Bo‘lim
Bob
|
Moddalarning oldingi tahriri
|
Moddalarning yangi tahriri
|
BIRINCHI
BO‘LIM.
ASOSIY
PRINSIPLAR
I BOB.
DAVLAT
SUVERE
NITETI
|
1-modda. O‘zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
|
1-modda. O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi
|
2-modda. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
|
2-modda. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
|
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
|
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriyhududiy tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir
|
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
|
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
|
5-modda.O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari - bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
|
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir
|
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining poytaxti –Toshkent shahri
|
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.
|
|