O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix12.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#96668
1   2   3   4   5   6   7
alisher-navoiy-mahbub-ul-qulub-dagi-komillik-konsepsiyasi-ifodasida-nasr-va-nazm-sintezining-o-rni

O„zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O„zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-225-231 
 
 
 
 
 
227
 
8-fevral 
https://tai.uz/

Xalqaro konferensiya
 
Musohiblari sha‟nida ashobi kan-nujum [2.451]. 
Na‟t masnaviyda ikki olam sarvari Muhammad (s.a.v.) olam va odamning 
murodi sifatida ta‟riflanadilar. Unda Payg„ambarimiz (s.a.v.) zoti unsuri pokligi to„rt 
unsur (havo, tuproq, suv, olov) talqinida ta‟riflanib yeli Masih anfosiga, tuprog„i bani 
Isroildan bo„lib Baytul hazanga, suvi tiriklik chashmasi Xizr suviga, o„ti esa Isro va 
Me‟roj tafsilotlarining dalili bo„lgan daraxt nuridan sho„lalangan Kalomda keltirilgan 
daraxtga tashbih etiladi. Na‟t ikki olam rahmati Payg„ambarimiz (s.a.v) va me‟roj 
kechasi bilan bog„liq barcha ta‟rif-u tafsilotlari ma‟naviy san‟atlar bilan ifodalanadi. 
Muhammad (s.a.v.)ning ikki kokili ikki qadr kechasiga, yuzi to„lin oyga o„xshatiladi. 
Payg„ambarimiz quyoshga, sahobalari yulduzlarga qiyoslanadi hamda “Sahobalarim 
yulduzlar kabidirlar” deb boshlanadigan hadisga ishora qilinadi. 
“O„zbek adabiyotida Muhammad alayhissalom xususida Alisher Navoiy kabi 
“ko„b” va “xo„b” yozgan shoir bo„lmasa kerak. Navoiy uchun Muhammad (s.a.v.) 
maqomi – inson zotining qo„li yetmas yuksaklik, lekin kamolotning Haqdan jazba 
orqali inson sa‟y-harakati bilan erishsa bo„ladigan martabalari ham mavjud. Bu – 
valiylar va oriflar maqomi. Shunday rutbaga erishgan kishilarni shoir komil insonlar 
sifatida o„z asarlarida alohida hurmat va ehtirom bilan tasvirlaydi va Xudodan o„zini 
ham o„sha buyuk zotlarga nasib bo„lgan poyaga ko„tarishni so„raydi. Navoiyning 
hayotida naqshbandiya tariqatining uch buyuk siymosi – Bahouddin Naqshband
Xoja Ahrori Vali va Abdurahmon Jomiylar katta o„rin tutgan. Shoir ularni bir umr 
hassos muhabbat bilan sevdi, bu najib insonlarga yuksak e‟tiqodini deyarli har bir 
asarida u yoki bu darajada ta‟kidlab o„tdi, alohida bob va fasllarda ta‟rif – tavsif etdi. 
Navoiy idealidagi komil insonlar birinchi navbatda xuddi shu uch buyuk avliyo edi” 
[6.7]. 
“Mahbub ul-qulub” asari komil inson axloqi, uning tarbiyasiga oid muhim 
manba hisoblanadi va insoniyatga kamolot yo„lini ko„rsatib turadi. Asarning ikkinchi 
qismida bashariyat, jamiyat kamoloti uchun inson qanday fazilatlarga ega bo„lishi 
kerakligi va insonni ma‟naviy barkamol etadigan yaxshi fe‟llar hamda uni tuban 
qiladigan yomon fe‟llar kasofati haqida ma‟lumotlar berilgan. Komillikka erishish 
masalalari tasavvufiy qarashlar tamoyilida ko„zdan kechiriladi va bu bilan birinchi va 
ikkinchi bo‟limlarning ma‟naviy jihatdan bir-biri bilan bog„liqligini ko„rsatadi. 
Sharqning boshqa mutafakkirlari singari Navoiy ham tasavvufdan oziqlangan, uning 
irfoniy g„oyalaridan ruhlangan. “Tasavvuf adabiyotini o„rganmasdan turib, o„rta 
asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega 
bo„lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo„lmasdan 
Sharqning o„zini anglash qiyin” [8.102]. 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin