moliya huquqi – davlat va mahalliy hokimiyat organlarining
o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan
pul jamg‘armalarining (moliya mablag‘larining) tashkil topishi,
taqsimlanishi va foydalanilishi jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig‘indisidan iborat.
2. Moliya huquqining uslublari va manbalari Moliya huquqi uslubi. Huquq tarmog‘ining mustaqilligini angla-
tuvchi yana bir element – bu uning tartibga solish uslubining
mavjudligidir. Moliya huquqining tartibga soluvchi uslublarini umumiy
va maxsus uslublarga tasniflash mumkin. Umumiy uslublar – davlat va
ma’muriy-hududiy tuzilmalar moliyaviy faoliyatining barcha jabhalarida
tatbiq etilishi mumkin bo‘lsa, maxsus uslublar – moliyaviy faoliyatning
ma’lum bir funksiyalarini amalga oshirish jarayonida qo‘llaniladi.
Moliya huquqi tartibga solish funksiyasini amalga oshirib, moliyaviy
munosabatlar qatnashchilari axloq qoidalariga o‘z normalarining ta’sir
ko‘rsatishini tartibga soluvchi huquqiy vositalar yoki usullarning
muayyan majmuidan foydalanadi. Ular predmet bilan birga, huquqning
har qanday tarmog‘i, shu jumladan moliya huquqining tavsifini beradi.
Tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasi, ya’ni predmet
bo‘yicha huquq tarmoqlari ko‘pincha o‘zaro yaqin bo‘lib, ayrim hollarda
o‘zlarining asosiy ko‘rinishlarida bir-biriga mos ham keladi (masalan,
hisob-kitob va kredit munosabatlari, shuningdek, sug‘urta sohasidagi
munosabatlar, fuqarolik huquqi va moliya huquqi predmetini tashkil
etadi). Shuning uchun ham tartibga solish uslubi huquq tarmoqlarini
chegaralashda belgilovchi vosita bo‘lib hisoblanadi.
Huquqning har qanday tarmog‘i ijtimoiy munosabatlarga huquqiy
ta’sir etishning qo‘yidagi uch uslubidan foydalanadi:
yozma buyruq