O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə19/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Eshitish a’zolari 
Eshitish a’zolari uch qismdan: tashqi quloq, o‘rta quloq, ichki
quloqdan iborat.
Quloq suprasidan iborat tashqi quloqqa tashqi eshitish yo‘li ham
kiradi.
O‘rta quloq esa nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv (Yevstaxiy) nayidan
iborat.
Tashqi va o‘rta quloq o‘rtasida chegara nog‘ora parda mavjud. O‘rta
quloqdagi nog‘ora bo‘shlig‘ida 3 ta eshituv suyakchalari zanjir kabi
tutashgan bo‘ladi. Bolg‘acha nog‘ora pardaga tegib turadi. Bolg‘achaning
ikkinchi boshi ikkinchi eshituv suyakchasi sandonchasiga tegib turadi.
Sandoncha ham, o‘z navbatida, uchinchi eshitish suyakchasiga – uzan-
gichaga tegib turadi. Uzangicha esa ichki quloqning labirinti teshigini
yopib turadi.
Shunday qilib, tovush to‘lqini quloq nog‘ora pardasiga tegib uni
tebratadi, natijada eshituv suyakchalari orqali tebranish ichki quloq
labirintiga keladi. Ichki quloq labirintida eshitish nervi boshlanadi, eshituv
nervi oxirlari ta’sirni eshitish yo‘li orqali miya po‘stlog‘idagi eshitish
markaziga olib boradi.
Ichki quloqda eshituv nervlaridan tashqari, muvozanatni ta’minlay-
digan nervlar ham joylashgan.
Hid bilish a’zolari – atrof muhit va predmetlarning hidini aniqlaydi.
Ta’m bilish a’zolari – og‘iz bo‘shlig‘i va til yordamida ovqat
konsistensiyasi va mazasini aniqlaydi.
Sezish a’zolari – terida joylashgan retseptorlar orqali predmetlar va
boshqa narsalarni sezishni amalga oshiradi.
37





ANTISEPTIKA VA ASEPTIKA 
RIVOJLANISH TARIXI
Qadimgi dunyo hakimlarining qo‘lyozmalaridan ma’lumki, jarohatlar
yiringlashining oldini olish maqsadida qizdirilgan temirlar, qizdirilgan
yog‘lar, ohak va malhamlar qo‘llangan (Gippokrat, Sels, Ibn Sino va
boshqalar). Olmoniyalik akusher Zemelveys 1847 yilda xlor ohagini
qo‘llab, tug‘ayotgan ayol hayotini qutqarib qolgan. Keyinchalik xlor
ohagini akusherlar qo‘liga ishlov berish maqsadida qo‘llashgan. Bu esa
o‘z vaqtida onalar o‘limining qisqarishiga olib kelgan. Rus jarrohi
N. I. Pirogov jarohatni tozalashda yod eritmasidan foydalangan.
Fransuz mikrobiologi Lui Paster 1863 yilda jarohatlarda yuzaga
keladigan bijg‘ish va yiringlashga ularga tushgan va yashash qobiliyatiga
ega mikroorganizmlar sabab bo‘lishini tajribalar yordamida ko‘rsatib
bergan. L. Paster tashabbusini jarrohlik sohasiga yoygan ingliz jarrohi
Jozef Lister jarohatlar yiringlashining oldini olish hamda ularga qarshi
kurashish majmuasini ishlab chiqib, jarrohlik olamida inqilob qildi va
1867 yilda «Antiseptika asri» nomli asarini yozdi. Bunda J. Lister
operatsiyadan oldin va operatsiya vaqtida xonani zararsizlantirish uchun
purkagichlar yordamida karbol eritmasi purkashni tavsiya qilgan. Shu
bilan birga, operatsiya maydoni, jarroh qo‘li va kiyimlari, operatsiya
jihozlariga ham 2–5 % karbol eritmasi bilan ishlov berilgan. Shunday
qilib, J. Lister usullari hozirgi zamon tushunchasidagi aseptika va
antiseptika tamoyillarini birlashtiradi.
Antiseptika – jarohatga infeksiya tushmasligiga qaratilgan maxsus
chora-tadbirlar yig‘indisi. Antiseptika yunon tilidan olingan bo‘lib, anti – 
qarshi, septicos – yiring chaqiruvchi ma’nosini bildiradi.
Aseptika – jarrohlik muolajalarida, yaralarni bog‘lashda va boshqa
muolajalarda yaralarga, to‘qimalarga, a’zolarga hamda tana bo‘shliqlariga
mikroorganizmlarning tushish xavfiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar
majmuasi. Atama a – inkor, inkor etuvchi, septicos – yiring chaqiruvchi
kabi yunon so‘zlardan olingan.
Shunday qilib, har qanday jarohat kabi jarrohlik muolajalari tufayli,
to‘qimalar butunligining buzilishi hisobiga paydo bo‘lgan jarohatlar ham
infeksiya tushishidan va yiringlashdan xoli emas.
Yiringli holatlarni chaqiruvchi bakteriyalar ikkiga bo‘linadi:
– aeroblar – atmosfera havosi hisobiga hayot kechiruvchi mikroblar;
– anaeroblar – atmosfera havosi ishtirokisiz hayot kechiruvchi
mikroblar.
38


Aerob bakteriyalarga kiruvchi stafilokokklar (staphelococcus pio-


genes) tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lib, har qanday jihozlar, kiyimlar,
inson va jonzot tanalarida, teri va shilliq pardalarda, sochlarda uchraydi.
Uning oq va oltinsimon turlari mavjud.
Ular furunkul, karbunkul, absess va boshqa yiringli kasalliklarni
keltirib chiqaradi; streptokokk (streptococcus piogenes) keng tarqalgan
aerobdir. Tabiatga juda yaxshi moslashgan. Saramas, yiringli artrit va
boshqa yiringli kasalliklarni keltirib chiqaradi; meningokokk bosh va orqa
miyaning po‘stloq (parda) qavatiga juda yuqori moyillik namoyon qilib,
ularda yiringli yallig‘lanish kasalliklarini chaqiradi; gonokokk ko‘proq
siydik va jinsiy a’zolar yo‘llarining shilliq pardalarini (so‘zak, gonoreya),
ko‘z va bo‘g‘imlarning yiringli kasalliklarini chaqiradi; pnevmokokk
nafas olish a’zolarining yallig‘lanishini keltirib chiqaradi; ichak
tayoqchalari ovqat hazm qilish a’zolari kasalligini; ko‘k yiring
tayoqchalari ikkilamchi infeksiyalarni keltirib chiqaradi; havoli qorason
tayoqchalari qorason kasalligini; qoqshol tayoqchalari qoqshol (stolbnyak)
kasalligini keltirib chiqaradi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin