O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə15/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Katta qon aylanish doirasi. Kislorodga to‘yingan qon yurakning chap
qorinchasidan boshlanib, arteriya va arteriolalarga bo‘linadi. Arteriolalar,
o‘z navbatida, to‘qimalarda kapillar to‘rlarni hosil qiladi va ular uchun
kerakli bo‘lgan kislorod va boshqa oziq moddalarni berib, to‘qimalarda
moddalar almashinuvi mahsuloti bo‘lgan karbonat angdrid (CO
2
)ni yig‘ib
venoz qonga aylanadi va vena tomirlari orqali o‘tib, yurakning o‘ng bo‘l-
masiga quyiladi.
29



30





Kichik qon aylanish doirasi. Karbonat angdridga to‘yingan venoz
qon yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriyasi ko‘rinishida boshlanib,
o‘pka orqali o‘tadi. O‘pkada venoz qon tarkibidagi karbonat angdridni
chiqarib, kislorod bilan to‘yinadi. Natijada venoz qon arterial qonga
aylanadi va o‘pka venalariga yig‘ilib, yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi.
Demak o‘pka arteriyalarida oqayotgan qon venoz qon bo‘lsa, o‘pka
venalarida oqayotgan qon esa arterial qondir.
Odam organizmidagi yirik qon tomirlarini bilish har bir inson uchun
zarur, chunki bu qon ketishi vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
uchun juda muhimdir.
Aorta chap qorinchadan boshlanadi. So‘ng yuqoriga ko‘tariladi.
Keyin esa pastga qayrilib aorta ravog‘ini hosil qiladi. Aorta ravog‘idan
tananing yuqori qismlarini bosh, tana, qo‘llarni qon bilan ta’minlaydigan
arteriyalar boshlanadi.
Aorta ravog‘ining o‘ng tomonidan o‘ng yelka – bosh (nomsiz)
tarmog‘i chiqadi va undan, o‘z navbatida, o‘ng umumiy uyqu va o‘ng
o‘mrov osti arteriyalari ajraladi. O‘ng umumiy uyqu arteriyasi bosh
sohasiga qon olib boradi. O‘ng o‘mrovosti arteriyasi – o‘mrov suyagi va
birinchi qovurg‘a orasidan o‘tib (shu yerda uni bosib qon to‘xtatish
mumkin) o‘ng qo‘lga boradi.
O‘mrovosti arteriyasi qo‘ltiqosti chuqurchasiga o‘tganda qo‘ltiqosti
arteriyasi nomi bilan yuritiladi. Qo‘ltiqosti arteriyasini yelka suyagi
boshchasiga bosib qon oqishini to‘xtatish mumkin. Qo‘ltiqosti
arteriyasining davomi yelka arteriyasi bo‘lib, uni yelka ichki sohasida
paypaslab bilsa bo‘ladi. Yelka arteriyasi tirsak bo‘g‘imi sohasida tirsak va
bilak arteriyalariga bo‘linadi. Bilak arteriyasidan pulsni aniqlashda
foydalaniladi.
Aorta qon tomirining pastga qayrilgan joyidan qorin bo‘shlig‘igacha
qismi ko‘krak aortasi deyiladi, u diafragmani teshib o‘tgandan so‘ng qorin
aortasi nomi bilan yuritiladi. Qorin aortasini kindik sohasida paypaslab
aniqlash mumkin. Qorin bo‘shlig‘iga qon ketish vaqtida uni umurtqa
pog‘onasiga taqab bosib qon ketishini kamaytirish mumkin. Qorin
aortasidan qorin bo‘shlig‘i a’zolariga qon olib boruvchi asosiy tarmoq –
qorin arterial o‘zani boshladi. U uchga bo‘linadi. Ulardan biri jigar
umumiy arteriyasi, ikkinchisi taloq arteriyasi, uchinchisi esa oshqozon
chap arteriyasidir.
Vena qon tomirlari har bir arteriya yonida bo‘lib, shu arteriya bilan
parallel yo‘nalgan bo‘ladi. Bosh, qo‘l va tananing yuqori sohalaridan
yig‘ilgan qon yuqori kovak venaga kelib quyiladi. Tananing pastki
sohalaridan: oyoqlardan, qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan yig‘ilgan qon pastki
kovak venaga quyiladi. Yuqori va pastki kovak venalar o‘zidagi venoz
qonni yurakning o‘ng bo‘lmachasiga quyadi.
31


LIMFA TIZIMI


Limfa tizimi – limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa
tugunlari limfa tomirlari bo‘ylab joylashgan. Limfa tomirlarida limfa
suyuqligi oqadi. U o‘zida ko‘plab limfotsit va monotsitlar saqlaydi. Eng
yirik limfa tugunlari qo‘ltiq ostida, chov (qov) sohasida, pastki jag‘ ostida,
bo‘yinda joylashgan. Limfa tizimi elementlari organizmning muhim hi-
moya omili bo‘lib xizmat qiladi.
Taloq 
Taloq chap biqinda, qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, 9–11-
qovurg‘alar sohasiga to‘g‘ri keladi. Taloq bajaradigan vazifasiga ko‘ra,
ko‘proq limfa bezlari va ko‘mikka o‘xshaydi. Taloq limfotsit va
monotsitlar (qon elementlari)ni ishlab chiqaradi. Taloq o‘zi orqali
o‘tayotgan qon tarkibidagi zararli mikroblarni ushlab qoladi, ya’ni o‘ziga
xos filtr vazifasini ham bajaradi va shu yo‘l bilan organizmni himoya
qilishda qatnashadi. Taloqda umri tugagan qon elementlari (eritrotsitlar)
parchalanadi. Ayrim yuqumli kasalliklar (qorin tifi, bezgak va
boshqalar)da taloq kattalashadi. Bu uning faoliyati kuchayganligi, ya’ni
limfotsitlar ko‘p hosil bo‘layotganligidan dalolat beradi. Jarrohlik yo‘li
bilan taloq olib tashlansa, uning vazifasini suyak ko‘migi, jigar, limfa
bezlari bajaradi.
SIYDIK AJRATISH TIZIMI
Odam organizmining faoliyati natijasida to‘qimalarda ko‘plab kerak-
siz va zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalarning organizmdan
chiqib ketishi uchun buyraklar, ya’ni siydik ajratish a’zolari tizimi xizmat
qiladi.
Buyraklar juft a’zo bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i ortida, umurtqa pog‘o-
nasining ikki yonida, 12-ko‘krak umurtqasi va 1–2-bel umurtqalari sathida
joylashgan. Buyrak, shakliga ko‘ra, loviyasimon tuzilishga ega bo‘lib,
uning egilgan (botiq) qismi buyrak darvozasi deb yuritiladi. Buyrak
darvozasi kengayib, siydik jomiga o‘tadi. Undan pastga qarab siydik yo‘li
boshlanadi. Buyraklar oson ajraladigan fibroz parda bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Buyrak yog‘ to‘qimasi buyrakning orqa tomonida yaxshi rivojlangan
bo‘ladi. Buyrak ustida buyrakusti bezi joylashgan.
Buyrak bezsimon tuzilishga ega a’zo bo‘lib, u kesib ko‘rilganda ikki,
ya’ni po‘stloq va mag‘iz modda qavatlaridan iborat ekanligini ko‘rish
mumkin. Po‘stloq modda jigarrang bo‘lib, qalinligi 4–5 mm keladigan
po‘st moddadan iborat. Buyrak ichki qismida alohida, to‘dalashib,
piramida shaklida joylashgan mag‘iz moddani ko‘rish mumkin.
Piramidalar keng tomoni buyrak po‘stiga, so‘rg‘ich shaklidagi uchi esa
32


buyrak bo‘shlig‘iga qarab joylashgan. Piramidalar, taxminan, 1 mln mayda


kanalchalar (nefron)dan tuzilgan.
Buyrak kanalchalarining bir uchi berk bo‘lib, devori ikki qavatli
kapsula bilan tugaydi. Ular, o‘z navbatida, qon tomirli koptokchani o‘rab
turadi. Qon tomirli koptokcha va kapsula birgalikda buyrak tanachasini
hosil qiladi. Buyrak tanachasi va kanalchalari birgalikda buyrakning
struktural va funksional birligini tashkil qiladi. Nefronlarda yig‘ilgan
siydik yig‘uvchi naychalar orqali buyrak so‘rg‘ichlariga, ulardan buyrak
kosachalariga o‘tib, buyrak jomchalari orqali siydik yo‘liga tushadi.
Siydik yo‘llari orqali buyrakdan ajralgan siydik qovuqqa kelib yig‘iladi.
Siydik hosil bo‘lish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Birinchi
bosqichda buyrak tanachalarida hosil bo‘lgan birlamchi siydik (bir sutkada
1,5 l) buyrak kanalchalarida qayta so‘rilib, uning tarkibidagi suv va
hayotiy zarur moddalar ushlab qolinadi. Siydik tarkibidagi kreatinin,
ammiak va vodorod ionlaridan ikkilamchi siydik (bir sutkada 1,5 l) hosil
bo‘ladi. Ikkilamchi siydik hosil bo‘lishi siydik hosil bo‘lish jarayonining
ikkinchi bosqichini tashkil etadi. Umuman olganda, siydik hosil bo‘lish 3
ta bosqich, ya’ni filtratsiya, reabsorbsiya va sekretsiya jarayoni natijasidir.
Qovuqda yig‘ilgan siydik tashqi siydik chiqaruv yo‘li orqali
tashqariga chiqariladi. Qovuq eziluvchan a’zo bo‘lib, unda 1 l hajmdagi
siydik yig‘ilishi va ma’lum muddat saqlanishi mumkin.
KO‘PAYISH A’ZOLARI
Inson organizmida ko‘payish a’zolari ikki qismga, ya’ni ichki va
tashqi jinsiy a’zolarga bo‘linadi. Erkaklarda jinsiy bezlar spermatozoidlar
ishlab chiqaradi. Ayollar tuxumdonida tuxum hujayralari ishlab
chiqariladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin