O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent


Kriminal holatlarda chaqirilgan tibbiy xodimning



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə7/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Kriminal holatlarda chaqirilgan tibbiy xodimning
harakati va vazifalari 
Tibbiyot xodimlari, agar militsiya yoki prokuratura xodimlari
bo‘lmasa, voqea sodir bo‘lgan joyda hamma begona kishilarni chiqarib
yuboradilar. U yerdagi narsalarning joyi o‘zgarmasligini nazorat qiladilar
(mebellarni joyidan qo‘zg‘atish, qog‘ozlarni bir-biriga qo‘shish yoki
tashlab yuborish, polni supurish yoki yig‘ishtirish va boshqalarga yo‘l
qo‘yilmaydi).
Voqea sodir bo‘lgan joydagi jihozlarning joylashuvi iloji boricha
o‘zgartirilmasdan jarohatlanganga zarur tez yordam ko‘rsatiladi. Voqea
sodir bo‘lgan joyda qurol yoki boshqa vositalar topilganda, ularni militsiya
yoki prokuratura xodimlari yetib kelguncha qaysi joyda va qanday holda
topilgan bo‘lsa, shundayligicha saqlash choralari ko‘riladi. Bu voqea sodir
bo‘lgan joydagi mas’ul yoki shu maqsadda chaqirilgan maxsus shaxslarga
ularni qo‘riqlash vazifasini yuklash orqali amalga oshiriladi. Fyeldsher
shuni esda tutishi kerakki, jinoyat sodir etilgan vositalarda, jarohatlangan
shaxs atrofidagi predmetlarda qon izlari, barmoq izlari va boshqalar
bo‘lishi mumkin. Ular tergov olib borish uchun saqlanib qolishi kerak.
Tez yordam xodimlari yetib kelgan vaqtda jarohatlangan shaxsning
qo‘lida qolgan qurol voqea sodir bo‘lgan joyda qoldiriladi. Osish yoki
bo‘g‘ish uchun ishlatilgan sirtmoq yechilmaydi, balki kesib olinadi va
voqea sodir bo‘lgan joyda qoldiriladi.
Zaharlanish holatlarida zaharli modda mavjud bo‘lgan yoki tekkan
hamda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha predmetlarga ehtiyotkorlik
bilan yondashish kerak. Oziq-ovqatdan zaharlanish yoki intoksikatsiya
belgilari bo‘lgan bemor so‘roq qilinganda, uning yoki atrofdagilarning
fikricha, qaysi mahsulotlar kasallikka sabab bo‘lganligi, ular qayerdan
sotib olinganligini aniqlash lozim. Voqea sodir bo‘lgan joyda aniq o‘lim
belgilari (murda dog‘lari, murda qotishi) bo‘lgan murda topilganda uni
qanday holatda va ko‘rinishda topilgan bo‘lsa, shu ko‘rinishda militsiya
yoki prokuratura xodimlari yetib kelguncha saqlab turishga to‘g‘ri keladi.
O‘lim sodir bo‘lganini aniqlash uchun tibbiy xodimlar, hatto murda holati
va ko‘rinishini o‘zgartirish zarur bo‘lsa ham, barcha kerakli tibbiy
choralarni qo‘llashlari lozim. Qon dog‘lari va ifloslangan sohalarni yuvib
tashlash mutlaqo man qilinadi. Murda qo‘lida siqilib qolgan jihozlarga
(qurol, qog‘oz va boshqalar) tegish, o‘lim sababi haqida xulosa berish
feldsher vazifasiga kirmaydi. U faqatgina yuzaki ko‘rik asosida o‘lim
sababi haqida xulosa qilish huquqiga ega emas. Voqea sodir bo‘lgan
joydagi tezkor o‘lim haqida feldsher militsiyaga xabar berishi kerak.
Kriminal holat tufayli va yoki zo‘raki o‘limga shubha tug‘ilgan
hollarda murda faqat militsiya yoki prokuratura organlari ruxsatidan so‘ng
voqea sodir bo‘lgan joydan olib ketiladi. Murda voqea sodir bo‘lgan joyda
qoldirilganda, unga tegilmaydigan sharoitda saqlash uchun, militsiya yoki
12


prokuratura organlari xodimlari yetib kelguncha, murdani va u turgan


joyni qo‘riqlash mas’ul shaxslarga topshiriladi va ularning familiyasi
chaqiriq qog‘oziga yozib qo‘yiladi.
Kriminal holat haqidagi barcha ma’lumotlarni operativ yoki voqea
sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan xodim faqat tergov organlari vakillariga
va tez yordam xizmati ma’muriyatiga xabar qiladi. Agar sodir bo‘lgan
voqeaning kriminal xususiyatga ega ekanligi chaqirilgan xodim yetib
kelganda aniqlansa, u holda xodim stansiya katta navbatchi vrachini bu
haqda xabardor qilishi kerak. Jarohatlangan shaxs gospitalizatsiya qilinsa,
feldsher uni qaysi kasalxonaga yotqizilganini tez yordam stansiyasiga xa-
bar qilishi lozim.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin