O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə14/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Hiqildoq
Hiqildoq nafas yo‘lining (burun bo‘shlig‘idan so‘ng) ikkinchi qismi
bo‘lib, o‘zidan havo o‘tkazishdan tashqari ovoz paydo qiluvchi organ va
nafas yo‘lining pastki qismini muhofaza qilish kabi funksiyalarni ham
bajaradi. Hiqildoqda bir qancha muskullar va tog‘aylar bor. Hiqildoq
oldining eng katta tog‘ayini qalqonsimon tog‘ay tashkil etadi. Uni bo‘yin
terisi tagidan paypaslab ko‘rganda ham bilish mumkin. Hiqildoqda
hiqildoq usti tog‘ayi joylashgan bo‘lib, yutish vaqtida ovqat va suyuqlik-
larning nafas yo‘liga o‘tib ketishiga to‘sqinlik qiladi hamda qizilo‘ngach
bo‘ylab o‘tishiga sharoit yaratib beradi.
Hiqildoqda ovoz hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi ovoz boylamlari
joylashgan. Ovoz boylamlari o‘rtasida hosil bo‘lgan yoriqqa ovoz yorig‘i
deyiladi. Hiqildoq muskullari ovoz yorig‘ining kengayishi, siqilishi va
bo‘shashishini ta’minlaydi, natijada ovoz boylamlari tebranadi va ovoz
paydo bo‘ladi.
O‘pka
O‘pka bir juft organ bo‘lib, ko‘krak qafasining ikki tomonida
joylashgan. Hiqildoq, o‘z navbatida, kekirdakka (traxeya) o‘tadi. Uning
uzunligi 9–11 sm, diametri esa 15–18 mm bo‘lib, tog‘ay halqalardan
iborat. Kekirdakning orqa devori qizilo‘ngachning old devoriga tegib
turadi. Kekirdak 4–5 ko‘krak umurtqalari sathida o‘ng va chap bronxlarga
bo‘linadi va o‘pkalarga o‘z tarmoqlarini beradi. O‘ng bronx o‘ng
o‘pkaning uch bo‘lagiga, chap bronx chap o‘pkaning ikki bo‘lagiga
tarmoqlanadi. O‘pka ichida bronxlar mayda-mayda bronxlarga bo‘linib
ketadi.
Eng mayda bronxlar – bronxiolalar deb yuritiladi. Bronxiolalar o‘pka
to‘qimasida uzum shingilini eslatuvchi o‘pka pufaklari (alveolalar) bilan
tugaydi. O‘pka alveolalari va bronxiolalari juda mayda qon tomirlari to‘ri
bilan o‘ralgan bo‘ladi. Alveolalarda karbonat angidrid bilan kislorod
almashinuvi kuzatiladi, ya’ni qonga kislorod o‘tsa, karbonat angidrid nafas
orqali havoga chiqariladi.
27


Mayda bronxlar, alveolalar, qon tomirlari va atrofdagi to‘qimalar


birgalikda nafas tizimini tashkil qiladi.
O‘pkalar ko‘krak qafasining katta qismini egallab, ularni plevra
varaqlari o‘rab turadi. Plevra ikki varaqdan iborat. Uning tashqi (pariyetal)
varag‘i ko‘krak qafasining ichki devoriga yopishsa, ichki (visseral) varag‘i
bevosita o‘pkalar yuzasiga yopishgan bo‘ladi. Natijada ichki va tashqi
plevra o‘zaro bir-biriga yopishmay erkin sirpanadi. Bu esa nafas olish va
chiqarish harakatlarini osonlashtiradi. O‘pkaning kengayishi (nafas olish)
va torayishi (nafas chiqarish) diafragma va qovurg‘alararo muskullar ishi
bilan chambarchas bog‘liqdir.
Nafas olganda diafragma pastga tushadi, qovurg‘alararo muskullar
bo‘shashib, ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ining hajmi ortadi. Nafas chiqarganda
esa diafragma tepaga gumbazsimon bo‘rtib, qovurg‘alararo muskullar
qisqarib, o‘pka ichidagi havo tashqariga siqib chiqariladi. Natijada
karbonat angidrid tashqi muhitga chiqariladi.
Odam tinch turganda bir minut davomida 16–20 marta nafas olib,
nafas chiqaradi. Nafas olish va chiqarishni uzunchoq miyada joylashgan
nafas olish markazi boshqarib turadi.
QON TOMIRLAR TIZIMI
Qon – qon tomirlar ichidagi suyuqlik bo‘lib, hujayra va to‘qimalarga
barcha hayotiy zarur moddalarni, shu bilan birga, to‘qimalardan ajralib
chiqadigan keraksiz (chiqindi) moddalarni ayiruv organlariga yetkazib
beradi. Qon odam tanasi umumiy og‘irligining 1/13 qismini tashkil qiladi,
ya’ni 70 kg og‘irlikdagi odamda 5 ga yaqin qon bo‘ladi.
Qon tarkibidagi qizil qon tanachalari – eritrotsitlar qizil suyak
ko‘migida ishlab chiqariladi. Qon tarkibining yana bir muhim elementi
leykotsitlar bo‘lib, ular organizmga tushgan kasal chaqiruvchi mikroblarni
zararsizlantiruvchi, himoya vositasi sanaladi. Leykotsitlar organizm
immuniteti shakllanishida ham muhim o‘rin tutadi.
Eritrotsitlar tarkibida gemoglobin oqsili bo‘lib, qonga qizil rang berib
turadi. Gemoglobinning asosiy vazifasi to‘qimalarga kislorod yetkazib
berish va to‘qimalardagi karbonat angidridni o‘pkaga olib kelishdir.
Normada 1 mm
3
qonda 4,5 – 5 mln eritrotsit bo‘ladi.
Oq qon tanachalari yoki leykotsitlar suyak ko‘migida, limfa tugun-
larida va taloqda hosil bo‘ladi. Leykotsitlar organizmga tushgan
mikroblarni hazm qilib, parchalash yo‘li bilan himoyani ta’minlaydi.
28




Yurak 
Yurak – muskuldan iborat a’zo bo‘lib, ko‘krak qafasining chap
tomonidagi 2–5-qovurg‘alar orasida, yurak xaltasi (perikard) ichida
joylashgan (2-rasm). Yurak uch qavatdan tashkil topgan:
1) ichki qavat – endokard;
2) o‘rta qavat – muskullardan iborat bo‘lgan miokard;
3) tashqi qavat – epikard.
Yurak o‘ng va chap qismga bo‘linadi va to‘rtta kameradan iborat.
Yurakning o‘ng qismi yuqorisida o‘ng bo‘lmacha, pastda esa o‘ng
qorincha, chap qismi yuqorisida chap bo‘lmacha, pastda esa chap qorincha
joylashgan. O‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorinchalar orasida uch tabaqali,
chap bo‘lmacha va chap qorincha orasida esa ikki tabaqali klapan
joylashgan.
Chap qorinchadan boshlanadigan tomir aorta deb ataladi. O‘ng
qorinchadan boshlanadigan tomir o‘pka arteriyasi deb ataladi. Chap
bo‘lmachaga o‘pka venalari, o‘ng bo‘lmachaga esa kovak venalar qon olib
keladi.
Yurak qisqarishi natijasida yirik arteriyalarda harakatlanayotgan qon
tomir devorlariga kuchli zarb bilan urilib, uni to‘lqinsimon tebratib, tomir
urishi, ya’ni pulsni yuzaga keltiradi. Yirik arteriyalar barmoq bilan ushlab
ko‘rilganda puls zarblarini sezish mumkin. Puls zarblari yurak qisqarishi
soniga to‘g‘ri keladi.
Vena tomirlari ichida klapanlar joylashgan bo‘lib, ular qonning orqaga
qarab oqishiga to‘sqinlik qiladi. Venalar butun organizmdagi qonni yig‘ib,
yurakning o‘ng bo‘lmachasiga olib keladi.
Odam organizmida ikkita – katta va kichik qon aylanish doirasi
bo‘ladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin