shaharda 8 % ga teng. Shaharlararo yo‘l transport hodisalarida halok
bo‘lgan jabrlanuvchilarning 80
% falokat joyida yoki kasalxonaga
ketayotganda yo‘lda o‘lgan. Yirik shahar ichidagi bu ko‘rsatkich 28 % ga
teng bo‘lgan. Bu narsa shahar ichidagi falokatga uchragan kishilarning
kasalxonaga tezroq yetkazilishi bilan izohlanadi. Shahar ichidagi yo‘lga
qo‘yilgan telefon aloqasi, tez yordamning shahar bo‘yicha bo‘limlari
mavjudligi, radioaloqa va shu kabilar tez yordamning nisbatan tezroq
kelishiga va bemorga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishiga,
shuningdek uning zudlik bilan kasalxonaga yetkazilishiga omil bo‘ladi.
Aksincha, shahar tashqarisida yo‘llarning tor va uzunligi, tez yordam
bo‘limlarining faqat yirik shaharlarda bo‘lishi, tabiiyki, kasalni
kasalxonaga yetkazishga ketadigan vaqtning uzayishiga sababchi bo‘ladi.
Kasalxonaga yotqizilgunga qadar bo‘ladigan o‘lim ko‘rsatkichlari
chastotasi yana bir muhim omil – falokat sodir bo‘lgan joyda malakali
birinchi yordamning ko‘rsatilishiga bog‘liq. Sud tibbiyot ekspertizasi
hay’atining ma’lumotlariga ko‘ra, kasalxonaga yotqizilgunga qadar
o‘lganlarning 17 % da o‘limga sabab qon ketishi, shok yoki asfiksiya
bo‘lib, bu narsalar voqea sodir bo‘lgan joyda tezlikda bartaraf etilishi
kerak. O‘z vaqtida va malakali ko‘rsatilgan birinchi yordam kasalning
hayotini saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu muhim omil
jarohat olingandan keyin o‘tgan vaqt bo‘lib, bu vaqt davomida
organizmdagi o‘zgarishlarni o‘z o‘rniga qaytarish imkoniyati mavjuddir.
Shuning uchun ham voqea sodir bo‘lgan joyda o‘z vaqtida o‘tkazilgan
chora-tadbirlar jabrlanuvchining hayot-mamotini hal qiladi, keyinchalik
o‘tkaziladigan davolash ishlarining muvaffaqiyatini ta’minlaydi,
nogironlikning darajasi va muddatiga, ayniqsa, kasalning tuzalib ketish
muddatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Bosh miya jarohatlarida bir qator og‘ir asoratlarning yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladigan asosiy patologik omil miya gipoksiyasidir. Miyaning qon
bilan yetarli ta’minlanishi o‘zini o‘zi boshqaruvchi murakkab
mexanizmlar yordamida ushlab turiladi. Lekin kompensatsiya
mexanizmlarining imkoniyatlari yuqori bo‘lsa ham, u chegaralangan.
Arterial bosimning 60 va 70
mm simob ustunigacha pasayishi kritik
chegara bo‘lib hisoblanadi. Arteriya bosimining ko‘rsatilgan darajadan
pasayishi avval funksional o‘zgarishlarga, so‘ngra bosh miyada qaytmas
morfologik o‘zgarishlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shundan miya
ishemiyasi (miyaning qonsizlanishi)ning oldini olishga qaratilgan, ayniqsa
kasalxonaga yotqizishgacha bo‘lgan davrda, chora-tadbirlarning qanchalik
katta ahamiyatga ega ekanligi ko‘rinib turibdi. Demak, birinchi yordam
ko‘rsatayotgan kishilarga qo‘yiladigan talablar: voqea sodir bo‘lgan joyda
85
o‘z vaqtida, to‘g‘ri va kerakli hajmda birinchi yordam ko‘rsatish, bemorni
maxsus davolash muassasalariga iloji boricha tezroq yetkazish.
Shikastlanishlardagi birinchi yordam – nafas yo‘llaridan shilimshiqni,
qusiq massalarini aspiratsiya yo‘li bilan tozalash, bemorni yonboshiga
yoki chalqancha yotqizib, boshini yon tomonga o‘girib qo‘yishdan iborat.
Agar og‘iz bo‘shlig‘ida shilimshiq moddalar va qusiq massalari sezilarli
to‘plangan bo‘lsa, ularni tampon, iloji bo‘lsa, suruvchi moslama bilan to-
zalash kerak. Sun’iy nafas oldirish uchun ko‘krak qafasini qo‘l bilan
bosish usuli yaxshi natija bermaydi, aksincha, bosh miyaning qo‘shma
jarohatlarida bunday chorani qo‘llash hatto xavfli hamdir.
Dostları ilə paylaş: