12
moliya huquqining ham asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Kons-
titutsiyaning XXV bobi 122–124-moddalarida moliyaviy–huquqiy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan maxsus qoidalar ko‘rsatib
o‘tilgan.
Konstitutsiyaning 122-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z
moliya va pul-kredit tizimiga ega ekanligi hamda O‘zbekistonning davlat
budjeti tizimi haqidagi normalar belgilab qo‘yilgan.
123-moddasida esa O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq
tizimi amal qilishi va soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston
Respublikasining Oliy Majlisi haqli ekanligi qoidasi mustahkamlangan.
124-moddasida O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi to‘g‘risida
va ushbu tizimga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh-
qaruvi joriy etilishi haqidagi norma belgilab qo‘yilgan.
Moliya huquqining umumiy manbalari orasida O‘zbekiston Respub-
likasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Soliq kodeksi muhim o‘rin
tutadi. Soliq
kodeksi Umumiy va Maxsus qism, 41-bob, 134-moddadan
iborat. Ushbu kodeks 1998-yil 1- yanvardan kuchga kiritildi. Soliq
kodeksi O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining huquqiy asoslarini,
soliq subyektlarining huquq
va majburiyatlarini, soliq ishlarini yuritish
tartibini va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik masalalarini
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasida pul mablag‘larini yig‘ish, jamlash,
ishlatish, tarqatish va sarflash bilan bog‘liq
moliyaviy munosabatlarni
tartibga soluvchi asosiy qoida va
ɬɚɥɚɛɥɚɪ
, huquqiy vosita va tadbirlar va
ularni tatbiq etish mexanizmi qonunlarda mustahkamlangan. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi 14-dekabr
2000-yil qonuni O‘zbekiston Respublikasining budjet
tizimi tuzilishi va
uni boshqarish asoslarini; davlat budjetining tuzilishi va tamoyillarini;
davlat budjetini
tayyorlash, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish
tartibini; davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning
xarajatlarini
amalga oshirish tamoyillarini; davlat budjeti tuzilmasiga
kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni; davlat budjeti
mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga
olish, hisobot va kontrol qilish tartibini belgilaydi.
Moliyaviy munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining farmonlari ham ma’lum bir ahamiyatga ega. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining
milliy valutasini muomilaga kiritish to‘g‘risida»gi 1994-yil 16-iyundagi
13
farmoni asosida respublika hududida 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy
valutamiz – «SO‘M» joriy etildi. Ushbu farmonga ko‘ra, «SO‘M»
O‘zbekiston Respublikasida yagona to‘lov vositasi hisoblanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlari hamda mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan moliyaga oid
normativ-huquqiy hujjatlar ham moliyaviy munosabatlarni tartibga
solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: