O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/49
tarix23.05.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#120147
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
c1ac7a2db35cc9d043f33d38d301475b Dinshunoslik asoslari o`quv qo`llanma

Diniy fundamentalizm deb diniy aqidalarni ijtimoiy hayotga 
moslashtirish, ilohiy bashorat va mo‘jizalarni juz’iy tushunishni inkor 
qiluvchi qarashlar tizimiga aytiladi. 
Diniy ekstremizm va fundamentalizmning maqsadi quyidagilardan 
iborat: 
a) dinning sofligini saqlab qolish niqobi ostida g‘araz maqsadli diniy 
tashkilotlar va guruhlarning siyosiy hokimiyatni qo‘lga olish va dindorlar 
nazoratida bo‘lgan hukumatni tuzishga intilishlari; 
b) ko‘zlangan yovuz niyatga erishish uchun dinning jamiyatdagi o‘rni 
va ahamiyatini saqlab qolish va yanada mustahkamlash maqsadida uni 
zaiflashtiruvchi har qanday jarayonlarga qarshi kurashish. 
Yuqorida qayd etganimizdek, diniy ekstremizm va fundamentalizm 
barcha dinlarga xos xususiyatdir. Hozir u ijtimoiy hayotda turli 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Masalan, G‘arb jamiyatlarida 
sekulyarizatsiya jarayonlari keng ko‘lamda ijtimoiy hayotga tatbiq etilganligi 
sababli Sharq davlatlaridagidek keskinlik kasb etmadi. Sharqda jamiyatning 
sekulyarizatsiya jarayonlari davom etmoqda va islom davlatlarida bu hali 
boshlang‘ich bosqich darajasidadir. Shuning uchun Sharqda bu 
jarayonlarning davlat xavfsizligiga tahdidini bartaraf etish maqsadida 
muayyan qonuniy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Sharqda 
dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan davlatlar (jumladan, Turkiya, 
O‘zbekiston singari mamlakatlar)da diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzish 
qonun bilan taqiqlangan. 
O‘zbekistonda diniy ekstremizm va fundamentalizmning ijtimoiy 
hayotda faollashuvining sabablari quyidagilardan iborat: 
a) kommunistik mafkuraning yemirilishi sababli ma’naviy hayotda 
yuzaga kelgan bo‘shliq o‘rnini to‘ldirish zarurati; 
b) sobiq Ittifoq davlatida din va dindorlarning ta’qib qilinganligi; 
v) 
odamlarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi va etnik jihatdan 
o‘zining nasl-nasabini izlashning kuchayganligi; 
g) ayrim ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar; 
165


d) xorijiy davlatlarning diniy ekstremistik va fundamentalistik ruhdagi 
oqim va mazhablarni qo‘llab-quvvatlashlari. 
XX asrning ikkinchi yarmida Sharq davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish sur’atlarining oshib borishi, fan va texnika taraqqiyoti ijtimoiy 
hayotda G‘arb madaniyati ta’sirining kuchayishiga sabab bo‘ldi. 
Ta’kidlash joizki, bunday jarayonlar muqarrar ravishda milliy urf-odatlar 
va an’analar, jumladan diniy an’analarning ijtimoiy hayotdagi mavqeini 
o‘zgartiradi, milliy madaniyatda va diniy ta’limotda modernizatsiya 
jarayonlarini vujudga keltiradi. Ijtimoiy hayotdagi bunday o‘zgarishlar 
diniy ekstremizm va fundamentalizm to‘sqinligiga duch keladi. Jahon 
miqyosida, xususan O‘zbekistonda diniy ekstremizm islom ekstremizmi 
shaklida o‘ta keskin ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Islom ekstremizmi 
vakillari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: birinchidan, islom ekstremistlari 
(buzg‘unchilari, desa to‘g‘riroq bo‘ladi) hozirgi zamon musulmonlari 
yashaydigan davlatlarning rahbarlarida musulmonchilikdan asar ham 
qolmagan, ular dahriylardir, degan da’vo bilan chiqadilar. Shuning uchun 
diniy ekstremistlar islom aqidalarini ijtimoiy hayotda qayta tiklash uchun 
qat’iy harakatga undaydilar; ikkinchidan, ular islom, shariat qonunlarini 
mamlakat miqyosida o‘rnatishga, binobarin, ochiqdan-ochiq, islom 
davlatini barpo etish uchun kurashga chaqiradilar. 
Islom ekstremizmi va fundamentalizmining O‘zbekistonda 80-
yillarning oxirlari va 90-yillarning boshlaridan yoyilishi ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlik va fuqarolar totuvligiga jiddiy xavf tug‘dirdi. Mazkur xavfning 
qanchalik xatarli ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I. 
A. 
Karimov asarlarida atroflicha bayon qilingan. Prezident 
I. A. Karimov diniy ekstremizm va fundamentalizm birinchi navbatda 
fuqarolarning islohotchi davlatga ishonchini yo‘qqa chiqarishda 
ko‘rinayotganligini qayd etgan. Bu bejiz emas, chunki o‘tish davri siyosiy 
tizimida davlat boshqaruv organlari yangidan shakllantirilgan. Siyosiy 
hayotga rahbarlik qilish tajribasi endi shakllanayotgan bir vaqtda 
hokimiyat organlari davlat boshqaruvi jilovini mustahkam qo‘lda tutib 
turish imkoniyatiga ega emas. Diniy ekstremistlar bunday qulay 
imkoniyatdan «unumli» foydalanishga intiladilar
14

O‘zbekistonda o‘tish davrida demokratik jamiyat qurish mexanizmi 
asta-sekin, bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etib borilmoqda. 
Fundamentalistlar bunday vaziyatda o‘zlarini demokratiya uchun 
14
: !  ". . | %   & && }  . . 6. – 
., 1998. – >. 51–62.
166


kurashuvchi fidoyilar sifatida ko‘rsatishga urinadilar. Ularning adolat 
haqidagi ommabop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga 
hayotiy tajribasi yetarli bo‘lmagan ayrim guruhlar, xususan 
yoshlarimizning ko‘r-ko‘rona ergashishlari, fundamentalistlarga qaram 
bo‘lib qolishlari kuzatiladi. Bunday xavf-xatarlarning oldini olish 
maqsadida yaratilgan milliy g‘oya asoslari, buyuk davlat qurish kabilar 
mazkur aholi qatlamlari kuchini bunyodkorlikka, vayronkor g‘oyalar 
ta’siriga qarshi immunitet hosil qilishga yo‘naltirilgan. 
O‘zbekiston ko‘p konfessiyali davlat. Hozir kunda O‘zbekistonda 
yigirmaga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat olib bormoqda. Diniy 
ekstremistlar mamlakat mintaqalari aholisi va ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida 
«haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshiliklar 
keltirib chiqarishga harakat qiladilar. Dindorlik belgilari bo‘yicha 
tafovutlar millatlar o‘rtasidagi totuvlik, mintaqadagi xalqlar do‘stligiga 
raxna solishi mumkin.
Mamlakat ichkarisida diniy konfessiyalar o‘rtasida yuzaga kelishi 
ehtimoli bo‘lgan adovat musulmon va nomusulmon davlatlar yoki ularning 
jamoatchiligi orasida ham O‘zbekiston haqida noxush tasavvurlarni 
yuzaga keltirishi yoki mamlakatimizni mojarolar girdobiga tortishi 
mumkin. 
Diniy ekstremizmning yana bir xususiyatlaridan biri shundaki, u 
ijtimoiy ongda dinni barcha iqtisodiy, siyosiy va xalqaro muammolar 
hamda ziddiyatlarni hal qilishning universal vositasidir degan noto‘g‘ri 
tasavvurni qaror toptirishi mumkin. Aslida, diniy dunyoqarash dunyoviylik 
yoki ateizm kabi borliqni aks ettiruvchi g‘oyalar tizimining tarkibiy 
qismidir. Masalan, dunyoviylik diniylik yoki dahriylikni inkor etmaydi
ya’ni u diniylik va dahriylik oralig‘ida joylashgan ma’naviy-madaniy 
holatdir. Din ham o‘z navbatida umummilliy madaniy yuksalish yo‘lida 
dunyoviy davlat bilan samarali hamkorlik qilishi mumkin. Fikrimizning 
isboti sifatida Amir Temur davrida islom dinining markazlashgan davlat 
tuzish uchun kurashuvchi kuchlarni jipslashtiruvchi vosita vazifasini 
bajarganligini, siyosiy barqarorlik, ijtimoiy totuvlik va taraqqiyotga xizmat 
qilganligini misol keltirishimiz mumkin. 
Dinning ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi faoliyatiga an’anaviylik va 
aqidaparastlik tarafdorlari to‘sqinlik qiladi. Agar dindagi zamonaviylik va 
an’anaviylik tarafdorlari jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida o‘zaro 
murosaga kela olmasalar mavjud ziddiyatlar konfessiya doirasidan chiqadi, 
ijtimoiy tus oladi. Shu vaqtdan boshlab mazkur ziddiyatlar jamiyat va 
davlat uchun tahdid soluvchi kuchga aylanadi. 
167


Asriy mustamlakachilik changali va tutqunlikdan qutulgan yoki o‘z 
mustaqil yo‘lini tiklash yo‘lida turgan davlatlar uchun diniy ekstremizm 
o‘ta xavfli kuchga aylandi. Diniy ekstremizmning mutaassiblikni o‘ziga 
qurol qilib olgan fundamentalistik, terrorchilik tashkilotlari tomonidan 
bunday mamlakatlarga eksport qilinishi xavfi kuchaydi. 1998 yilda 
Namangan viloyatidagi Ota Valixon masjidida in qurgan ayrim «islom 
rahnamolari»ning kirdikorlari ham fikrimizning bir isbotidir. Namangoniy 
taxallusini olgan Juma Xo‘jayev pokistonlik muhojir Amjet Ali ta’sirida 
Farg‘ona vodiysida islom ekstremizmining ashaddiy oqimi – 
vahhobiylikni keng targ‘ib qildi.
Ma’lumki, vahhobiylik XVIII asrning oxirlarida Markaziy 
Arabistonning Najd vohasida yuzaga kelgan. Arablarning Turkiya 
istibdodiga qarshi kurashi, jamiyatni modernizatsiyalashtirish va 
an’anaviylikni saqlab qolish tarafdorlari o‘rtasidagi raqobat, diniy 
ta’limotda avliyolarga sig‘inish aqidasining keng yoyilishiga to‘sqinlik 
mazkur diniy-siyosiy oqimni yuzaga kelishining asosiy sabablari edi. 
Vahhobiylar islomni Muhammad payg‘ambar davridagi asl holatiga 
qaytarish, uni soxta avliyolardan xalos qilish maqsadida Olloh va inson 
o‘rtasidagi vositachi-ruhoniylarga qarshi chiqqanlar, muqaddas mozorlar 
va avliyolarga sig‘inishni inkor qilganlar. Musulmonlarning boylikka 
haddan ortiq ixlos qo‘yishlari, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishlari, 
nasha va sigareta chekishlari, musiqa, teatr va rassomchilik bilan 
shug‘ullanishlari, badiiy zavq-shavq olishlari kechirilmas gunoh deb e’lon 
qilingan.
Hozirgi davrda vahhobiylik Saudiya Arabistonida rasmiy tan olingan 
oqim bo‘lsa-da, ilgarigi murosasizlik xususiyati bir qadar mo‘tadillashuvi 
bilan almashgan. Zero, Arabistondagi muqaddas qadamjolar qayta 
tiklangan va davlat tomonidan muhofaza qilinmoqda. Lekin ular islomning 
nazoratida bo‘lgan davlat tuzish, uning ijtimoiy hayotga ta’sirini 
kuchsizlantiruvchi har qanday yangiliklarga qarshi mamlakat ichkarisida 
va xalqaro miqyosda kurash maqsadidan voz kechmaganlar.
O‘zbekistonda o‘rnashib olgan vahhobiylarning mash’um rejasi 
xalqni mavjud tuzumga qarshi qo‘zg‘atib, jihod, ya’ni dahriylarga qarshi 
urushga da’vat etish va kelajakda islom davlatini yoki sobiq Qo‘qon 
xonligini qayta tiklash edi. Vahhobiylik ekstremistik oqimidagilar bu 
maqsadlarini amalga oshirish uchun «Islom lashkarlari» va «Adolat» 
uyushmalarini tashkil etganlar. 1991–1992 yillarda Namangan viloyatida 
«Otavalixon» jome masjidida Abdulla O‘tayev, Tohir Yo‘ldoshev 
boshchiligida 100–200 kishidan iborat guruh tuzilgan. «Adolat» harakati 
168


faollari mahallalarda ko‘ngilli nazoratchilar guruhlarini tashkil etanlar. 
Guruhlar a’zolari kechki payt mahallasidan tashqarida yurgan odamlarni 
to‘xtatib so‘roq qilish, mast kishilarni masjid oldidagi ustunlarga bog‘lash 
usullarini qo‘llagan. 1992 yil mart-aprel oylarida ularning noqonuniy 
faoliyati tugatilgan.
Vahhobiylik ekstremistik mazhabining aynan Farg‘ona viloyatida 
faollashuvi harbiy-siyosiy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u 
muayyan jug‘rofiy-siyosiy maqsadlarga bo‘ysundirilgan edi. Alohida 
ta’kidlash joizki, Farg‘ona vodiysi uch qo‘shni davlatni birlashtiruvchi 
hudud. Farg‘ona va Namangan viloyatlari esa Tojikiston va Qirg‘iziston 
bilan chegaradosh. Tojikistonda bo‘lib o‘tgan birodarkushlik urushi 
oqibatlariga hozirgi davrda ham to‘liq barham berilgani yo‘q. Bunday 
vaziyatlarning barchasi ular uchun o‘zlarining jirkanch maqsadlarini 
amalga oshirishda qo‘l kelgan. 
O‘zbekistonga noqonuniy suqilib kirib, filialini tashkil etgan diniy 
ekstremistik va fundamentalistik tashkilotlardan yana biri – «Hizbut-tahrir 
al-islomiy» (Islom ozodlik partiyasi). Partiya 1953 yil Falastinda paydo 
bo‘lgan. Unga shayx Taqiyiddin Nabahoniy (1909-1979) asos solgan. 
Tashkilot filiallarining asosiy qismi G‘arbiy Yevropa davlatlarida faoliyat 
olib boradi. Sharq mamlakatlari Misr, Iordaniya, Tunis, Quvayt va 
Turkiyada bunday harakatlar ayniqsa keng tarqalgan. Tashkilot rasmiy 
davlat hukumatini to‘ntarish yo‘li bilan islom davlatini o‘rnatishga harakat 
qiladi. Mavjud islom davlatlarini esa xalifalikni qayta tiklash orqali 
birlashtirishga da’vat etadi.
Tashkilot vahhobiylardan farqli o‘laroq, kurashning ekstremizm, 
terrorizm usullariga nisbatan g‘oyaviy, mafkuraviy vositalarini afzal ko‘radi. 
Lekin O‘zbekistonda uning sodir etgan bomba terrorchiligi amaliyotlari
2005 yil 12–13 may kunlaridagi Andijondagi xunrezliklar kurash usullari 
jihatidan vahhobiylarga juda yaqin turishini ko‘rsatdi. Qayd etish lozimki, 
vahhobiylar tashkilotlariga nisbatan hizbutchilar yashirin ish olib borish 
usullarini juda puxta egallaganlar va ulardan xavfliroq. Tashkilot tarkibiy 
jihatdan piramida shaklida tuzilgan bo‘lib, uning a’zolari 4–5 kishidan iborat 
«halqa»ni tashkil etadi va «dorislar» deb ataladilar. Halqaning rahbari 
«mushrif» haftada kamida bir marta ta’lim mashg‘ulotini o‘tkazadi. Dorislar 
bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladilar. Tashkilotga a’zo 
bo‘layotgan nomzod uning faoliyati haqidagi ma’lumotlarni sir saqlashi 
to‘g‘risida qasam ichadi. Mintaqaviy rahbarlar – mutamad tashkilotning 
umumiy rahnamosi, ya’ni amir tomonidan belgilanadi. Mutamad viloyat 
miqyosida ishlaydigan mas’ul va tumanda ish olib boradigan musoidga 
169


rahbarlik qiladi. Tashkilot a’zosi o‘z daromadining 5–20 % miqdorida soliq 
to‘lab turishi lozim. 
«Hizbut-tahrir al-islomiy» tashkiloti o‘zining asl maqsadini 
niqoblashga intiladi. Shuning uchun G‘arbiy Yevropa davlatlarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan uning ayrim tashkilotlari ochiq ish olib boradilar. Lekin 
uning maqsadi qonun doirasida ish olib boruvchi jamoat tashkilotidan 
keskin farq qilishini ko‘rsatadi. Tashkilotning maqsadi quyidagilardan 
ibrat:
– tinch, osoyishta davlatda fuqarolar urushini boshlash; 
– mamlakatning iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish; 
– millatlar va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish; 
– 
mamlakatga qurol-aslaha va narkotik moddalarni olib kirib, 
fuqarolarning tinch hayotiga raxna solish; 
– 
mustaqil davlatni qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi xorijiy 
mamlakatlarga qaram qilish
15

Davlatimiz rahbarining ziyrakligi va hushyorligi tufayli vahhobiylar, 
hizbutchilar, akromiylar singari diniy ekstremistik va fundamentalistik 
tashkilotlarning faoliyati uzoq davom etmadi. 1992 yilda ularga zarba berildi. 
Biroq bunday tashkilotlarning ayrim yo‘lboshchilari – Juma Xo‘jayev 
(Namangoniy), Tohir Yo‘ldoshev kabilar Tojikiston va Pokistonga qarab 
qochganlar. va xorijlik janggari islom ekstremistlari tomonidan qo‘llab-
quvvatlanganlar. Juma Yo‘ldoshevga «Namangon» harbiy batalyonini tuzish 
va 400 ga yaqin janggarilarni tayyorlash uchun sharoit yaratib berilgan. 
Pokistonga qochgan jinoyatchi Tohir Yo‘ldoshevni esa «tolibon» 
harakatining boshliqlari o‘z himoyalariga olganlar. Ular Tohirni 
Pokistonning Peshovar turmasidan katta pul evaziga qutqarib, unga 
pokistonlik harbiy yo‘riqchi Abdulla va tojikistonlik aloqachi Abdulazizni 
biriktirib qo‘yishgan. Abdulla Tohirga portlovchi va zaharli kimyoviy 
moddalardan, Birlashgan Arab Amirligining yo‘riqchilari piyodalarga va 
tanklarga qarshi minalar va zenit qurollaridan, Abdulaziz esa shifrlangan 
ma’lumotlardan qanday foydalanishni o‘rgatganlar. 
Bu faktlar shundan dalolat beradiki, islom ekstremistlari din niqobi 
ostida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustaqil O‘zbekiston davlatini yo‘q qilish va 
uning o‘rniga Pokiston yoki Eron kabi islom davlatini barpo etish rejasini 
amalga oshirishga harakat qilmoqdalar.
Islom ekstremizmi mamlakatimiz hududida ko‘p marta zarbaga 
uchradi. Xalq undan nafratlandi, chunki ekstremistlar o‘ta qonxo‘rlik 
15
:    #. . [   , %!, & . – 
2000. – >. 46–60.
170


namunalarini ko‘rsatdilar. Ular ayrim hokimiyat rahbarlariga qarshi 
suiqasdlar uyushtirib, xalqni zo‘rlik bilan orqalaridan ergashtirmoqchi 
bo‘ldilar. Ekstremistlar xalq orasida «qaytganlar» yoki «haqiqiy dinga» 
ergashmaganlar haqida qandaydir «qora ro‘yxat» borligi va bu 
ro‘yxatdagilarning birin-ketin shariat yo‘li bilan jazolanishlari haqida turli 
mish-mishlarni tarqatdilar, yurtdoshlarimiz o‘rtasida qo‘rquv, sarosima 
kayfiyatlarini yuzaga keltirmoqchi bo‘ldilar. Biroq huquqni muhofaza 
qiluvchi organlar xodimlarining qat’iy va murosasiz tadbirlari yordamida 
diniy ekstremizmning payi qirqildi. Uning ashaddiy yo‘lboshchilari qo‘lga 
olindilar va oshkora sud qilinib, haqiqiy basharalari fosh etildi.
Biroq islom ekstremizmi ushbu hududdan supurib tashlangan, deyish 
to‘g‘ri emas. Ekstremizm ochiq kurashdan qochib, o‘zining xufiyona 
harakatini davom ettiradi. Ayniqsa, ekstremistlar yoshlarni o‘z ta’siriga 
olmoqchi bo‘ladilar, hukumatimiz tomonidan din ahliga ko‘rsatilayotgan 
hurmat, turli imtiyozlar va yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan g‘arazli 
maqsadlarda foydalanib qolishga urinadilar. 
Diniy ekstremizmning ashaddiy ko‘rinishi hisoblanuvchi vahhobiylik 
kabi azaliy e’tiqodimizga yot diniy mazhablarning faoliyatiga hushyorlik 
bilan qarash nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalla 
faollari, balki yurtimizda dunyoviy va demokratik davlat barpo etish 
ishtiyog‘i bilan yashayotgan har bir fuqaro uchun ham qarz, ham farzdir. 
Diniy ekstremizm nima uchun kuchli va ta’sirchan, unga kimlar 
rahnamolik qilmoqda, degan savollar tug‘iladi. Bularga javob berish uchun 
diniy ekstremizm va fundamentalizm orqasida turuvchi, uni moddiy va 
ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi diniy tashkilotlar xususida 
ma’lumotga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. 
Musulmon olami XX asrda soni va ko‘lami bo‘yicha dunyoda 
yetakchi mavqega ega bo‘lish uchun iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 
jihatdan faollashdi. Xalqaro Islom konferensiyasi tashkilotiga (1969 yilda 
asos solingan) yangidan-yangi davlatlar a’zo bo‘ldi. Natijada islom 
davlatlariga qiziqish bilan birga, ularning tez rivojlanishi va birlashishiga 
xavf-xatar manbai sifatida qarashlar ham yuzaga keldi. 
Ta’kidlash joizki, islom dini o‘zidan ilgari paydo bo‘lgan 
dinlar: yahudiylik, buddaviylik va xristianlikning ijobiy tomonlarini ham 
o‘zida mujassamlantirganligi va kishilar o‘rtasida hamjihatlik, tinchlik, 
saxovatlilik, insonparvarlik, halollik va odillik tamoyillarining tiklanishini 
targ‘ib etganligi uchun jahonning boshqa dinlariga nisbatan o‘z tarafiga 
har yili millionlab kishilarni jalb etmoqda. Islom diniga kirish ko‘lami 
boshqa dinlarga kirish ko‘lamiga nisbatan jahon miqyosida salmoqlidir. 
171


Islomni qabul qilmagan davlatlar uning mavqeini tobora oshib 
borishidan tashvishga tushmoqdalar. Atoqli G‘arb siyosatshunoslari buni 
nazarda tutib, musulmonlarni birlashuvi butun dunyo uchun ofatga 
aylanishini tashvish bilan qayd etmoqdalar. G‘arb mafkurachilari islom 
dunyosini ichidan parchalash uchun uzoq muddatga mo‘ljallangan 
strategiyani ishlab chiqqanlar. Unga binoan, islom dini ichida mavjud 
bo‘lgan turli mazhablar va oqimlar o‘rtasida «asl islom» uchun bo‘ladigan 
o‘zaro da’vo va ziddiyatlardan foydalanish, ziddiyatlarni rag‘batlantirish, 
turli janggari tashkilotlarni tuzish kabi taktik rejalar ishlab chiqilgan. 
Bunday tashkilotlarga quyidagilar kiradi: Livanda «Hizbut-tahrir» va 
«Amal», Falastinda «Xamas», Misrda «Al-jihod-Al islomiya» va «Al-
Jamaa Al-Islomiya» kabi janggari islomiy tashkilotlar kiradi. Ayrim tash-
kilotlar esa o‘z faoliyatlarini to‘xtatgan yoki boshqa taktik yo‘llarga 
o‘tgan. Bular jumlasiga 1967 yilda tuzilgan va Misr prezidenti Jamol 
Abdul Nosirga suiqasd uyushtirgan «Takfir val xitra», «Musulmon 
birodarlar» kabi diniy terrorchilik tashkilotlari kiradi. «Al jihod al-Islom» 
tashkiloti 1981 yil 6 oktabrda Misr Prezidenti Anvar Saodatga suiqasd 
uyushtirgan. 
Markaziy Osiyoda diniy ekstremistik ruhda bo‘lgan tashkilotlar 
tayanch nuqtasini topishga, g‘oyaviy jihatdan mustahkamlanib olishga va 
bu hududda islom davlatini barpo etishga intiladilar. Bunday harakatlar 
sho‘ro tuzumi davrida ham bo‘lgan. Biroq ular, ayniqsa, sho‘ro tuzumi 
parchalaganidan so‘ng yosh mustaqil davlatlarning mafkuraviy jihatdan 
zaifligi va milliy mafkurasining hali shakllanishga ulgurmaganligidan 
g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinadilar. O‘ta janggari vahhobiylik 
oqimining chetdan eksport qilinishi ham aynan shu zararli maqsadlarga 
xizmat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov diniy ekstremizm 
va islom fundamentalizmining barqarorlik, tinchlik va millatlararo 
totuvlikka xavfi haqida quyidagi fikrni bayon etgan: «Aqidaparastlarning 
maqsadi demokratiyani, dunyoviy davlatni, ko‘p millatli va ko‘p dinli 
jamiyatni obro‘sizlantirishdan iborat»
16

Diniy ekstremizm va fundamentalizm da’vatlariga ko‘r-ko‘rona 
ishonish va ularni rag‘batlantirish eski zamonni qo‘msovchi, dunyoviy 
qadriyatlar ustuvor bo‘lgan hayotni istamaydigan kimsalar dunyoqarashidir. 
Bu haqda, xususan, mamlakatimiz xalqlarining ehtiyoji va orzu-
umidlariga zid g‘ayriinsoniy aqidalarga ergashishning oqibatlari xususida 
16
: !  ". . | %   & && }  . . 6. – 
., 1998. – > 302.
172


Prezident I. A. Karimov shunday deydi: «Fundamentalistlarning adolat 
haqidagi olomonbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga 
ko‘r-ko‘rona ergashuvchilar o‘zgalar irodasining quli bo‘lib qolishini 
anglashimiz lozim. Bu da’vatlar oxir-oqibatda bunday odamlarning 
aqligagina emas, balki taqdiriga ham hukmron bo‘lib olishini yaqqol 
anglashimiz, ayniqsa, yoshlarimiz buni aniq tasavvur qilishi lozim. 
Bunday nufuzli odamlarga bo‘ysunmay qo‘yish shaxsiy fojiaga aylanib 
ketishi ham mumkin. Qullarcha mutelik, shaxsning erksizlik asoratiga 
tushib qolishi, fikrlash, sa’y-harakat va tashabbus ko‘rsatish erkinligining 
mutlaqo cheklanishi buning eng og‘ir oqibatlaridir»
17

Respublikamizda diniy ekstremizm va islom fundamentalizmining 
qo‘li baland kelsa, quyidagi mudhish oqibatlar kelib chiqishi mumkin: 
– fuqarolar urushining boshlanishi; 
– iqtisodiy hayot va ishlab chiqarishning izdan chiqishi;
– qochoqlar oqimining paydo bo‘lishi; 
– millatchilik, taraf-tarafchilikning kuchayishi; 
– jinoyatchilik, axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik kabilarning om-
maviylashuvi; 
– 
diniy qarama-qarshiliklar natijasida qurbonlarning ko‘payishi, 
begunoh qon to‘kilishi; 
– mamlakatning qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi davlatlarga qaram 
bo‘lib qolishi. 
Bu oqibatlarni ko‘z oldiga keltirish, hozirgi tinchlik va osoyishtalik, 
millatlar va turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatning qadriga 
yetish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan 
qoidalarni hurmat qilish va ularga og‘ishmay rioya etish, har bir gap va xatti-
harakat uchun chuqur mas’uliyatni his etish har bir inson uchun muqaddas 
burchdir. 
Diniy va milliy nizolar qanday oqibatlarga olib kelishini qo‘shni 
mamlakatlar – Afg‘oniston va Tojikistonda vujudga kelgan holat yana bir 
karra isbotlab turibdi. Vahhobiylik, akromiylik va shu kabi boshqa diniy 
aqidaparastliklar xalqqa faqat kulfat keltirishi mumkin. Buni 
vahhobiylarning Farg‘ona vodiysidagi qilmishlari isbotladi. Ularga 
ergashish, yovuz niyatlilarni qo‘llab-quvvatlash mustaqillikka nonko‘rlik 
qilish va xoinlik bilan barobardir. 
17
\  . – >. 59–60. 
173



Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin