O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə12/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Ko‘krak qafasi 
Ko‘krak qafasi 12 ta ko‘krak umurtqasi, 12 juft qovurg‘a va to‘sh
suyaklarining o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi.
Qovurg‘alar suyak va tog‘ay qismlardan tashkil topgan. Ular suyak
qismi bilan ko‘krak umurtqalariga bo‘g‘im hosil qilib, tog‘ay qismi esa
to‘sh suyagi bilan (7 tasi) bevosita birikkan bo‘ladi. Pastki 8, 9, 10-juft
qovurg‘alarning tog‘ay qismlari o‘zaro birlashib 7-qovurg‘aga birikadi. 11,
12-juft qovurg‘alarga yetim qovurg‘alar deyiladi. Ularning erkin uchi
qorin devori muskullari orasida bo‘ladi.
Ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ida o‘pka va yurak joylashadi. Ko‘krak
qafasini qorin bo‘shlig‘idan diafragma ajratib turadi. Diafragmada pay va
muskul qismlar farqlanadi. Uning pay qismidagi darcha orqali qi-
zilo‘ngach, qon va limfa tomirlari hamda nervlar o‘tadi. Diafragma nafas
olishda ishtirok etadigan asosiy a’zo hisoblanadi.
Tos suyaklari 
Tos ikkita chanoq, dumg‘aza, dum suyaklari va ularni bog‘lovchi
tog‘aylardan tashkil topgan. Chanoq suyagi, o‘z navbatida, uch qismdan –
qov, yonbosh, quymich suyaklaridan iborat. Ikki qov suyaklaridagi tog‘ay
qismlarning birikishi hisobiga simfiz, ya’ni qov birikmasi hosil bo‘ladi.
Yonbosh suyagi bilan qov suyagi o‘rtasidan bog‘lam tortilgan bo‘lib,
unga chov yoki «pupart» bog‘lami deyiladi.
Tos suyaklarining ikki yonida yarim oysimon chuqurchasi bo‘lib,
ularga son suyagining boshchasi kirib turadi va tos-son bo‘g‘imini hosil
qiladi. Erkaklarning tos suyaklari baland va tor bo‘ladi. Ayollarniki esa
past va keng bo‘lib, asosan tug‘ish jarayonida homila boshining
qiyinchiliksiz harakatini ta’minlaydi.
Qo‘l va oyoq suyaklari 
Qo‘l suyaklari yelka kamari va qo‘lning erkin suyaklaridan tashkil
topgan bo‘lib, yelka kamari tarkibiga kurak va o‘mrov suyaklari kiradi.
O‘mrov suyagi bir uchi bilan to‘sh suyagiga birikadi, ikkinchi uchi bilan
esa kurak suyagi va yelka suyagining boshchasi bilan birgalikda yelka
20


bo‘g‘imini hosil qiladi. Yelka suyagi bilak suyaklari bilan birga tirsak


bo‘g‘imini tashkil qiladi. Bilak – bilak va tirsak suyaklaridan tashkil
topgan.
Bilak suyaklari kaft panja suyaklari bilan birikib bilak kaft bo‘g‘imini
hosil qiladi. Qo‘l panjasi: 8 ta kaftoldi, 5 ta kaft va 14 ta barmoq
suyaklaridan iborat. Har bir barmoq suyagi 3 ta suyakdan iborat bo‘lib,
faqat bosh barmoqda 2 ta suyak mavjuddir.
Oyoq suyaklari tanaga tos suyaklari orqali birikib, son, boldir, tizza
qopqog‘i, oyoq to‘pig‘i va oyoq panjasi suyaklaridan tashkil topgan.
Son suyagi inson tanasidagi eng uzun suyaklardan biri bo‘lib,
naysimon suyaklar qatoriga kiradi. Uning yuqori uchida ichki tomonga
qaragan sharsimon boshchasi, pastrog‘ida esa suyak uzun o‘qiga nisbatan
o‘tmas burchak ostida joylashgan bo‘yni bor. Katta va kichik boldir
suyaklari ham naysimon suyaklar qatoriga kiradi. Katta boldir suyagi
boldirning ichki tomonida, kichik boldir suyagi esa tashqi tomonida
joylashgan bo‘ladi. Son suyagining pastki, ya’ni distal qismi va boldirning
yuqori, ya’ni proksimal qismi hamda tizza qopqog‘i suyaklari bilan
birgalikda tizza bo‘g‘imini hosil qiladi.
Boldir suyaklari oyoq panja suyaklari bilan o‘zaro birikib, boldir
panja bo‘g‘imini tashkil qiladi. Oyoq panjasi: 7 ta panjaoldi, 5 ta panja va
14 ta barmoq suyaklaridan iborat. Har bir barmoq kaft barmoqlariga
o‘xshab 3 ta suyakdan iborat, faqat bosh barmoq 2 ta suyakdan tashkil
topgan.
MUSKULLAR TIZIMI
Odam organizmining faol harakatlantiruvchi qismi – muskullar,
passiv harakatlantiruvchi qismlari – suyaklar, bog‘lamlar va fassiyalar
bilan birgalikda tananing harakatlanishiga yordam beradi. Skelet
muskullari odam vaznining 40 % ni tashkil etadi. Odam tanasida 600 ga
yaqin muskul bor. Muskullar biriktiruvchi to‘qimali parda – fassiyalar 
bilan o‘ralgan bo‘ladi. Muskullar paylar yordamida skelet suyaklariga
yopishadi. Mimika muskullari bir uchi bilan teriga ikkinchi uchi bilan
kalla va yuz suyaklariga yopishadi. Muskullar qisqarishi natijasida
bo‘g‘imlar harakatga kelib, inson yurishi, yugurishi, yozishi, chaynashi va
boshqa harakatlarni bajarishi mumkin. Muskullar – qisqaruvchi, yoyuvchi, 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin