O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Chet el investitsiyalarini himoyalash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161
Moliya huquqi

Chet el investitsiyalarini himoyalash.
O‘zbekiston Respublikasida 
chet el investitsiyalarini himoyalash maqsadida 1998-yil 30-aprelda 


291
O‘zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar huquqlarining 
kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi qonun qabul 
qilindi. 
Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiya 
faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik investorlar huquqlarining 
kafolatlari va ularni himoya qilish choralarini belgilaydi. 
Mazkur qonunning 2-moddasida chet ellik investorlar huquqlarining 
kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
ko‘rsatilgan bo‘lib, bu moddaga asosan, chet ellik investorlar 
huquqlarining kafolatlarini berish va ularni himoya qilish choralarini 
amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu qonun, «Chet el 
investitsiyalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa 
qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida chet ellik 
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan 
bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
Ushbu qonuning 
3-moddasida 
esa, chet ellik investorlar huquqla-
rining kafolatlari keltirilgan bo‘lib, bu moddaga asosan, Davlat O‘zbe-
kiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi 
chet ellik investorlarning huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga oshiri-
lishi ta’minlanishini hisobga olgan holda fuqaroligi, yashash joyi, diniy 
e’tiqodi, iqtisodiy faoliyati qayerda amalga oshirilayotganligiga, 
shuningdek investorlar yoki investitsiyalarning qaysi mamlakatga 
mansubligiga qarab chet ellik investorlarning kamsitilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Qonun hujjatlari, shu jumladan idoraviy normativ hujjatlar, agar 
ularning ijrosi chet ellik invetorlarga yoki chet el investitsiyalariga zarar 
yetkazsa, ular orqaga qaytish kuchiga ega emas. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investit-
siyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet el investitsiyalariga 
nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investit-
siyalash paytidan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi. Chet ellik 
investor o‘z xohishiga ko‘ra, yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash 
shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarni qo‘llash huquqiga egadir. 
O‘zbekiston Respublikasida chet ellik investorlarga keng kafolatlar 
yaratilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 


292
siyosiy tavakkalchilikdan sug‘urtalash ta’minlangan (bu maqsadlar 
uchun respublikada «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyat 
ko‘rsatadi); 
iqtisodiy faoliyat natijasida olingan foyda va boshqa mablag‘larni 
chet el valutasida chet elga o‘tkazish; 
foydani respublika hududida qayta investitsiya qilish yoki o‘z 
ixtiyoriga ko‘ra boshqa maqsadlarda foydalanish;
davlat idoralari tomonidan chet ellik investorlarning huquqlarini 
kamsituvchi me’yoriy hujjatlar qabul qilingan taqdirda ularga yetkazilgan 
zararni sud yo‘li bilan to‘lash (qoplash); 
Bundan tashqari, chet ellik investorlarga bir qator huquqiy va 
iqtisodiy imtiyozlar belgilangan. Jumladan:
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni hyech qanday litsenziyasiz va 
to‘siqsiz olib chiqish ketish; 
chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonalar daromadining ishlab chiqarishni va texnologiyani yangilash 
uchun qayta investitsiyalanadigan qismini soliq to‘lashdan ozod qilish; 
ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslarning davlat mulkini 
xususiylashtirish jarayoniga, shu jumladan ularga keng doiradagi 
ko‘chmas mulkni sotish va xususiylashtiriladigan korxonalar aksiya-
larining 100% ga qadar miqdorini sotib olishlariga erkin kirishini 
ta’minlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin