Aseptika usuli mikroorganizmlar va ularning sporalarini o‘ldirish
maqsadida fizikaviy va kimyoviy omillarni birgalikda qo‘llashni tavsiya
qiladi. Ko‘p hollarda, mikrob hujayralari oqsillarini denaturatsiya (ivib
qolishi) holatiga chaqirish maqsadida fizikaviy omillar qo‘llaniladi.
Aksariyat qism mikroblarning sporalari yuqori harorat ta’siriga
chidamlidir.
Mikroblarning yuqori haroratga chidamliligi ularning turlari,
holatlariga (bo‘linayotgan va yosh hujayralari juda chidamsiz) ham
bog‘liqdir. Bakteriyalarning sezgirligi qaysi muhitda joylashgani (oqsilli
va qandli (shirin) muhit susaytiradi, asosli va ishqoriy muhit esa oshiradi)
ham katta o‘rin tutadi. Sovuq muhit mikrob hujayralarining ko‘payishini
to‘xtatadi, xolos, ammo bakteriotsid ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Bakteriotsid
xususiyatni ultrabinafsha nurlarining ta’siri namoyon etadi, bundan
havodagi, to‘qimalar, teri, devor va uy yuzalaridagi mikroblarning
barchasi o‘ladi. Ultratovush usulida sterillashni tashkil qilish uchun katta
ultratovush kerak bo‘ladi. Shu bu usul sababli amaliyotda uncha keng
tarqalgan emas. Suyuq muhitlarni mikroblarni tutib qoluvchi maxsus
to‘rlar orqali tozalash mumkin, ammo bu to‘rlardan viruslar o‘tib
ketganligi sababli, keng miqyosda filtrlash usuli joriy etilmagan.
Sterillash maqsadida ko‘proq yuqori haroratdan foydalaniladi:
1) qaynatish;
2) kuydirish;
3) quruq issiqlik ta’sirida;
4) bug‘ bosimi ostida.
Jarohatlarning infeksiyaga chalinishi oldini olish choralari quyidagi-
lardan iborat:
– jarohatlar atrofini sterillangan matolar bilan o‘rash;
– asboblar va choyshablarni muntazam almashtirish;
– operatsiya vaqtida jarrohlar qo‘llarini takror yuvishi;
– operatsiya zarurat yuzasidan kechiktirilgan yoki to‘xtatilgan
vaqtlarda uning yuzasiga zudlik bilan sterillangan mato yopib qo‘yish;
– operatsiyadan keyin ishonchli va mustahkam bog‘lamlar qo‘yish.
Oxirgi vaqtlarda operatsiyadan keyin qo‘yiladigan bog‘lam matolari
o‘rniga parda hosil qiladigan moddalar ishlatilayapti.
Bosim ostidagi turi (avtoklavlar) nisbatan ishonchli sterillash usul-
laridan hisoblanadi. Bu usul operatsiyada ishlatiladigan choyshablarni,
bog‘lam matolari, rezina qo‘lqoplar va qon quyish uchun ishlatiladigan
sistemalarni sterillashda keng qo‘llaniladi.
Aseptikaning asosiy usullaridan biri jarroh qo‘llarini zararsizlantirish
hisoblanadi: qo‘llarda yoriqlar, terilarning qalinlashishi (qadoq) bo‘lmas-
ligi kerak, tirnoqlar kalta qilib olinishi shart. Shuni ta’kidlab o‘tish
kerakki, mikroor-ganizmlarning 90 % tirnoqlar ostida yashirinib yotar
47
ekan. Shuning uchun ham tez-tez qo‘llarni yuvib turish, iflos ishlarni
bajarayotganda qo‘lqoplar kiyib ishlash tavsiya qilinadi.
Qo‘llar ishlovining bir necha turlari mavjud, ammo har qaysi turi ham
uch bosqichdan iborat:
– terini mexanik yo‘l bilan tozalash;
– teri dezinfeksiyasi;
– terini qotirish.
Amaliyotda keng tarqalgan turi, Spasokukotskiy – Kochergin usuli
ishqorlarning yog‘larni erituvchi va mikroblarni o‘ldiruvchi ta’siriga
hamda spirt ta’sirida terini qotirish va dezinfeksiya qilishga asoslangan
bo‘lib, u 4 bosqichdan iboratdir.
Birinchi bosqich – iliq 0,5 % nashatir spirti eritmasida sterillangan
salfetkalar yordamida qo‘llar yaxshilab 3–4 daqiqa davomida sterillangan
tog‘orada va 3–4 daqiqa ikkinchi tog‘orada yuviladi. Qo‘llar yuvi-
layotganda hamma vaqt eritmalarga botib turgan bo‘lishi va qo‘llar
qismlarining yuvilishdagi ketma-ketligiga rioya qilish shart.
Ikkinchi bosqich – sterillangan sochiqlarda qo‘llarni quritish.
Uchinchi bosqich – 5 daqiqa mobaynida 96 % spirtga to‘yintirilgan
salfetka yordamida qo‘lga ishlov beriladi.
To‘rtinchi bosqich – barmoqlarning uchlari, tirnoq o‘rindiqlari va teri
burmalariga 5 % yodning spirtli eritmasi surtiladi.
Favqulodda va jangovar holatlarda qo‘llar ishlovining tezkor usullari
qo‘llanilishi mumkin. U quyida keltirilayotgan eritmalarning biri bilan
to‘yintirilgan salfetkalar yordamida 3 daqiqa mobaynida qo‘llarni
yaxshilab artish orqali bajariladi:
– 0,5 % formalinning spirtli eritmasi;
– 2 % yodning spirtli eritmasi (yodning spirt bilan aralashgan turg‘un
eritmasi);
– 0,5 % brilliant ko‘kining spirtli eritmasi.
Navbatdagi operatsiya muolajalari qo‘lqoplar yordamida bajariladi.
Keyingi yillarda tibbiyot amaliyotida ko‘plab bir marta ishlatishga
mo‘ljallangan shpritslar, tomir ichiga yuborish sistemalari, jarrohlik
asbob-uskunalari qo‘llanilmoqda. Bunday bir marta ishlatilishga
mo‘ljallangan uskunalarning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi natijasida
bir vaqtning o‘zida kontaktli infeksiyalarning, iflos ignalar, asboblar,
sistemalar orqali qonga tarqaladigan kasallikni keltirib chiqaruvchi
omillarning oldi olinib, «V» va «S» virusli gepatiti hamda OITS
kasalliklarini keskin kamaytirishga erishildi.
Shunday qilib, aseptika va antiseptika qoidalarini bilgan va unga rioya
qilgan holdagina jarohatlar yiringlashining oldini olgan, qon, havo-tomchi
orqali, kontaktli va ko‘chma infeksiyalar tarqalishini bartaraf etgan
bo‘lamiz.
48