O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix12.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#96668
1   2   3   4   5   6   7
alisher-navoiy-mahbub-ul-qulub-dagi-komillik-konsepsiyasi-ifodasida-nasr-va-nazm-sintezining-o-rni

O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O„zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-225-231 
 
 
 
 
 
226
 
8-fevral 
https://tai.uz/

Xalqaro konferensiya
 
Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub”ni barcha asarlari saodatining kaliti sifatida 
yaratar ekan, unda nasr va nazm sintezidan foydalanadi. Asarning uch qismidagi 
fasllar, boblar, tanbehlardagi nasriy va she‟riy matnlar orqali o„zining hayot haqidagi, 
o„zi yashagan jamiyatdagi mavjud tabaqalarning fe‟l-atvori, jamiyatda tutgan o„rni va 
vazifalari, o„z burchiga halol, to„g„ri munosabatda bo„lishi kerakligi, komillikka 
intilish, kamolot bosqichlari, qalban poklanish, tanni emas, ruhni boyitish, iymon, 
odamiylik to„g„risidagi mulohazalarini kelajak avlod uchun yozib qoldiradi. Asarning 
asosiy g„oyasi komillik sirlari, Qur‟oni karimning umuminsoniy-umumbashariy 
ahamiyatga ega bo„lgan ilmiga, Rasululloh hadislariga amal qilish sunnati ma‟rifatiga 
undashdan iboratdir. Hazrati Navoiy uchun tom ma‟nodagi komil inson Muhammad 
alayhissalomdir. “Xamsa”ning barcha dostonlari, “Lison ut-tayr” dostoni, diniy va 
tasavvufiy, tarixiy va ma‟rifiy asarlarining muqaddima boblari hamddan so„ng 
Rasululloh (s.a.v.) madhi bilan boshlanadi. “Mahbub ul-qulub” muqaddimasida 
an‟anaviy basmala va hamddan so„ng, na‟t qismida islom payg„ambari koinot sarvari 
va barcha payg„ambarlardan afzal, insoniyatning eng yaxshisi deyiladi va buning 
vositasida islom dinining asl mohiyatini tashkil qiluvchi g„oya - barcha dinlar o„z 
mohiyatiga ko„ra bitta, barcha odamlar bir ota-onaning farzandi, payg„ambarlar bir-
birlariga birodardirlar, degan fikr salavotlar zamiriga singdiriladi va iqtibos, talmih 
hamda tashbih san‟atlari orqali rasuli akram vasf qilinadi. “Va durudi noma‟dud ul 
mahbubi oqibat mahmudg„akim, Haq taolo anga qurb va manzilat berdikim, olam va 
odam vujudidan maqsud aning vujudi erdi. Xujasta tiynati ruhi pokdin tohir va 
farxunda xilqati anosir tarkibidan pok erkani zohir. Ansorining yeli Masih anfosi va 
tufrog„i Yaqub ko„zining to„tiyosi va suyi Xizr chashmasining zuloli va o„ti Kalim 
daraxtining nori ishti‟oli. Bu anosirni ruhi pok desa yeri bor va ruhig„a ruhi fidok 
demak sazovor” [2. 450]. 
Kalomi sha‟ni (Qur‟on)da u haqda shunday deyilgan: “Va mo yantiqu anil 
havo” (U sizlarga keltirayotgan Qur‟onni o„z havoyi xohishi bilan so„zlamaydi) va 
nutqi bayonida “In –huva illo vahyun yuho”- U (Qur‟on) faqat Olloh tomonidan 
Payg„ambarga tushirilayotgan vahiydir [1.404]. 
Payg„ambarimiz madhidan so„ng quyidagi 8 misralik masnaviy keltiriladi: 
Ikki gisusi iki laylat ul-qadr, 
Bu yanglig„ iki layl ichra yuzi badr, 
Layl-u badr o„lub sham‟i shabiston, 
Uzoridin xo„y anda kavkabiston. 
Bu kavkablardin aylab Tengri mavjud, 
Nubuvvat spehrida quyosh erkoni ma‟lum, 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin