5.1. ayblanuvchiga bir vaqtning o‘zida JKning bir necha moddasi bo‘yicha
ayblar qo‘yilishi mumkinmi?
5.2. fuqaro S.ning xatti-harakatida jinoyat tarkibi
mavjudmi va u JKning qaysi
moddasi bilan izohlanishi mumkin?
6. Farazning tarkibi, turlari va tusmol (versiya) bilan aloqadorlik jihatlarini
tushuntirib bering.
7. Keltirilgan faraz va tusmollarning turini aniqlang:
7.1. Yerda hayotning paydo bo‘lishi haqida rus bioximigi A. I. Oparin
muayyan
bir farazni ilgari suradi. Uning ta’kidlashicha, planetamiz dastlabki davrda o‘z
okeanlarida juda ko‘p miqdorda suv saqlagan. Yerning o‘z o‘qi atrofida va boshqa
sayyoralarga nisbatan aylanishi okean sathining
haroratini iloji boricha
ko‘tarilmasligiga asos yaratib bergan. Yer yuzining 150 mln. km3 qismini okeanlar
tashkil qilgan. Yerning
birlamchi qatlamini vodorod, ammiak, metan, uglekisliy gaz
va suv kabi elementlar tashkil etgan. Atmosferada azon qatlamining yo‘qligi
tufayli
yerda quyoshning ultrabinafsha radiatsiya nurlarini intensiv ta’siri kuchaygan.
Natijada organik birikmalarning ximik evolutsiyasi sodir bo‘lib, dunyo okeanlarining
turli joylarida hayotning paydo bo‘lishiga turtki bergan.
Shu tariqa hayot paydo
bo‘lgan
14
;
7.2. «N» shahrining «A» bolalar bog‘chasida 30 dan ortiq kichik yoshdagi
bolalar yuqumli ichak kasalligi bilan og‘rib qolishdi. Shaharning
sanitariya vrachlari
vaziyatni alohida o‘rganib chiqib, infeksiyaning sababi issiqda o‘z sifatini yo‘qotgan
go‘sht mahsulotlaridan tayyorlangan taom ekanligi haqida xulosa kelishdi. Boshqa
soha mutaxassislari ham mazkur taxminni qo‘llab quvvatlashdi.
Darhaqiqat,
taomning buzilishi kasallikni kelib chiqishiga sabab ekanligi to‘g‘ri bo‘lib chiqdi va
tegishli xizmat xodimlari muayyan javobgarliklarga tortilishdi.
14
Опарин А. И. Проблема происхождение жизни. – М., 1976. – С. 27–
43.
122