uzoqlashtiruvchi, yaqinlashtiruvchi, aylanma harakatlarni bajaruvchi
muskul guruhlariga bo‘linadi.
Muskullar – uzun va qisqa, keng bo‘lishi mumkin. Uzun muskullar
asosan qo‘l va oyoqlarda, qisqa muskullar esa gavda orqasi chuqur
muskullari ostida, qovurg‘alar orasida bo‘ladi. Keng muskullar gavdaning
ko‘krak va qorin qismida hamda tananing orqasida joylashgan bo‘ladi.
Tana orqasidagi muskullar yuza va chuqur muskul guruhlariga bo‘linadi.
21
Tana orqasidagi chuqur muskullar lateral va medial muskul guruhlariga
bo‘linib, umurtqa pog‘onasining ikki tomoni bo‘ylab ensadan
dumg‘azagacha cho‘zilgan. Bu muskul guruhlari umurtqa pog‘onasining
tiklovchi muskul guruhlariga kiradi.
Ko‘krak muskullari – yelka kamari va yelka muskullariga taalluqlidir.
Katta ko‘krak muskuli yuza joylashgan bo‘lib, shakli uchburchak – qo‘lni
tanaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi. Kichik ko‘krak muskuli – 2, 4-
qovurg‘alardan boshlanib, kurak suyagiga yopishadi. Bu muskul kurak
qimirlamay turganda qovurg‘alarni ko‘taradi, ko‘krak qafasi qimirlamay
turganda esa kurakning tashqi burchagini oldinga va birmuncha pastga
tortadi.
O‘mrovosti muskuli 1-qovurg‘a va o‘mrov suyagi orasida joylashgan
bo‘ladi. Bu muskul o‘mrov suyagini pastga va markazga tortadi. Ko‘krak
qafasining old va yon tomonida oldingi tishsimon muskullar joylashadi.
Bu muskul qisqarganda kurakni oldinga tortadi va uni tashqariga buradi.
Bu esa, o‘z navbatida, qo‘lni gorizontal holatdan ham yuqoriroq tutish
imkonini beradi.
Ichki qovurg‘alararo muskullar nafas olishda, tashqi qovurg‘alararo
muskullar esa nafas chiqarishda ishtirok etadi.
Qorin devori muskullari tashqi va ichki qiyshiq, ko‘ndalang, to‘g‘ri va
kvadrat muskullardan tashkil topgan.
Tashqi qiyshiq muskul keng bo‘lib, yo‘nalishi yuqoridan pastga va
tashqaridan ichkariga bo‘ladi. Ichki qiyshiq muskul ham tashqi qiyshiq
muskul ostida shu yo‘nalishda joylashgan. Tashqi va ichki qiyshiq
muskullar orqasida qorinning ko‘ndalang muskuli joylashgan. Qorin
to‘g‘ri muskuli o‘rta chiziqdan tashqarida joylashgan bo‘lib, muskul
tutamlari (press) hosil qiladi, ushbu muskulning yo‘nalishi yuqoridan
pastga qarab boradi. Orqaning kvadrat muskuli yonbosh suyaklarining
yuqorigi qirralaridan boshlanadi va 12-qovurg‘a va bel umurtqalarining
yon o‘smalariga yopishadi.
Qorinning tashqi va ichki qiyshiq muskullari tananing yon tomonga
egilishida ishtirok etsa, qorinning to‘g‘ri muskuli gavdaning oldinga
egilishga yordam beradi. Qorin devori muskullari qorin bo‘shlig‘ini hosil
qilishda ishtirok etadi.
Bosh muskullari – yuz-mimika va chaynov muskullariga bo‘linadi.
Mimika muskullari – kalla suyagi yuz qismidan boshlanib teriga yo-
pishgan bo‘ladi. Mimika muskullari ko‘proq ko‘z olmasi, og‘iz, quloq
atrofida joylashgan va shu a’zolar faoliyatida ishtirok etadi.
Chaynov muskullari – 4 juft muskuldan iborat va qolgan ikki jufti
(medial va lateral qanotsimon) chuqur joylashgan bo‘ladi. Chaynov
muskullari ovqatni maydalash, uzib olish, chaynashga xizmat qiladi.
Bo‘yin muskullari yuza va chuqur guruhlarga bo‘linadi. Yuza
muskullar ichki va tashqi bo‘ladi.
22
Tashqi guruh muskullariga bo‘yin teriosti va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ich-
simon o‘simta muskullari (o‘mrov muskuli) kiradi. Bo‘yin teriosti muskuli
og‘iz pastki burchagini pastga tortadi va bo‘yin terisini taranglashtiradi.
To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon o‘simta muskuli bo‘shashganda boshni
oldinga (bir tomonlama qisqarganda) o‘ng yoki chapga o‘girish, ikki
tomonlama qisqarganda esa boshni qattiq tik holda ushlab turish mumkin
bo‘ladi.
Bo‘yin chuqur muskullariga quyidagi muskullar kiradi:
a) narvonsimon – old, o‘rta, orqa;
b) umurtqa oldi muskullari – bosh va bo‘yinning uzun muskullari,
boshning to‘g‘ri muskullari.
Bulardan tashqari, bo‘yinda – tilosti suyagidan yuqorida va pastda
joylashgan muskullar bo‘lib, ular pastki jag‘ni pastga tushirishga, ovqatni
yutishga va qalqonsimon tog‘ayni harakatlantirishga moslashgan.
Qo‘l muskullari ikki guruhga – yelka kamari va qo‘l erkin qismining
muskullariga bo‘linadi.
Yelka kamari muskullari yelka bo‘g‘imi atrofida joylashgan bo‘lib,
ko‘krak va orqa muskullar ishtirokida yelka bo‘g‘imini harakatlantiradi.
Yelka kamari hammasi bo‘lib 6 ta (deltasimon, kurak qirra usti va osti,
kichik va katta yumaloq, kurakosti) muskuldan iborat.
Qo‘l erkin qismining muskullari uzun bo‘lib, old va orqa guruh
muskullariga bo‘linadi. Bu guruh muskullarga yelkaning old va orqasi,
bilak va panjaning old va orqa guruh muskullari kirib, asosan qo‘l va
panjani bukish va yozishga moslashgan muskullardan tashkil topgan.
Bukuvchi muskullarga ikki boshli va tumshuqsimon yelka muskullari
kiradi. Bukuvchi muskullar yelkaning old qismidan joy olgan.
Yelkaning yoyuvchi muskullariga uch boshli va tirsak muskuli kirib,
yelkani yozishga moslashgan va uning orqa tomonidan joy olgan.
Bilakning orqa tomonida panjani yozuvchi muskullar, old tomonida esa
panjani bukuvchi muskullar joy olgan. Qo‘l panja muskullari uchta
guruhga bo‘linadi:
1) bosh barmoq do‘mbog‘i muskullari;
2) jimjiloq muskullari;
3) kaft o‘rtasidagi kaft suyaklararo muskullar.
Oyoq muskullari – chanoq, son, boldir, panja muskullaridan tashkil
topgan. Chanoq muskullari – chanoq tana bilan deyarli harakatsiz
birlashganligi sababli, muskullar faqat chanoq- son bo‘g‘imiga aloqador
bo‘lib, ikki (old va orqa) guruhlarga bo‘linadi. Chanoq muskullari
chanoqdan boshlanib, son suyagida tugaydi. Old guruh yonbosh-bel
muskuli sonni bukadi va tashqariga buradi. Oyoq qimirlamay turganda
gavdani bukishda qatnashadi. Noksimon va ichki yopqich muskul – sonni
tashqariga buradi.
23
Orqa guruh muskullariga quyidagilar kiradi: a) katta dumba muskuli
(sonni tashqariga buradi, odam gavdasini tik tutish va gavdani
to‘g‘rilashda ishtirok etadi); b) dumbaning o‘rta muskuli; v) dumbaning
kichik muskuli (ustma-ust joylashgan bo‘lib, sonni uzoqlashtiradi); g)
tashqi yopqich; d) kvadratsimon muskul (sonni tashqariga buradi).
Son muskullari uch guruhga (old, o‘rta, orqa) bo‘linadi. Old guruh
muskullariga to‘rt boshli va «tikuvchilar» muskuli kiradi. Bu muskullar
tizza va sonning chanoq-son bo‘g‘inini bukishga yordam beradi. O‘rta
guruh muskullari – taroqsimon, sonni yaqinlashtiruvchi, uzun, kalta, katta
va nozik muskullardan iborat bo‘lib, sonni bir-biriga yaqinlashtirishga
yordam beradi. Orqa guruh muskullariga ikki boshli son muskuli, yarim
pay muskul, yarim parda muskullar kirib, sonni yozadi, boldirni bukadi va
boldirni tashqariga buradi.
Boldir muskullari uch guruhga bo‘linadi: 1) oldingi; 2) lateral; 3)
orqa.
Oldingi guruh muskullari: a) oldingi katta boldir muskulioyoq panja-
sini yozadi, panjaning medial tomonini ko‘taradi; b) barmoqlarni yoyuvchi
uzun muskul panja va barmoqlarni yozadi; v) bosh barmoqni yoyuvchi
uzun muskul panjani yozadi va oyoq kaftining ichki yuzasini ko‘taradi.
Lateral guruh mushaklari: a) kichik boldirning uzun muskuli oyoq
gumbazini mustahkamlaydi, oyoq panjasini va bosh barmoqni bukadi;
b) kichik boldir kalta muskuli barmoqlarni yozadi.
Orqa guruh muskullari: a) boldirning uch boshli muskuli; b) boldir
muskuli; v) kambalasimon muskul; g) tovon muskuli. Bu muskullar tizza
bo‘g‘imini bukadi, odamning tik turishini ta’minlaydi.
OVQAT HAZM QILISH TIZIMI
Inson hazm qilish tizimining umumiy uzunligi 8–10 m bo‘lib,
quyidagi qismlarga bo‘linadi: a) og‘iz; b) halqum; v) qizilo‘ngach; g)
oshqozon (me’da); d) ingichka ichak; ye) yo‘g‘on ichak.
Ovqat hazm qilish tizimida ovqat moddasi tishlar yordamida may-
dalanib, mexanik ishlanadi. So‘ngra u so‘lak bezlari va ichak bezlaridan
chiqqan shiralar ta’sirida ximik ishlanib, parchalana boshlaydi. Hazm
yo‘lida ovqat moddalarining parchalanib shimilishi uchun odam
organizmida bir sutkada 8,5 l shira ajraladi. Shundan 1,5 l so‘lak, 2,5 l
oshqozon shirasi, 1 l oshqozon osti bezi shirasi, 2,5 l ichaklar ishlab
chiqargan shiralar, 1,2 l safro (o‘t) tashkil etadi.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqat luqmasi tishlar bilan maydalanib, so‘lak
bilan aralashgandan so‘ng luqma yutiladi va ovqat moddasi qizilo‘ngach
orqali oshqozonga tushadi. Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat moddasining mazasi,
shirin yoki achchiqligi, yumshoq yoki qattiqligi, issiq-sovuqligi aniq-
24
lanadi. Bu sezgilar til yuzasida joylashgan retseptorlar ta’sirida seziladi.
Og‘iz bo‘shlig‘iga 3 juft so‘lak bezidan so‘lak quyilib, bular 1 juft
quloqosti, 1 juft tilosti, yana 1 juft jag‘osti so‘lak bezlaridir. So‘lak
bezlaridan ishlanib chiqqan so‘lak bezi yo‘li orqali (yuqoridagi 3 juft) yoki
so‘lak naylari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘iz bo‘shlig‘iga tushadi. So‘lak
bilan ishlangan ovqatning yutilishi osonlashib, og‘iz bo‘shlig‘ida shakar
va ayrim mineral tuzlar parchalana boshlaydi. So‘lak tarkibida ptialin
moddasi bo‘lib, uning ta’sirida kraxmal shakarga aylanadi.
Tomoq og‘iz bo‘shlig‘ining yumshoq tanglayidan boshlanuvchi
qismidir, uning ikki tomonida old va orqa tanglay ravoqlari bo‘lib, ular
o‘rtasida bodomcha bezlari joylashgan. Tomoq o‘rtasining yuqorigi
qismida yumshoq tanglay davomi sifatida tilcha osilib turadi. Bodomcha
bezlari muhim himoya organi hisoblanib, limfoid bezlar jumlasiga kiradi.
Halqumning burun, og‘iz va qizilo‘ngach qismlari nafas olish va
ovqat hazm qilish a’zolarining kesishgan chorrahasini o‘zaro bog‘lab
turadi. Burundan kirgan havo traxeya orqali o‘pkaga, og‘izdan kirgan
ovqat moddasi esa qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushadi.
Qizilo‘ngachga tushgan ovqat va suyuqliklar oshqozonga o‘tkaziladi.
Qizilo‘ngach diafragmaning chap tomonidan maxsus teshik orqali qorin
bo‘shlig‘iga o‘tadi.
Oshqozon devori 3 qavatdan – tashqi, o‘rta, ichki shilliq qavatlardan
tashkil topgan. Tashqi qavatni qorin pardasining ichki devori hosil qilib, u
yupqa va nozik bo‘ladi. O‘rta qavatni oshqozon muskullari tashkil etadi.
Bu muskullarning qisqarishi ovqat moddasining ichaklarga o‘tishini
ta’minlaydi. Ichki shilliq qavat ko‘plab so‘rg‘ichlar bilan qoplangan
bo‘lib, bu yerda 5 mln dan ortiq bezlar ham joylashgan. Bu bezlar shirasi
tarkibida ovqat moddasini parchalaydigan pepsin moddasi mavjud.
Oshqozon shirasi shilliq qavatda joylashgan bezlar mahsuloti bo‘lib,
bir sutkada odamda 2–2,5 l gacha shira ajraladi. Bu shira oshqozon ichki
muhitining nordonligi (kislotaliligi)ni ta’minlab, uning asosiy tarkibi
xlorid kislota (HCl), pepsin va shilliqdan iborat. Oshqozon shirasi o‘z
tarkibi bilan oqsillarni parchalashda ishtirok etadi. Bundan tashqari,
oshqozon shirasi ovqat bilan birga kirgan mikroblarni o‘ldirib, bakteritsid
ta’sir etadi. Oshqozon shirasi ishlanib chiqishi nonushtadan so‘ng 5–10
minut o‘tgach boshlanadi va ovqat bo‘laklari to‘liq ichaklarga o‘tgandan
so‘ng shira ajralishi to‘xtaydi.
Oshqozonga tushgan ovqat 1–6 soat saqlanib turadi va oshqozon
shirasi ta’sirida ximiyaviy ishlanib, mayda-mayda porsiya holida
oshqozonning peristaltik harakatlari bilan o‘n ikki barmoqli ichakka,
ingichka ichakning boshlang‘ich qismiga o‘tkaziladi. O‘n ikki barmoqli
ichakda oshqozonosti va o‘t (safro) ichak shiralari ta’sirida ovqat
25
parchalanadi. Bu yerda ovqat tarkibidagi yog‘lar ham o‘t va oshqozonosti
bezi shirasi tarkibidagi moddalar ta’sirida parchalanib, ingichka ichak
bo‘ylab so‘rilgan yog‘lar limfatik tizim orqali o‘tib qonga tushadi.
Ingichka ichak devori ham oshqozonniki kabi uch qavatdan iborat – -
qorin parda hosil qilgan tashqi, o‘rta muskul va shilliq qavatlarga
bo‘linadi. Ichak devoridagi muskullar qisqarishidan ichakning peristaltik
qisqarishi yuzaga kelib, ovqat massasi ichak bo‘ylab so‘rilib boradi. Ichak
shirasi ta’sirida ingichka ichaklarda oqsil va uglevodlar to‘liq parchalanib
so‘riladi.
Yo‘g‘on ichak ingichka ichak oxiridan o‘ng yonbosh sohasida bosh-
lanib, yo‘g‘on ichakning bu qismi ko‘richak deb ataladi. Shu yerda
ko‘richakning chuvalchangsimon o‘simtasi ham joylashgan. Yo‘g‘on
ichakning ko‘tariluvchi, ko‘ndalang, pastga tushuvchi, sigmasimon va
to‘g‘ri ichak qismlari farqlanadi. Yo‘g‘on ichak devori ham ingichka ichak
devori kabi 3 qavatdan iborat va yo‘g‘onligi ingichka ichak ko‘ndalang
o‘lchamidan 3 marta katta bo‘ladi.
Yo‘g‘on ichakda ovqat hazm bo‘lmaydi, bu yerda ovqat massasining
qoldiqlari, suv so‘riladi va axlat (najas) to‘planadi. Jigar qorin
bo‘shlig‘ining o‘ng tomonida, diafragma tagida joylashib, qovurg‘a
ravoqlaridan chiqmaydi. Jigar ostki qismida o‘t pufagi joylashgan. O‘t
pufagi jigarda ishlangan o‘tning yig‘ilishiga xizmat qiladi. O‘t suyuqligi
ko‘kimtir-sariq bo‘lib, achchiq ta’mli bo‘ladi, bir sutkada 1 l ga yaqin o‘t
suyuqligi ishlanib, o‘n ikki barmoqli ichakka quyiladi. O‘t va
oshqozonosti bezidan ajralgan shira yog‘lar va ovqat hazm bo‘lishida
ishtirok etadi. Shuning uchun ham o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan
bemorlarga yog‘li ovqatlar iste’mol qilish man etiladi.
Jigar faoliyati organizmda turli-tuman bo‘lib, ovqat hazm bo‘lishida,
moddalar almashinuvida, zaharli moddalarni zararsizlantirishda ishtirok
etadi.
To‘g‘ri ichakning oxirgi qismidagi halqasimon muskullar doim
qisqargan holda bo‘ladi. Ular faqat defekatsiya aktida (hojat) bo‘shashib,
ochiladi. To‘g‘ri ichakda axlat 12 soatgacha saqlanib turishi mumkin.
NAFAS OLISH TIZIMI
Odam hamda quruqlikda yashovchi hayvonlar nafas olishda havo
tarkibidagi kislorodni o‘zlashtirib, havoga CO
2
gazini chiqaradilar. Nafas
bilan olingan havo tarkibida 21 % kislorod, 79 % azot, kam miqdorda CO
2
va suv bug‘lari bo‘ladi. Nafas bilan chiqayotgan havo tarkibi 16 %
kislorod, 79 % azot, 5 % CO
2
va suv bug‘laridan iborat.
26
Har bir nafas olish jarayonida 5
% kislorod qonga o‘tadi va
to‘qimalarga yetkaziladi. Har bir nafas chiqarish jarayonida esa 5 % CO
2
tashqi muhitga chiqarib yuboriladi.
Nafas olish a’zolariga – burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, traxeya (kekirdak),
bronxlar va o‘pka kiradi.
Burun bo‘shlig‘i orqali o‘tgan havo burun bo‘shliqlarida isiydi, nam-
lanadi, burun tuklari orqali changlardan tozalanadi. Burun bo‘shlig‘idagi
hidni aniqlovchi nerv uchlari u haqda ma’lumot beradi.
Dostları ilə paylaş: |