O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161
Moliya huquqi

moliya huquqining asosiy uslubi
,
ya’ni 
moliyaviy munosabatlar qatnashchilarining xulq-atvoriga ta’sir 
ko‘rsatish uslub va uslublari davlat-hokimiyat ko‘rsatmalari uslubi 
hisoblanadi. 
Ushbu uslubning qo‘llanishi jamiyatning muhim ijtimoiy va 
iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan tegishli davlat 
pul jamg‘armalarini tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. Moliyaviy 
munosabatlarni huquqiy tartibga solishning faqat mazkur uslubi 
asosidagina pul mablag‘larining davlat tasarrufiga to‘liq va o‘z vaqtida 
kelib tushishi, ulardan qat’iy ravishda maqsadli foydalanish, davlat 
moliya intizomiga rioya etilishi ta’minlanishi mumkin.
Moliya huquqi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarga xos 
bo‘lgan davlat-hokimiyat ko‘rsatmalari mazmuni turlichadir. Davlat 
moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xohish-irodasining bir 
tomonlamaligi va majburiyligi nafaqat moliya huquqi tomonidan 
belgilanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar uchun, balki taqiqlar uchun 
ham xosdir. Ular, shuningdek, moliyaviy munosabatlar tomonlariga axloq 
qoidalarini mustaqil tanlash huquqini beradigan ruxsat berishga ham xos. 
Biroq ruxsat berilgan harakatlarni bajarish moliya huquqi normalari bilan 
belgilangan qat’iy umumiy qoida doirasida amalga oshirilishi shart. Bu 
ma’nodagi ruxsat berish bir tomonlama xususiyatdagi ko‘rsatmani 
go‘yoki to‘ldiradi, o‘ziga tegishli huquqlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi 
masalani mustaqil hal etish huquqiga ega bo‘lgan tomon esa, yuridik 
jihatdan moliya huquqi umumiy qoidalariga bo‘ysunadi. 
Moliya huquqi ayrim hollarda bir tomonlama hujjatni qabul qilishdan 
oldin u yoki bu masalalarni birgalikda kelishish, muhokama etish va 
ko‘rib chiqish kerakligini nazarda tutadi. Moliyaviy faoliyatni amalga 
oshiruvchi organlarning ko‘rsatmalari ularni muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun ko‘pincha tavsiyalar bilan birga beriladi. Boshqacha 
aytganda, moliyaviy-huquqiy tartibga solishning asosiy uslubi – davlat-
hokimiyat ko‘rsatmalarining kelishish va tavsiyalar berish kabi uslub va 
uslublari bilan to‘ldirilishi mumkin.
Shunday qilib, moliya huquqi predmeti bilan moliyaviy munosa-
batlarni huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos birlashuvi moliya huquqini 
huquqning mustaqil tarmog‘iga ajratish uchun barcha asoslarga egadir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin