ahvolga solgan bo„lsa, 
haqiqiy ishqda ne ahvol bo„lishini o„ylab ko„r dedi. Navoiy ushbu hikoyatni qalamga 
olishda ma‟naviy piri Farididdin Attorning “Ilohiynoma” asaridagi “Oshiq darvesh 
hikoyatidan” ta‟sirlanganini kuzatishimiz mumkin. “Bir darvesh shahzodaga oshiq 
bo„ldi. Kecha-kunduz shahzoda yodida oh-u nola chekar edi...bir 
na‟ra tortib, jonini jabborga topshirdi...” [5.70] 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin