O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix12.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#96668
1   2   3   4   5   6   7
alisher-navoiy-mahbub-ul-qulub-dagi-komillik-konsepsiyasi-ifodasida-nasr-va-nazm-sintezining-o-rni

O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O„zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-225-231 
 
 
 
 
 
230
 
8-fevral 
https://tai.uz/

Xalqaro konferensiya
 
Tasavvufiy tushuncha sifatida sabr tariqat maqomatlaridan biridir. Qur‟oni 
karimda sabr haqida juda ko„p o„rinlarda to„xtalib o„tilgan. Jumladan, Zumar 
surasining 10-oyatida shunday deyilgan: “Hech shak-shubha yo„qki, sabr-toqat 
qiluvchilarga ajr mukofotlari hisob-kitobsiz to„la-to„kis qilib berilur!” Bundan 
tashqari Oli-Imron surasining 200-oyati, Baqara surasining 153-155-oyatlari, 
Muhammad surasining 31-oyatlarida sabr haqida aytib o‟tilgan. Navoiy “Hayrat ul-
abror” dostonining 35-bobida, “Farhod va Shirin” dostonining 8, 9, 22, 26, 43, 44, 
46-boblarida 10 ta o„rinda qahramonlarning ruhiy holatini tasvirlashda sabr 
tushunchasini tilga oladi. “Mahbub ul-qulub” asarining beshinchi bobi Sabr zikrida 
deb nomlanadi. “Sabr o„zni chiqarmoqdur huzuzi nafsonidin va tana‟umoti 
jismonidin va nafsini habs qilmoqdur ibodat mehnatida va qadamni sobit qo„ymoqdur 
riyozot suubatida. Haq yo„lida qotig„irikka tuzmakdur va yaxshi –yomondin har ne 
eshitgan va ko‟rganga tahammul ko„rguzmakdur. Achchig„dur, ammo sudmand; 
qattig„dur, ammo dofei gazand” [2.489]. 
Navoiy sabr shiddatini totib ko„rganlardan biri hazrat Ayub alayhissalom va 
qiyinchiliklarga bardosh berganlardan Muhammad (s.a.v.)dir deb nasriy matnlardan 
so„ng bir fard keltiradi: 
Ajab ranjeki andin sa‟b yo„q ranj, 
Vale chekkan kishining bahrasi ganj [2.490]. 
Ushbu bobda Navoiy bir bechora-notavonning ko„ngliga bir gulyuzning ishqi 
tushganligi haqidagi hikoyatni keltiradi. U tuhmat tufayli zindonga tashlanadi. 
Tuhmatni bo„yniga qo„yish uchun unga berilmagan azob qolmaydi, ammo u maxfiy 
sirni tilga olmaydi. Oxir oqibat sabri tufayli xayoliga kelmagan saodatga erishadi. 
Hikoyatdan so„ng quyidagi fard xulosa o„rnida keltiriladi: 
Kimki har shiddat aro sabr-u tahammul ayladi, 
Baxt aning nishini no„sh-u xorini gul ayladi [2.491]. 
Axloqiy, diniy, tasavvufiy g„oyalar mushtarakligi Alisher Navoiyning tariqat 
maqomlari talqinida Qur‟oniy siymolarga murojaatida ham yorqin ko„rinadi. 
Masalan, Ilohiy kitobdan “Mahbub ul-qulub”ga ko„chgan Ayyub timsoli asrlar osha 
kishilarni ruhiy tetiklik, taqdir zarbalariga chidash, matonat va mardlik ruhida 
tarbiyalab keladi. Shu bilan birga muallifning Ayyubga ishorasi zaminida 
so„fiylarning Haqdan o‟zgaga iltijo qilmaslik, e‟tiqodi mustahkam kishilarning 
munojoti Haq dargohida inobatga o„tishi aqidasi yotadi. Mazkur aqida esa “Anbiyo” 
surasining 83-84-oyatlari asosida shakllangan. 
Navoiy – orif, irfoniy bilimlar sohibi hisoblanadi. “Mahbub 
ul-qulub” asari Alisher Navoiy irfoniy-tasavvufiy qarashlarining 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin