14
oshiruvchi davlat organlari tizimi va ushbu sohada ularning vakolatlarini
belgilash, moliyaviy-huquqiy munosabatlar boshqa subyektlarining
huquqiy maqomi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, moliyaviy kontrol
shakl va usullarini mustahkamlovchi huquq normalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Bular davlat moliyaviy faoliyatining barcha jabhalarida harakatda bo‘lib,
umumiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Moliya huquqining
maxsus qismi
quyidagi bo‘lim va institutlardan
iborat: budjet huquqi; budjetdan tashqari ijtimoiy jamg‘armalar; davlat
korxonalari moliyasi; davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning
daromadlari; davlat krediti; mulkiy va shaxsiy sug‘urta; davlat va
ma’muriy-hududiy tuzilmalarning xarajatlari; bank krediti; pul muomilasi
va hisob-kitoblar; valutani tartibga solish.
Yuqorida ko‘rsatilgan moliyaviy-huquqiy institutlar va bo‘limlarning
ba’zi birlari to‘liq moliya huquqi normalari
bilan tartibga solinsa, ba’zi
birlari moliya huquqidan tashqari boshqa huquq sohalari bilan ham
tartibga solinadi.
Moliya bo‘limlarini alohida-alohida olib ko‘radigan bo‘lsak, ular
tartibga solinuvchi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab
bo‘linmalarga, institutlarga bo‘linadi. Masalan,
davlat daromadlari
bo‘limi. Bu bo‘lim soliqlar; budjetga to‘lanadigan boshqa majburiy
to‘lovlar; soliqsiz to‘lovlar va boshqa shu kabi moliyaviy-huquqiy
institutlarni o‘z ichiga oladi.
Moliya huquqi tizimidan
Dostları ilə paylaş: