O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org
Ko‘rish organlari Ko‘rish organi ko‘z soqqasi, qovoqlar, ko‘z soqqasini harakatga
keltiruvchi muskullar va ko‘z yoshi apparatidan tashkil topgan.
Ko‘z soqqasi (olmasi) uch qavatdan: 1) ko‘zning fibroz qavati, ya’ni
tashqi qavati; 2) ko‘zning o‘rta tomirli pardasi; 3) rangdor pardalardan
iborat.
Ko‘zning fibroz pardasi tashqi eng qattiq parda bo‘lib, ko‘zning
oldingi qismida tiniq shox pardaga aylanadi, u ko‘zning nur sindiruvchi
qismini tashkil etib, yorug‘lik nurlari to‘siqsiz qabul qilinadi.
Ko‘zning o‘rta tomirli pardasi qon tomirlarga boy bo‘lib, u kiprikli
tana bilan birlashadi. Kiprikli tana esa, o‘z navbatida, yoy (kamalak) parda
bilan tutashib, uning o‘rtasida qorachig‘i bo‘ladi. Muskul tolalaridan
iborat yoy parda qisqarganda, ko‘z qorachig‘i torayadi, bo‘shashganda esa
qorachiqlar kattalashadi. Qorachiqlarning kattalashishi va torayishi ko‘zga
tushayotgan yorug‘lik nurining kuchiga bog‘liq. Ya’ni qanchalik yorug‘
bo‘lsa, qorachiq shuncha toraygan bo‘ladi va aksincha.
Shox parda va kamalak parda o‘rtasidagi bo‘shliq ko‘zning oldingi
kamerasi deb yuritiladi. Kamalak parda orqasida ko‘z gavhari bo‘lib,
uning ortida ichi sariq shilimshiq modda bilan to‘lgan ko‘zning orqa
kamerasi mavjuddir. Shuning uchun u shishasimon tana deb ataladi.
Ko‘zning eng muhim pardasi to‘r parda hisoblanadi, unga tashqi
tomondan qon tomirlar yopishib tursa, ichki tomondan shishasimon tanaga
tegib turadi. To‘r parda, o‘z navbatida, o‘nta qavatdan tashkil topgan. To‘r
pardadagi bosh miyadan keluvchi ko‘ruv nervining oxiri «kolbacha» va
«tayoqcha»simon hujayralardan iborat. «Tayoqchalar» oq va qora nurlarni,
«kolbachalar» esa yorug‘likda rangli nurlarni qabul qiladi.
Turli xil jismlardan qaytib, ko‘zga tushayotgan yorug‘lik shox parda
va ko‘zning oldingi kamerasidan, qorachiq, ko‘z gavhari, shishasimon
tanadan o‘tib sinadi va to‘r pardada o‘sha jismning tasviri paydo bo‘ladi.
Bu tasvir ko‘ruv nervi orqali bosh miyaga uzatiladi. Bosh miyada jismning
rangi, katta-kichikligi, shakli, uzoq-yaqinligi tahlil qilinadi va miyamizda
shu tasvir haqida tasavvur hosil bo‘ladi.
36