Tinglovchilarga quyidagi asosiy tibbiy qo‘llanmalar bo‘yicha, ya’ni
qon ketishi turlarini aniqlash va uni tezlik bilan to‘xtatish, jarohat turlarini
aniqlash va uni tashqi muhitdan steril bog‘lam bilan ajratish,
kuyish va
sovuq olishda yordam ko‘rsatish, tayanch-harakat organlari shikastlangan-
da fiksatsiya qiluvchi bog‘lam qo‘yish, jarohatlanganlarni to‘g‘ri tashish,
o‘pkani sun’iy nafas oldirish va yurakni bilvosita massaj qilish, zaharla-
nish, ilon va boshqa zaharli hasharotlar chaqqanda yordam ko‘rsatish
ko‘nikmalarini hosil qilish. Bu bilimlar va qo‘llanmalar
IIO xodimlariga
o‘z vaqtida va sifatli tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
ESDA TUTING: INSON HAYOTI KO‘P HOLLARDA O‘Z
VAQTIDA VA SIFATLI KO‘RSATILGAN TIBBIY YORDAMGA
BOFLIQDIR!
16