Birinchi yordam vositalari
Tez tibbiy yordam ko‘rsatishda
birinchi yordam vositalari
qo‘llaniladi. Ular
tabel va
qo‘l ostidagi vositalarga bo‘linadi. Birinchi
yordam tabel vositalariga bog‘lov materiallari, bintlar, tibbiy bog‘lov
paketi, steril bog‘lov materiallari, salfetkalar, paxta va boshqalar kiradi.
Qon ketishini to‘xtatishda qon to‘xtatuvchi jgutlar,
immobilizatsiya uchun
fanerli, narvonsimon, to‘rsimon shinalar kabi tabel vositalari qo‘llaniladi.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlar ham qo‘llaniladi:
yodning 5 % spirtli eritmasi, brilliant ko‘ki (zelyonka)ning 1–2 % spirtli
eritmasi, validol tabletkasi, valeriana tindirmasi, navshadil spirti,
natriy
gidrokarbonat tabletkasi yoki poroshogi, vazelin va boshqalar. Odatda
birinchi tibbiy yordam tabel vositalari jamoat transporti yoki shaxsiy
transport haydovchilari aptechkasi tarkibiga kiradi hamda ommaviy dam
olish joylarida ham bo‘ladi.
Birinchi yordam ko‘rsatish vaqtida tabel vositalari bo‘lmasa, qo‘l
ostidagi vositalardan foydalaniladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda
bunday vositalar sifatida toza choyshab, ko‘ylak, mato (oq mato), karton,
faner, taxta, yog‘och va boshqalarni qo‘llash mumkin.
9
Jarohatlanganlarni transportda tashish
Jarohatlangan va kasallarni transportda tashishda asosan yo‘l
transporti (avtomobil, temir-yo‘l transporti), havo (samolyot, vertolyotlar),
suv (daryo va dengiz transporti), shuningdek
sanitar va moslashtirilgan
transport vositalari qo‘llaniladi. Jarohatlangan shaxs yoki kasallarni
tashish zambilda, qo‘lda, orqada, yelkada hamda qo‘l ostidagi vositalardan
foydalanib amalga oshiriladi. Jarohatlanganlar bir kishi yoki bir-necha
kishi yordamida tashiladi. Eng maqbul, og‘riq chaqirmaydigan va avaylab
tashish usuli zambil yordamida tashishdir. Bemor
yoki jarohatlanganlarni
tashishda iloji boricha ehtiyot qiladigan sharoit yaratish kerak. Ularni
qulay va to‘g‘ri holda yotqizish lozim.
Tashish va transportda tashish jarayonida noto‘g‘ri harakat qilish
jarohatlangan yoki bemor ahvolining yomonlashuviga, qo‘shimcha
jarohatlarning kelib chiqishiga, qon ketishining kuchayishiga, suyak
bo‘laklarining joyidan siljishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin.
Oyoqlar va bosh suyagining shikastlanishida jarohatlanganlarni
chalqancha, umurtqa pog‘onasi
suyaklari singanda esa, aksincha, qoringa
yotqizish lozim. Agar umurtqa pog‘onasi suyaklari jarohatlangan kishi
zambilga chalqancha yotqizilsa, unda, albatta, zambilga yog‘och shit yoki
keng taxta qo‘yilishi kerak.
Qorin va tos suyaklari shikastlanganda jarohatlanganlar chalqancha
yotqizilib, oyoqlar bir
oz tashqariga kengaytiriladi, tizza va son
bo‘g‘imlari bukiladi. Bunda tizza bo‘g‘imlari tagiga kiyimdan yostiqcha
qo‘yiladi.
Shikastlanganlarni zambilda va transportda tashishda ularning
umumiy holatini, bog‘lam yoki immobilizatsiya shinasining to‘g‘ri
qo‘yilganligini ko‘zdan kechirish lozim. Agar jarohatlanganlarni tashish
uzoq davom etsa, ularning holatini o‘zgartirish,
boshlari tagidagi
yostiqchalarni to‘g‘rilab turish kerak.
Gorizontal tekis yerda tashishda jarohatlanganlarning oyoq sohasi
oldinda bo‘ladi. Agar jarohatlangan hushini yo‘qotgan bo‘lsa, bosh tomoni
oldinda bo‘ladi. Chunki bunda uni kuzatib borish imkoni bo‘ladi. Yuqoriga
olib chiqilayotganda yoki pastga tushirishda esa uni gorizontal holda
ushlash kerak. Yuqoridan pastga tushirilayotganda shikastlanganning oyoq
sohasi oldinda, ko‘tarilayotganda esa, aksincha, bosh sohasi oldinda
bo‘ladi.
Jarohatlangan yoki bemorlarni transport
vositasiga joylashtirishda
avval zambil yuqori qatorlarga qo‘yiladi, keyin esa pastki qatorlarga
joylanadi, tushirilayotganda esa, aksincha, avval pastki qatorlardan,
so‘ngra esa yuqorigi qatorlardan zambil olinadi.
Bosh suyagi, umurtqa pog‘onasi, qorin sohasi jarohatlanganlar hamda
og‘ir yaralanganlar pastki qatorlarga joylashtiriladi,
chunki yuqoriga
nisbatan pastki qatorlarda kamroq chayqalish kuzatiladi.
10