– psixopatik, psixoastenik reaksiyaga moyil bemorlar ruhiyatini
shikastlantirish;
– tibbiy asbob-uskunalar yordamida o‘tkaziladigan noto‘g‘ri tekshi-
rishlar, dori-darmonlarning yanglish berilishi va boshqalar.
Bemor ruhiyatini asrash, yatrogen kasalliklarning oldini olishda o‘zini
to‘g‘ri tutish, e’tiborli bo‘lish va ziyraklik sifatlarini alohida ta’kidlab
o‘tish zarurdir.
Har bir tibbiy xodim yuqori darajada madaniyatli bo‘lishi kerak. Unda
tibbiyotga zid, zararli odatlar (chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish va
boshqalar) bo‘lmasligi darkor, undan shaxsiy gigiyena va estetika
qoidalariga qat’iy amal qilish talab qilinadi, kiyimlari orasta, yurish-
turishiga mos, bejirim bo‘lishi kerak. Chunki o‘ta rang-barang va qo‘pol
kiyimlar bemorga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Turli atir-upa va
bo‘yoqlarni me’yorida ishlatish zarur. Bemorlar sog‘lig‘ini o‘ylaydigan
tibbiy xodim, tabiiyki, ular yonida o‘zining shaxsiy ishlari to‘g‘risida
gapirmasligi lozim.
Tibbiy deontologiya qoidalariga amal qilish farmatsevtika
xodimlariga ham taalluqlidir. Tibbiy xodim va provizor vrachlik sir-
asrorini oshkor qilmasligi kerak, chunonchi:
a) bemorning o‘zidan yoki davolash jarayoni davomida olingan
ma’lumotlarni jamoatchilikka oshkor qilmaslik;
b) bemorlar to‘g‘risidagi ba’zi ma’lumotlarni ularning o‘zlariga ham
bildirmaslik darkor.
Tibbiy xodim va provizorlar malakali vrach kelgunga qadar
jarohatlangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishlari shart. Chunki o‘z
vaqtida va to‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi yordam bemor taqdirini hal qiladi.
Buning uchun ular tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini mukammal
egallagan bo‘lishlari kerak.
Provizor bemorni davolamasa va unga dori-darmonlar buyurmasa
ham, bemor yoki uning qarindosh-urug‘lari bilan muloqotda bo‘ladi,
kerakli dori-darmonlarni aniq va o‘z vaqtida tayyorlab berishi bilan bemor
ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sog‘ayib ketishiga ishonch tug‘diradi.
Vrach ko‘rsatmasisiz bemorga u yoki bu dorini yozib beruvchi
provizor mutlaqo nohaqdir. Chunki vrach bemorda bo‘lgan obyektiv
o‘zgarishlarni, organizmning shaxsiy xususiyatlarini, qo‘shimcha
kasalliklarni e’tiborga olib ish tutadiki, bu narsalar farmatsevtlarga ma’lum
emas.
Tibbiy xodimlar hamda provizorlarning muhim fazilatlaridan eng
asosiysi kasb pokligidir, uning ish mezoni esa yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklarni o‘z vaqtida payqash hisoblanadi. Yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchilik bilan o‘z obro‘sining pasayishi yoki jazolanishdan qo‘rqmasdan
inson hayotini saqlash, bemor sog‘lig‘ini tiklash tibbiyot xodimlari,
provizorlarning burchi hamda vazifasidir.
14
Davolash sifati ko‘pgina hollarda vrach buyurgan muolajani o‘z
vaqtida aniq va puxta bajarishga va bemorlarni parvarish qilishga bog‘liq
bo‘ladi, bu mas’uliyat tibbiy hamshiralar va enagalarga ham yuklanadi.
Tibbiyot hamshiralari o‘z ishlarining sir-asrorini yaxshi biladigan, pok,
aql-zakovatli, o‘z kasblarini mukammal egallagan kishilar bo‘lmog‘i
kerak.
Bemorning tezda sog‘ayib ketishini yaxshi parvarishsiz hamda enaga
(sanitarka)larsiz tasavvur qilish qiyin. Enaga tibbiy hamshiraning birinchi
yordamchisidir. Faqat ulargina boshqa tibbiyot xodimlariga qaraganda
bemor yonida ko‘proq bo‘ladilar.
Bemorning tezroq tuzalib ketishida unga aytilgan har bir shirin so‘z
katta ahamiyatga ega. Shu asnoda Servantesning ajoyib so‘zlarini keltirish
o‘rinlidir: «Xushmuomalali bo‘lishning hech bir qiyinchiligi ham yo‘q va
hech bir narsa u kabi yuqori baholanmaydi». Bemorlarda kasallik tufayli
paydo bo‘ladigan injiqlik, achchiqlanish hollarida xushmuomalalik
kasalning tuzalishi uchun muhim omildir.
Dostları ilə paylaş: