6
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, davlatning moliyaviy faoliyati
davomida moliyaviy munosabatlardan tashqari boshqa ijtimoiy
munosabatlar ham, masalan, mehnat, fuqarolik munosabatlari yuzaga
keladi va u tegishli huquq sohalari bilan tartibga solinadi. Moliya huquqi
faqat moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi.
Moliyaviy tizim tuzilishini mustahkamlash, mazkur sohadagi
vazifalarni taqsimlash, moliyaviy faoliyat davomida yuzaga keladigan
munosabatlarni tartibga solish bevosita moliya huquqining predmetini
tashkil etadi.
Moliya huquqi predmetiga kiruvchi munosabatlar o‘zining
mazmuniga ko‘ra turli tumanligi bilan ajralib turadi. U ijtimoiy ishlab
chiqarish va taqsimlashning barcha tuzilmalarini qamrab oladi. Bundan
tashqari, moliyaviy munosabatlar unda ishtirok etuvchi tomonlarning
ko‘pligi bilan ham ajralib turadi. Moliyaviy munosabatlarning mazmuni
davlat va mahalliy pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va undan
foydalanishga qaratilgandir. Tabiiyki, bu munosabatlar davlatning
bevosita ishtiroki va ta’siri ostida vujudga keladi.
Moliya huquqi normalari yordamida davlat moliyaviy faoliyatining
asosiy tamoyillari va shakllari, davlat pul jamg‘armalaridagi mablag‘larni
to‘plash usullari, ushbu jamg‘armalarni tashkil qiluvchi mablag‘lar turlari,
ularni undirish tartibi, davlat pul jamg‘armalaridan foydalanish hamda
korxona, tashkilot va muassasalar pul mablag‘larining tashkil topish
manbalari tartibga solinadi. Moliya huquqi ushbu munosabatlarni tartibga
solib, davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquq va
majburiyatlarini mustahkamlaydi.
Shunday qilib,
Dostları ilə paylaş: