1) kollaps holatidagi bemor boshini pastga qaratib qo‘yish kerak;
2) vena tomiriga asta-sekin quyidagi vazopressor vositalar yuboriladi:
– mezaton 1 % – 0,2–0,3 ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasida;
– noradrenalin 0,1 % – 1,0;
– poliglyukin, reopoliglyukin 400,0 ml tomchilatib;
– prednizolon 60–90 mg;
– puls kamayganda atropin 1 % – 1;
3) zudlik bilan asosiy kasalligi bo‘yicha gospitalizatsiya qilish.
Hushning yo‘qolishi – shunday holat bo‘lib, bunday shaxs harakatsiz
yotadi, savollarga javob bermaydi, tashqi ta’sirlarni qabul qilmaydi.
Bunday holatda nerv faoliyatining buzilishi, organizmning tashqi ta’sirga
reaksiyasi pasayishi va yo‘qolishi hamda o‘z
shaxsini anglash
qobiliyatining o‘zgarishi haqida o‘ylash kerak.
Bunday holat ko‘plab sabablar natijasida kelib chiqadi, lekin barcha
hollarda sezgi markazi – bosh miya jarohatlanadi. Miyaning jarohatlanishi
bevosita ta’sir natijasida – bosh jarohatlanishlarida qon qo‘yilishi,
elektrdan shikastlanish, zaharlanishlar (shu jumladan, alkogolizm)
natijasida yuzaga kelishi, shok, yurak kasalliklari, jigar yoki bo‘yrak
yallig‘lanishida va sovuq urganda yuz berishi mumkin.
Koma – hushni yo‘qotishning chuqur buzilishi bo‘lib, unda og‘riqqa
nisbatan reaksiya yo‘qoladi.
Komaning quyidagi turlari farqlanadi:
1)
serebral koma – bunda quyidagi simptom kuzatiladi: oyoq-
qo‘llarda harakat va sezgi yo‘qligi, og‘izning jarohatlanmagan tomonga
qiyshayishi (kasal «trubka chekayapti»), ko‘zning
jarohatlangan tomonga
qiyshayishi (kasal bosh miyadagi jarohatlangan o‘choqqa qarayapti),
shikastlangan oyoq yoki qo‘llar ko‘tarib-tushirilganda krovatga og‘irlik
bilan tushadi.
Apopleksik zarbalar ko‘pincha 45–60 yoshdagilarda kutilmaganda
sodir bo‘ladi. Bunday bemorlarning yuzlari qizil rangda bo‘lib, bungacha
ular ko‘pincha arterial qon bosimining oshishidan qiynalib yuradilar.
Birinchi yordam:
a) to‘liq tinchlikni ta’minlash;
b) boshga sovuq qo‘yish (muzli grelka);
v) tez yordam mashinasini chaqirish;
g) ixtisoslashgan kasalxonaga gospitalizatsiya qilish.
2)
diabetik (giperglikemik) koma qandli diabet kasalligi bor bemorda
kuzatiladi. Qandli diabet – organizmda insulinning mutlaq (absolut) yoki
nisbiy yetishmovchiligi bilan tavsiflanuvchi hamda shunga bog‘liq
ravishda qonda qand miqdori oshishi va siydik bilan ajralishi xos bo‘lgan
kasallik. Qandli diabet kasalligining asosiy belgilari quyidagilar:
chanqash, og‘iz qurishi, ozish, teri qoplamlarining qichishi, furunkulyoz.
Qonda qand miqdorining qanchalik oshishi va qonda keton
tanachalarining (atseton) yig‘ilishi bo‘lgan bemorlar, agar adekvat terapiya
204
olmasalar, giperglikemik koma ro‘y beradi. Bu koma asta-sekin kelib
chiqadi: lanjlik, ishtahannig yo‘qolishi, qorinning yuqori qismidagi og‘riq,
qayt qilish kuzatiladi. Teri quruq bo‘lib,
chiqayotgan nafas havosidan
atseton hidi keladi.
Diabetik komada tez yordam:
1) tezkor gospitalizatsiya;
2) asoratlarini davolash;
3) 4 % soda eritmasi, «S» va «V» guruh vitaminlarni berish lozim.
Qandli diabetda, ayniqsa insulin bilan davolanadigan bemorlarda
insulin dozasi ortib ketganda teskari holat yuz berib, qonda qand miqdori
kamayib ketadi. Bunday holatlarda gipoglikemik koma rivojlanadi.
3)
gipoglikemik koma ko‘pchilik hollarda ro‘y berishi mumkin. U
quvvatsizlik, kutilmaganda holsizlik, ochlik, ko‘p ter ajralishi va yurak
uvishishi bilan tavsiflanadi. Giperglikemik
komadan farqli ravishda
bunday bemorlar chanqashga shikoyat qilmaydilar, ko‘z olmasining
gipotoniyasi kuzatilmaydi va chiqayotgan nafas havosidan atseton hidi
kelmaydi.
Komatoz holatning bunday turi ham tez va faol davolash yordamini
talab qiladi:
a) shirin choy ichish yoki qand bo‘lagini og‘izga solib eritish;
b) vena tomiriga 5 %li glukoza eritmasini yuborish;
v) kasalxonaga gospitalizatsiya qilish.
4) jigar komasi jigar funksiyasi buzilishi bilan kechuvchi
kasalliklarda, jigar yetishmovchiligi holatlarida ro‘y beradi. Bunga qonda
o‘t kislotalari va modda almashinuvi zaharli moddalarning qonda
to‘planishi sabab bo‘ladi. Bunday bemorlarda ko‘z sklerasi sarg‘ayadi,
ko‘zga tashlanadigan shilliq qavatlarda va terida tirnalishga o‘xshash
izlar
bo‘ladi, ularda kuchsiz hamda tez-tez burundan va ichakdan qon ketishlar
sodir bo‘lib turadi. Koma bemorning asosiy kasalligi natijasi bo‘lib, u
asta-sekin rivojlanadi. Bunday bemorlarni zudlik bilan gospitalizatsiya
qilish kerak.
5) uremik koma buyrak kasalliklarida azot chiqindilarining qonda
yig‘ilishi tufayli ro‘y beradi, kasallik asta-sekin rivojlanadi. Uning
belgilari: azob beruvchi og‘riqlar, shish, qo‘zg‘alish, qon bosimining
ortishi, xuddi siydik kislotasi kristallarini surtib olgandek bo‘lib terining
qurishi, chiqayotgan nafasdan siydik hidining kelishi.
Tez yordam:
a) agarda qon bosimi yuqori bo‘lsa, qon oqizish;
b) siydik haydovchi preparatlar;
v) tezda gospitalizatsiya qilish.
6) alkogol komasi ko‘p va katta miqdorda alkogol iste’mol qilish
natijasida zaharlanishdan kelib chiqadi. Unga xos belgilar:
harakat
qo‘zg‘alishlari, terining kulrang-ko‘kish tusda bo‘lishi, yuzning so‘liqishi,
keskin ter ajralishi, og‘izdan kuchli alkogol hidining tarqalishi. Alkogol
205