O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/49
tarix23.05.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#120147
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
c1ac7a2db35cc9d043f33d38d301475b Dinshunoslik asoslari o`quv qo`llanma

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 
1. Islomda yo‘nalishlar va oqimlarning yuzaga kelish sabablari 
nimalardan iborat? 
2. Sunniylik va shialik o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlang. 
3. Shialarning islomning muqaddas manbalariga munosabatlarini 
izohlang. 
4. Nima sababdan xorijiylarning tarafdorlari juda kam sonli bo‘lib 
qolgan?
5. Nima sababdan sunniylikka e’tiqod qiluvchilar «ortodoksal» islom 
tarafdorlari deb ataladi? 
6. Sunniylikda diniy ekstremizmning manbai bo‘lgan diniy-huquqiy 
maktabni aniqlang.
7. So‘fizm oqimining asosiy g‘oyalari va maqsadi nimalardan iborat? 
8. Islom ilohiyotining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan 
Markaziy Osiyo mutafakkiri kim? 
9. Markazi Osiyoda tasavvufning qaysi tariqatlari yuzaga kelgan? 
159


10. Islomdagi an’anaviylik va zamonaviylik jarayonlarining o‘ziga 
xosligi nimalardan iborat? 
160


9-mavzu 
DINIY EKSTREMIZM VA FUNDAMENTALIZMGA QARSHI 
KURASHNING MOHIYATI, MAQSADLARI
VA HUQUQIY JIHATLARI 
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mohiyati, 
maqsadlari va xavfi 
XX asrning oxirlarida xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi global 
muammolar qatoriga diniy ekstremizm va fundamentalizm ofati qo‘shildi. 
Yadroviy urush xavfi, ekologik fojia kabi global muammolar insoniyat 
taqdiriga qanchalik vayronkor tahdid qilayotgan bo‘lsa, diniy ekstremizm 
va terrorizmning buzg‘unchilik ta’siri ko‘lami ulardan kam emas. 2001 yil 
11 sentabrda AQSHda yuz bergan fojia shuni ko‘rsatadiki, bu ofat nafaqat 
iqtisodiy qoloq yoki rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlarga ham 
birday xavflidir.
Jahon miqyosida diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi 
kurash xalqaro darajada kuchlarning birlashtirilishini taqozo etadi. Bu 
kurashda eng avvalo diniy ekstremizmning yuzaga kelishi sabablari, 
mohiyati va xususiyatlarini o‘rganish lozim.
Diniy ekstremizm (lotinchada – extremum eng keyingi, oxirgi degan 
ma’nolarni anglatadi) ijtimoiy hayotda yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida 
paydo bo‘ladi va uning ildizlari uzoq o‘tmishimizga borib taqaladi. Zero, 
diniy ekstremizm diniy dunyoqarash paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan 
ijtimoiy voqelikdir. Faqat u turli tarixiy davrlarda xilma-xil ko‘rinish, 
shakl va mazmunda namoyon bo‘ladi. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik siyosati (salib 
yurishlari, buyuk geografik kashfiyotlardan keyin jahonni bo‘lib olish uchun 
kurash), Usmoniy turk davlatining G‘arbiy Yevropaga tahdidi (XIV–XVI 
asrlar) diniy shiorlar asosida olib borilgan. Usmoniy turklarning G‘arbiy 
Yevropaga tahdidi rivojlanishi darajasi taxminan teng sivilizatsiyalarning 
to‘qnashuvi bo‘lgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin G‘arbiy 
Yevropa jahon miqyosida iqtisodiy, harbiy-texnikaviy ustunlikka erishgan. 
Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolgan xalqlar G‘arbning tajovuziga 
diniy shiorlar asosida birlashgan. Mazkur shiorlar xalqni an’anaviylikni 
saqlab qolish, jamiyatni G‘arbda ishlab chiqilgan «qolip»larga asosan 
modernizatsiyalashga qarshi kurashga da’vat etgan. XVIII asrning ikkinchi 
yarmida Saudiya Arabistonida ijtimoiy hayotni G‘arb modeli asosida 
zamonaviylashtirishga qarshi kurash jarayonida diniy fundamentalistik va 
ekstremistik vahhobiylik mazhabi yuzaga kelgan. An’anaviy taraqqiyot 
161


yo‘lini saqlab qolishni talab qilgan barcha konservativ kuchlar mazhab 
atrofida birlashgan. Vahhobiylik Saudiya Arabistonida rasmiy e’tiqod 
sifatida mustahkamlangan.
XX asrda dunyoning ikki tizimga bo‘linishi tufayli yuqoridagi 
muammo vaqtinchalik ortga surildi. XX asrning oxirida kommunistik 
tuzum va mafkuraning mag‘lubiyati sababli oldingi muammolar yana 
qalqib chiqa boshladi. Shulardan biri industrial davlatlar bilan 
rivojlanayotgan va qoloq davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Mazkur 
muammo turli ko‘rinishlarda, xususan din sohasida ham o‘ta keskin tus 
oldi. 
XX asrning oxirlarida diniy ekstremizm diniy-siyosiy harakat sifatida 
avj oldi. Shuning uchun ekstremistik ruhdagi diniy oqimlar o‘ta 
janggarilik, murosasizlik g‘oyalari bilan qurollangan, dunyoviy g‘oyalar 
va dindagi modernistik yo‘nalish tarafdorlarini ta’qib etuvchi, hatto 
terrorchilik vositasida jismonan yo‘q qilishgacha boruvchi ashaddiy 
aqidaparastlar harakati sifatida baholanadi. 
Ekstremizmning ilmiy adabiyotda yagona bir ta’rifi mavjud emas. 
Shunga qaramay, ekstremizm deganda radikal qarashlarga ega bo‘lgan, o‘z 
g‘oyasi yoki fikrini boshqalarga har qanday vositalar bilan singdirishga 
intiladigan kishilarning e’tiqodi tushuniladi. 
Diniy ekstremizm deganda dinning ijodiy tabiatini inkor etuvchi, 
dunyoviy xatti-harakatlarni diniy mafkura maqsadlariga bo‘ysundirishga 
urinuvchi harakat tarafdorlari nazarda tutiladi. Aslini olganda, diniy 
ekstremizm – fundamentalizmning bir ko‘rinishi. Diniy ekstremizm 
zaminida fundamentalizm yotadi. Biroq ayrim tadqiqotchilar, diniy 
ekstremizmni bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadida, fundamentalizmdan farqlashga 
urinadilar. Aslida diniy ekstremizm va fundamentalizm bir-biridan uzoq 
hodisalar emas. Diniy ekstremizm to‘g‘risida to‘liqroq tasavvur hosil qilish 
uchun uning belgilari haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish lozim. 
Diniy ekstremizm konfessiya ichidagi turli oqimlar va mazhablarning 
o‘zaro kurashi yoki konfessiyalararo qarama-qarshiliklar sababli vujudga 
keladi. Ma’lumki, muayyan dinda doimo yo‘nalishlar, oqimlar va 
mazhablar o‘rtasida to‘xtovsiz kurash boradi. Bu obyektiv hodisa. Zero, 
diniy tashkilotlarga rahbarlik ularning iqtisodiy resurslariga egalik qilish, 
siyosiy hokimiyatga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini beradi. Lekin dindagi 
bo‘linishlarni faqat manfaatlar kurashining natijasi sifatida qarash 
masalaga xolisona yondashuvning buzilishiga olib keladi. Har bir din 
o‘ziga xos tilsimotdir. Shu bois ham dinning muqaddas manbalari tafsiri 
turli tarixiy davrlarda uning yangi qirralarini ochadi. Insoniyat ilohiy 
162


haqiqatni anglash sari boradi. Bunday haqiqat esa kishining ichki dunyosi 
va ruhiy mohiyatini tushunishiga yordam beradi.
Diniy ekstremizmning eng birlamchi xususiyati shundaki, u jamiyatda 
qabul qilingan ijtimoiy norma va qadriyatlarni inkor qiladi yoki ularga 
qarshi kurashadi. U siyosiy sahnaga chiqish, hokimiyat tepasiga kelish
davlat boshqaruv uslubini diniy o‘zanga burish kabilarga harakat qiladi. 
Diniy ekstremizm hodisalarni faqat yaxshi yoki yomon, qora yoki oq deb 
baholashga odatlangani uchun demokratiya va plyuralizmni inkor etadi. 
Diniy ekstremizmning manbai mutaassiblik (fanatizm)dir. 
Mutaassiblik kishilarning muayyan narsa, fikr yoxud g‘oyaga ko‘r-
ko‘rona, uning chuqur mohiyatiga yetmasdan, butun vujudi bilan qattiq 
ishonishi, uni boshqa hamma narsa va g‘oyalardan to‘g‘riroq deb bilishi 
natijasida boshqalarga ham turli vositalar bilan singdirishga harakat 
qilishidir. 
Jamiyatda mutaassiblik quyidagi sabablar natijasida vujudga keladi: 
a) aholi keng qatlamlarining iqtisodiy turmushi darajasining pastligi va 
ijtimoiy munosabatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi; 
b) 
fuqarolarining diniy bilimi va saviyasining yetarli darajada 
rivojlanmaganligi, diniy jaholatning ustunligi. 
Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston iqtisodiyotining bir taraflama, 
asosan, xomashyo ishlab chiqarishga yo‘naltirilganligi, respublikada 
zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida ishlovchi korxonalar va 
sanoat uchun malakali mutaxassis kadrlarni yetkazib beruvchi bilim 
dargohlarining kamligi sababli, malakali mahalliy ishchi kadrlar tayyorlash 
muammosi hal qilinmay qolgan. Respublika rahbariyati bu muammoni 
chetdan mutaxassis kadrlarni olib kelish bilan hal qilishni afzal ko‘rgan. 
Mahalliy aholi vakillari, asosan, yordamchi ishchi bo‘lib yoki yuqori 
malaka talab qilmaydigan kasblarda ishlaganlar. Zero, bunday kasblarda 
mehnat qiluvchilarning ish haqi juda kamligi sababli viloyatlardagi 
mahalliy aholi vakillarida ishchilik kasblarini o‘zlashtirishga nisbatan 
qiziqish uyg‘onmagan. Bunda milliy mentalitetimizning ta’sirini ham qayd 
qilishimiz lozim. Mahalliy aholi o‘zi uchun noma’lum bo‘lgan sanoat kor-
xonalarida murakkab kasblarni o‘zlashtirishdan ko‘ra asrlar davomida 
ajdodlaridan meros bo‘lib kelgan qishloq xo‘jaligida yoki shaharlardagi 
savdo-moliya tizimlarida ishlashni afzal ko‘rgan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda 
qurilgan sanoat korxonalarining asosiy qismi xomashyoga dastlabki ishlov 
berishga mo‘ljallangan bo‘lib, ular boshqa respublikalarga tayyor mahsulot 
ishlab chiqarish uchun olib ketilgan. Xomashyo yoki yarim tayyor 
163


mahsulotlarning bozorlarda arzon narxlarda sotilishi aholi turmush 
darajasining boshqa mintaqalarga nisbatan past bo‘lib qolishiga sabab 
bo‘lgan. 
Mahalliy aholi vakillari orasida yuqori malakali ishchi kuchining kamligi 
va iqtisodiy turmush darajasining 
pastligi turli ekstremistik va 
fundamentalistik ruhdagi diniy oqimlarning yoyilishiga qulay shart-sharoit 
yaratgan. 
O‘sha davrda olib borilgan dahriylik siyosati oqibatida mustamlaka 
davrigacha islom dunyosining markazlaridan biri bo‘lgan Markaziy Osiyo 
o‘zining ilgarigi nufuzini yo‘qotgan. Aholining diniy bilimlari darajasi 
pasayib borgan va asosan diniy marosim hamda an’analarni bajarish 
darajasiga tushib qolgan. Buning sabablari quyidagilardan iborat: 
a) 
dinga qarshi kurash davlat siyosatining tarkibiy qismiga ay-
lantirilganligi, diniy ta’limotni ilmiy o‘rganish uchun yetarli shart-
sharoitlarning mavjud emasligi; 
b) sobiq Ittifoq davrida aholiga diniy ta’lim berishning yaxshi yo‘lga 
qo‘yilmaganligi; 
v) diniy tashkilotlar va ulamolarning kuch va imkoniyatlaridan aholini 
tarbiyalashda foydalanilmaganligi. 
Diniy ekstremizm va mutaassiblik diniy fundamentalizmning negizida 
(lotincha fundmehtum – asos degan ma’noni anglatadi) vujudga keladi. XX 
asrning boshlarida «fundamentalizm» atamasi dindagi modernizatsiya 
jarayonlariga to‘sqinlikni aks ettiruvchi tushuncha sifatida ilk bor qo‘llana 
boshlangan. Shu davrda AQSHda «Fundamentlar (asoslar): haqiqatga 
shahodat keltirish» nomli risolalar to‘plami nashr qilingan. Unda 
xristianlikning fundamental nazariyalarini nimalar tashkil etishi 
izohlangan. To‘plam yuzasidan boshlangan munozaralarda dindagi 
fundamental ahamiyatga ega qadriyatlarni himoya qiluvchilar 
fundamentalistlar deb atala boshlangan. 
Yuqorida qayd etilgan misollardan xulosa qilganda, «diniy 
fundamentalizm» atamasi dastlab xristianlikka nisbatan qo‘llanila 
boshlagan. Albatta, atamaning dastlab kimga yoki nimaga nisbatan 
qo‘llanilganligi muhim emas, lekin hozir diniy fundamentalizm, 
ekstremizm va terrorizm deganda G‘arb va hatto ayrim Sharq 
mamlakatlarida islomni bayroq qilib oluvchi kimsalar va guruhlar o‘tmish 
tarixni esga olib qo‘ysalar aslo foydadan xoli bo‘lmaydi. 
Diniy fundamentalizm muayyan diniy e’tiqod, tarixiy davr yoki 
birgina mintaqaga xos ijtimoiy hodisa emas. Mazkur voqelik har qanday 
164


dinga xos xususiyat bo‘lib, turli tarixiy davrlarda dinning ajralmas 
yo‘ldoshi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. 
XX asrning 70-yillaridan boshlab islom davlatlarida diniy tiklanish va 
jonlanish hodisalariga nisbatan «fundamentalizm» atamasi qo‘llanila 
boshlagan. Hozirgi kunda kishilarda ziddiyatli his-tuyg‘uni uyg‘otuvchi 
«islom fundamentalizmi» atamasi shu vaqtdan boshlab jahon miqyosiga 
yoyilgan. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin