Zaxm (sifilis, luis)
Zaxm surunkali yuqumli tanosil kasalligi bo‘lib, u qadimdan ma’lum.
Uning yer yuzida paydo bo‘lishi va tarqalishi haqida uchta nazariya
mavjud.
Birinchi nazariyaga binoan, zaxm Yevropaga 1493 yili, ya’ni Amerika
qit’asi kashf etilgan yili, Xristofor Kolumbning mahalliy aholidan zaxm
kasalini yuqtirgan matroslari tomonidan olib kelingan. Shunday qilib, bu
nazariyaga asosan, zaxmning vatani Markaziy Amerika hisoblanadi.
Ikkinchi nazariya tarafdorlari esa zaxmning vatani Afrika qit’asi deb
hisoblaydilar. Ular endemik yoki tropik treponematozlarning qo‘zg‘a-
tuvchilari va venerik zaxmning qo‘zg‘atuvchisi treponemalar avlodining
turli ko‘rinishi degan fikrdalar. Aholi migratsiyasi bu kasallikning
Afrikadan dunyo mamlakatlariga tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Uchinchi nazariyani yoqlovchilar zaxm Yevropa, Osiyo va Yaqin
Sharqda qadim zamonlarda ham mavjud bo‘lgan degan fikrdalar. O‘t-
mishning buyuk olimlari Galen, Gippokrat, Abu Ali ibn Sino va
boshqalarning asarlarida yozilgan kasallik belgilari aynan zaxmni eslatadi.
Odam suyaklarida zaxmga xos bo‘lgan rentgenologik o‘zgarishlarning
topilishi, zaxmni davolashda qo‘llaniladigan simobli moddalarning qon
tomirlarida aniqlanishi bu nazariyani yana bir bor tasdiqlaydi.
Yuqoridagi nazariyalarning hech biri to‘liq tan olinmagan. Lekin
ehtimolga loyiq fikr, bu zaxmning yer yuzida deyarli inson bilan birga
paydo bo‘lishidir.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi. Zaxm kasalligini oqish treponema qo‘z-
g‘atadi. Bu mikrob 1905 yili F. Shaudin va YE. Goffmanlar kashf etganlar.
Oqish treponema spiral ko‘rinishga ega. U juda xilma-xil ilgarilama,
mayatniksimon, to‘lqinsimon, bukiluvchi, aylanma harakatlar qila oladi.
162
Bunday harakatlar ipsimon fibrillalar yordamida amalga oshadi. Zaxm
qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda chidamsizdir. U quritilganda o‘ladi, lekin
nam muhitda uzoq yashaydi, 40–42
0
C da 3–6 soatda, 56
0
C esa 5 minutda
halok bo‘ladi. Qaynagan suv, 3–0,5 % li xlorid kislota, 1:2000 nisbatdagi
sulema, 1:1000 nisbatdagi suyultirilgan karbol kislota, 960 etil spirtida
treponemalar bir zumda o‘ladi. Konservalangan qonda oqish treponemalar
3–5 kungacha tirik saqlanishi mumkin.
Oqish treponemalar ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi.
Antibiotiklar ta’sirida, yetarli ozuqa bo‘lmasligi va boshqalar tufayli ular
«omon qolish», ya’ni L – shakl va sistalar shakliga o‘tadilar. Sistalar
koptokcha shaklida o‘ralgan treponemalar bo‘lib, tashqi tomonidan dori-
darmonlarga chidamli qobiq bilan o‘ralgan hamda ular organizmga
patogen ta’sir ko‘rsatmaydilar va uzoq vaqt shunday holda saqlanadilar.
Ammo ma’lum sharoitlarda, organizm himoya funksiyasi pasayganda va
mikroorganizmga salbiy ta’sir etuvchi faktorlar bartaraf etilganda, sista
shaklidagi mikroblar patogen ko‘rinishga o‘tadilar. Bu jarayon reversiya
deb ataladi. Sista va L – shaklli treponemalar paydo bo‘lishining oldini
olish uchun zaxm bilan og‘rigan bemorlarni davolashda antibiotiklarni
yuqori miqdorda qo‘llash tavsiya etiladi.
Zaxmning yuqish yo‘llari. Bemor zaxm tarqatadigan asosiy manbadir.
U sog‘lom kishi bilan o‘pishganda, jinsiy aloqa qilganda, uning idish-
tovoqlaridan foydalanganda kasallik yuqadi. Demak, kasallik bevosita
yoki bilvosita kontakt yo‘l bilan yuqar ekan.
Oqish treponema odam organizmiga shikastlangan teri va shilliq
qavatlar orqali kiradi. U bemor qonida, terisidagi yarada, limfa
tugunlarida, orqa miya suyuqligida, so‘lagida, nerv to‘qimalarida, hamma
a’zolarida, hatto zaxm bilan og‘rigan ayol sutida yoki erkak shahvati
(sperma)da ham bo‘ladi. Shuning uchun kasallikning aktiv davrida bemor
atrofidagilar uchun o‘ta yuqumli hisoblanadi.
Zaxmning kechuvi. Zaxmning umumiy kechuvida to‘rtta davr –
inkubatsion (yashirin), birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi davrlar tafovut
qilinadi.
Inkubatsion (yashirin) davr organizmga oqish treponemalar kirgandan
boshlab, to kasallikning birinchi belgisi – qattiq shankr paydo bo‘lgunga
qadar davom etadi. Bu davr o‘rta hisobda bir oycha davom etishi, ba’zan
10–15 kungacha qisqarishi yoki 4 oygacha cho‘zilishi mumkin.
Zaxmning birlamchi davri terida birlamchi sifiloma (qattiq shankr)
paydo bo‘lgandan to teri va shilliq qavatlarda ikkilamchi zaxmga xos
toshmalar toshishiga qadar bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi. Bu muddat
6–7 haftani tashkil etadi.
Qattiq shankr yoki birlamchi sifiloma oqish treponema kirgan teri va
shilliq qavatlarda chegaralangan infiltrat hosil bo‘lishi bilan boshlanadi.
Keyinchalik esa infiltratning yuza qismi nekrozga uchrab, eroziya yoki
163
yara vujudga keladi. Odatda qattiq shankr oval yoki yumaloq, atrof
terisidan aniq chegaralangan, kattaligi jimjiloq tirnog‘iday keladigan
eroziyadir.
Uning rangi qizil, chetlari tekis, yulinmagan va bir oz ko‘tarilgan
bo‘lib, tubiga tomon nishab bo‘lib boradi (idish shaklini eslatadi).
Jarohatning yuzi tekis, silliq, go‘sht rangida bo‘ladi, uning markazi goho
sarg‘ish yog‘ g‘ubori bilan qoplangan bo‘lishi mumkin. Eroziyalardan bir
oz seroz suyuqlik chiqib, shankrga yaltiroq, «laklangan» ko‘rinish beradi.
Eroziyali shankrlar epitelizatsiya yo‘li bilan tuzalsa, yaralisi o‘zidan so‘ng
chandiq qoldiradi.
Qattiq shankr ko‘pincha jinsiy a’zolarda, ba’zan oyoq, qorin va
boshqa sohalarda kuzatiladi. Shu bilan birga, shilliq qavatlarda, ko‘pincha
lab, til, ko‘krak va bodomcha bezlarida joylashadi. Qattiq shankrning
joylashuvi kasallik qanday yo‘l bilan yuqqanligi haqida dalolat beradi.
Qattiq shankr subyektiv belgilarsiz, ba’zan esa sezilarsiz og‘riq bilan
kechadi.
Qattiq shankr hosil bo‘lgandan so‘ng (ko‘pincha 5–7 kun o‘tib)
birlamchi zaxmning ikkinchi belgisi, ya’ni regional limfa tugunlarining
yallig‘lanib, kattalashib shishishi, bir oz qattiqlashishi – regionar
skleradenit kuzatiladi.
Bu tugunlarning joylashuvi qattiq shankr paydo bo‘lgan sohalar
yaqinida bo‘ladi. Agar qattiq shankr jinsiy a’zolarda paydo bo‘lsa, chov
limfa sohasining limfa tugunlari kattalashadi. Agar shankr og‘iz bo‘shlig‘i,
lab va tilda paydo bo‘lsa, jag‘ va dahanosti limfa tugunlari kattalashadi va
h. k.
Limfa tugunlarining loviyadek kattalashuvi, qattiq elastik
konsistensiyaga ega bo‘lishi, paypaslab ko‘rilganda ularning harakat-
chanligi, bir-biri va teri bilan birlashmaganligi hamda og‘rimasligi
regionar skleradenitga xosdir.
Birlamchi zaxmning oxirgi haftasiga borib oqish treponemalar
organizmning barcha limfa tugunlariga tarqaladi va soni ham ortadi. Bu
holat barcha limfa tugunlarining kattalashishi – poliadenit bilan
ifodalanadi.
Birlamchi zaxmning birinchi 3 haftasida Vasserman (RW) va cho‘kma
reaksiyalar manfiy bo‘ladi (birlamchi seronegativ zaxm), keyinchalik esa
(odatda qattiq shankr paydo bo‘lganidan 4 hafta o‘tgach) serologik
reaksiyalar musbatlashadi (birlamchi seropozitiv zaxm). Birlamchi
zaxmning umumiy belgilari, qariyib 60 % bemorlarda darmon qurishi,
isitma chiqishi, bosh va bo‘g‘im og‘rishi, ishtaha yo‘qolishi, uyqusizlik
bilan kuzatiladi. Qonda anemiya, leykotsitoz, eritrotsitlar cho‘kish
tezligining oshishi kuzatiladi.
Zaxmning ikkilamchi davri odatda qattiq shankr hosil bo‘lgandan 6–7
hafta o‘tib boshlanadi, ya’ni birlamchi zaxmga xos bo‘lgan klinik belgilar
164
(qattiq shankr, regionar skleradenit, poliadenit) fonida teri va shilliq
qavatlarda rozeolez-papulez toshmalar toshadi. Ikkilamchi zaxm 4 yil
davom etadi, hatto 5 yilgacha cho‘zilishi mumkin va serologik reaksiyalar
musbat bo‘ladi. Zaxmning ikkilamchi davrida ichki a’zolar, harakatlanish
apparatlari va asab tizimida turli xil patologik o‘zgarishlar kuzatiladi.
Ikkilamchi zaxmning birinchi 5–7 kunida ba’zi bemorlarda (10–15 %)
umumiy darmonsizlik, lanjlik, bosh og‘rishi, harorat ko‘tarilishi,
qechqurun bo‘g‘im va suyaklarda og‘riq bo‘lishi kuzatiladi. Ammo
ko‘pincha bemorning umumiy ahvoli deyarli o‘zgarmaydi.
Ikkilamchi zaxmga xos bo‘lgan belgi – aktiv toshmalar toshish
davrining yashirin yoki assimptom davrlar bilan almashinishi. Agar
ikkilamchi zaxm davrida teri va shilliq qavatlarda toshmalar birinchi
marotaba paydo bo‘lsa, bunday zaxm ikkilamchi yangi zaxm deb ataladi.
Taxminan 3 oydan so‘ng (agar kasallik davolanmasa) toshmalar o‘z-
o‘zidan yo‘qolib ketadi va kasallik ikkilamchi yashirin yoki latent davrga
o‘tadi. Keyinchalik yana toshmalar paydo bo‘lsa, u holda ikkilamchi
retsidiv (qaytalama) zaxm vujudga keladi.
Ikkilamchi latent davr turli muddatlarga cho‘zilishi mumkin. Bu,
avvalambor makro va mikroorganizm orasidagi immunobiologik
jarayonga bog‘liq. Ikkilamchi zaxmda toshmalar toshishi 3–4 marta
qaytalanishi mumkin. Bu toshmalar umumiy xususiyatga ega. Ular
badanning turli sohalarida uchrab, shakli dumaloq, keskin chegaraga va
ko‘kimtir-qizg‘ish rangga ega, qo‘shilishga moyil emas, subyektiv sezgilar
bo‘lmaydi, davolash choralari o‘tkazilmasa ham ma’lum muddatdan keyin
izsiz yo‘qolishi mumkin.
Bemorlar bu davrda o‘ta yuqumli bo‘ladilar.
Ikkilamchi zaxmda morfologik elementlardan dog‘ (rozeola),
tuguncha (papula), ba’zan esa pufakcha (vezikula) uchraydi. Shu bilan
birga, bu davrda sifilitik leykoderma va soch to‘kilishi (sifilitik
allopetsiya) ham kuzatiladi.
Zaxmning ikkilamchi yangi davridagi sifilidlar mayda va ko‘p, yorqin
rangli, simmetrik, atrofga yoyilmaydi, usti kepaklanmaydi. Ular ko‘pincha
ko‘krak, qorin va qo‘l, dumba, son va og‘iz shilliq qavatida uchraydi. Ular
bosib ko‘rilsa yo‘qoladi, so‘ng yana paydo bo‘ladi. Rozeola 2 hafta
davomida toshib, 3–4 haftagacha o‘zgarmay turaveradi, keyin rang-
sizlanadi va sekin-asta hech qanday dog‘ qoldirmay yo‘qolib ketadi.
Ikkilamchi retsidiv zaxmda toshmalar yirik va soni kam, ko‘pincha,
simmetrik bo‘lmay, guruhlashishga moyil bo‘ladi va ko‘p ishqalanuvchi
sohalar (son, jinsiy a’zolar, og‘iz bo‘shlig‘i)da joylashadi.
Ikkilamchi zaxm davrida ichki a’zo va nerv tizimida o‘ziga xos
o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Jumladan, Botkin kasalligini eslatuvchi o‘tkir
gepatitga xos bo‘lgan belgilar, sifilitik lipoidli nefroz, sifilitik miokardit,
165
gipoatsid gastrit, sifilitik meningit, gidrotsefaliya, bazal meningit kabi
kasallik belgilarini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Zaxmning uchlamchi davri. 3–5 yildan keyin ikkinchi davr zaxmning
uchinchi davriga o‘tadi; zaxmning bu davri bemorlarning hammasida ham
kuzatilavermaydi. Bu davr bemorning to‘liq yoki mutlaqo davolan-
maganligi natijasida kelib chiqadi. Bu davr teri, shilliq qavatlar, ichki
a’zolar, asab tizimi hamda harakat apparatining zararlanishi bilan
tavsiflanadi. Uchlamchi zaxmning rivojlanishida travma va surunkali
kasalliklar, zaharlanishlar, bemorning yoshi hamda boshqa omillarning
ahamiyati katta.
Uchlamchi zaxm klinik kechuviga qarab faol va yashirin davrlarga
bo‘linadi. Bu davr yana, o‘z navbatida, do‘mboqcha va tugun (gumma)
toshish davriga ajratiladi. Toshmalar son jihatidan oz bo‘lib
(do‘mboqchalar 10–20 ta bo‘lsa, gumma odatda bitta yoki ikkita bo‘ladi),
o‘zidan so‘ng chandiq qoldiradi. Agar toshmalar hayot uchun muhim a’zo
va tizimlarda joylashsa, u bemor hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Bemor bu davrda atrofdagilar uchun kam yuqumli hisoblanadi, chunki
toshmalar yuzasida oqish treponemalar kam bo‘lib, ular asosan infiltrat
tubida joylashadi. Uchlamchi zaxm organizmni og‘ir o‘zgarishlarga olib
keladi. Bu davr ichida teriosti yog‘ qavatida, suyak va muskullarda, asab
tizimi va ichki a’zolarda o‘zgarishlar kuzatiladi.
Do‘mboqchali sifilid bemor terisining derma qavatida hujayraviy
infiltrat hosil bo‘lishi natijasida vujudga keladi. Bu terining hamma
sohasida uchrashi mumkin. Do‘mboqchalar og‘rimaydi, qichishmaydi va
yallig‘lanmaydi. Ular yarim oysimon yoki yassi, rangi qizg‘ish bo‘lib,
terida asimmetrik joylashadi. Do‘mboqchalar olcha danagidek bo‘lib,
qattiq va aniq chegaralangan bo‘ladi. Ular vaqt o‘tishi bilan nekrozga
uchrab yara va tortilgan chandiqlar hosil qiladilar.
Do‘mboqchali sifilidlarning toshmalarning bir vaqtda chiqmasligi
tufayli bir necha turi tafovut qilinadi: guruhlashgan (elementlar guruh-
guruh bo‘lib joylashadi, lekin bir-biri bilan qo‘shilmaydi), emaklovchi
(do‘mboqchalar qo‘shiladi, markazidagi regressga uchraydi, pereferik
sohalarda esa yangi elementlar paydo bo‘ladi), maydonchali (do‘mboq-
chalar qo‘shilib, maydoncha hosil qiladi), pakana (tariq donidek keladigan
do‘mboqchalar kuzatiladi).
Do‘mboqchali sifilid subyektiv o‘zgarishlarsiz kechadi.
Sifilitik gumma uchlamchi faol zaxmning eng ko‘p uchraydigan
elementidir. Morfologik nuqtai nazardan sifilitik gumma gipodermada
joylashgan tugun bo‘lib, kattaligi yong‘oqdek keladi. U asta-sekin
kattalashib, teri bilan birlashadi va harakatchanligini yo‘qotadi. Terining
rangi ko‘kimtir-qizg‘ish tusga kiradi. Bemor biroz og‘riq sezadi. So‘ng
tugunning o‘rtasi yumshab, u yerda teshik hosil bo‘ladi va undan
yopishqoq suyuqlik ajralib chiqadi. Hosil bo‘lgan yara – oval shaklida,
166
aniq chegaralanganligi, cheti biroz teridan ko‘tarilganligi, qattiq
konsistensiyaga ega ekanligi va tubida nekrozga uchragan to‘qima borligi
bilan tavsiflanadi. Jarohat o‘rnida yulduzsimon giperpigmentli chandiq ho-
sil bo‘ladi.
Klinik kechuviga qarab izolatsiyalangan, infiltratli va fibrozli
gummalar farqlanadi.
Uchlamchi sifilidlar (do‘mboqcha va gummalar) ko‘pincha burun,
yumshoq tanglay va tanglay tilchasi shilliq qavatlarida joylashadi.
Suyaklar zararlansa, burun suyagi cho‘kib, egarsimon bo‘lib qoladi. Qattiq
va yumshoq tanglaylarning teshilishi, tanglay pardasining shikastlanishi
oqibatida ovoz o‘zgaradi, yutgan ovqat burun bo‘shlig‘iga o‘tib ketadi.
Harakatlanish apparatlarida o‘zgarishlar periostitlar, ostitlar va
osteomiyelitlar, artritlar va osteoartritlar namoyon bo‘ladi.
Yurak-tomir tizimida aortit va mezoaortitlar, zaxm miokarditi
rivojlanadi. Jigarda surunkali epitelial zaxm gepatitlari kuzatiladi. Nerv
tizimida esa kechki neyrosifilis belgilari yuzaga keladi. Ko‘pgina hollarda
uchlamchi zaxmda orqa miya so‘xtasi (qurishi, tabes) – surunkasiga og‘ir
o‘tishi bilan ajralib turadigan, orqa miya qobiqlari, ustunlari va po‘stloq-
larining shikastlanishi va kuchli og‘riq bilan kechadigan kasallik yoki
progressiv falaj – miya mayda qon tomirlarining yallig‘lanishi va bosh
miya moddasi, miyaga hamda markaziy kulrang yadrolarning
shikastlanishi yotadigan kasalliklar kelib chiqadi.
Yashirin va tug‘ma zaxm. Ba’zan zaxm bilan og‘rigan bemorlarning
terisi, shilliq qavatlari, ichki a’zolari, asab tizimi va harakatlanish
apparatlarida kasallikning klinik belgilari kuzatilmaydi, ammo serologik
reaksiyalar musbat bo‘ladi. Bunday zaxma yashirin zaxm deb ataladi.
Yashirin zaxmning erta (infeksiya tushgandan so‘ng o‘rtacha yil
mobaynida), kechki va noma’lum turlari tafovut qilinadi.
Sifilitik infeksiya zaxm bilan og‘rigan homilador onadan qorindagi
bolaga o‘tadi va uni zararlaydi. Bu tug‘ma zaxm deb ataladi.
Zaxm qo‘zg‘atuvchisi homilaga onadan yo‘ldosh orqali o‘tadi. Shu-
ning uchun tug‘ma zaxm uchun homiladorlikning ikkinchi yarmi, ya’ni
yo‘ldosh qon aylanish doirasi ishga tushgandan so‘ng xavfli hisoblanadi.
Zaxmning ikkilamchi davri, ba’zida esa uchlamchi va kechki zaxm homila
uchun o‘ta xavfli bo‘ladi.
Klinik belgilarining kechishi va muddatiga qarab tug‘ma zaxm to‘rt
xilga bo‘linadi: 1) homila zaxmi; 2) erta tug‘ma zaxm (tug‘ilgandan to 4
yoshgacha bo‘lgan davr); 3) kechki tug‘ma zaxm (4 yoshdan oshgan
bolalarda); 4) yashirin tug‘ma zaxm (turli yoshda uchraydi).
Zaxmga qarshi kurash. Zaxmga yo‘liqqan bemorni davolashdan tash-
qari, zaxmga qarshi kurashda quyidagi davolash usullari qo‘llaniladi:
167
1) perventiv davolash zaxm kelib chiqishining oldini olish maqsadida,
uning erta davridagi bemorlar bilan jinsiy va maishiy muloqotda bo‘lgan
(agar muloqot muddati uch oydan oshmagan bo‘lsa) kishilarga o‘tkaziladi;
2) profilaktik davolash ilgari zaxm bilan og‘rigan yoki ayni vaqtda
badanida zaxm infeksiyasi mavjud homilador ayollar va ularning
bolalariga (ularda serologik va klinik belgilari bo‘lmasa ham) o‘tkaziladi;
3) asab tizimi, ichki a’zolarning zaxm bilan zararlanganligi gumon
qilinganda sinama davolash belgilanadi.
Zaxm bilan og‘rigan shaxslarni maxsus ro‘yxatdan chiqarish.
Bemorlarning zaxmdan to‘liq davolanganligini tasdiqlovchi mezonlarga
klinik ko‘rsatkichlar (teri, shilliq qavatlar, ichki a’zolar va asab tizimidagi
kasallik belgilarining yo‘qolishi), rentgenologik va laboratoriya
ko‘rsatkichlarining normallashuvi kabilar kiradi.
Zaxmdan davolangan bemorlar maxsus ro‘yxatdan quyidagi
holatlarda chiqariladi:
a) boshlanishida birlamchi davolangan, so‘ng bir yil mobaynida
dispanser nazoratida bo‘lgan bemorlar;
b) birlamchi zaxm davrida davolangan, so‘ng ikki yil mobaynida
dispanser nazoratida bo‘lgan bemorlar;
v) ikkilamchi zaxm davrida to‘liq davolanganidan so‘ng 5 yil
mobaynida dispanser nazoratida bo‘lgan bemorlar;
g) uchlamchi zaxm davrida to‘liq davolanganidan so‘ng 5 yil
mobaynida dispanser nazoratida bo‘lgan bemorlar;
d) zaxm kasalligi bilan aniq og‘rigan va klinik belgilari namoyon
bo‘lmasdan oldin to‘liq davolanmagan bemorlar kasallik yuqqandan
boshlab 10 yil o‘tgach, mutaxassis ko‘rigidan so‘ng maxsus ro‘yxatdan
chiqariladi;
e) tug‘ma zaxm bilan og‘rigan bemorlar to‘liq davolangach, 5 yil
mobaynida dispanser nazoratida bo‘lganidan so‘ng maxsus ro‘yxatdan
chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |