Venerik kasalliklar infeksion kasalliklar bo‘lib, maxsus qo‘zg‘atuvchi
– mikroorganizmlar ta’sirida kelib chiqadi. Bu qo‘zg‘atuvchilar inson
tanasiga asosan jinsiy aloqa natijasida yuqadi, shuning uchun ham teri-
tanosil – venerik kasalliklar jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar deb
ataladi. Ularda infeksiya manbai kasallangan inson bo‘lib, kasallik
bevosita va bilvosita kontakt yo‘li bilan kasal kishidan sog‘lom kishiga
yuqadi. Bu kasalliklarda ham, boshqa infeksion kasalliklar singari,
infeksion jarayonning boshlanishi makro va mikroorganizm orasidagi
murakkab munosabatlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunda bir tarafdan
makroorganizm spetsifik va nospetsifik himoya tizimining holati, teri
qatlamlarining anatomik butunligi va boshqalar katta ahamiyat kasb etsa,
ikkinchi tomondan mikroorganizm miqdori, uning patogen, virulentlik,
moslanish shakli va boshqa xossalari o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Teri-tanosil kasalliklari ichida eng ko‘p uchraydigan turi zaxm (sifilis)
va so‘zak (gonoreya)dir.
Dostları ilə paylaş: