Dunyoviy davlat – davlat hokimiyati va boshqaruvdan din ajratilgan, boshqaruv diniy qoidalar bilan emas, balki fuqarolik qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadigan, qarorlar qabul qilishda diniy asoslarga tayanilmaydigan davlatdir. Shuningdek, hech qanday din va mafkura davlatning majburlov kuchi bilan o‘rnatilmasligini, ularning davlatdan ayri ekanligini tavsiflaydi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan va siyosatdan ajratilsa-da, jamiyatdan ajratilmaydi. Eng muhimi, dunyoviy davlat barcha dinlar uchun teng sharoitlar yaratib berish, fuqarolarga ta’lim olish, shaxsiy rivojlanish yo‘lini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish hamda ilm-fan va madaniy taraqqiyotda ijodiy erkinlikni ta’minlashni ko‘zda tutadi. Dunyoviy davlatda ta’lim jamiyatga shaxsni shakllantirib beradi. Bu shaxs davlat olib borayotgan islohotlar jarayonlaridan xabardor, hamqadam va faol bo‘ladi, davlatga tayanch va tirgak bo‘ladi, shu tufayli jamiyat taraqqiy etadi.
Oldin Konstitutsiyaning IX bobi – “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” 7 moddadan iborat bo‘lsa, yangi Konstitutsiyada “Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va e’kologik huquqlar” bobi 13-moddada aks ettirilgan.
Dunyoda mutlaqo o‘zgarmagan Konstitutsiya yo‘q. Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, Konstitutsiya qabul qilingandan so‘ng dastlabki yillarda unga muayyan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunga ko‘plab masalalar keltirish mumkin. 1789-yildan buyon Fransiyada 16 ta Konstitutsiya qabul qilingan. 1958-yilda qabul qilingan va hozir amal qiluvchi Konstitutsiya – Fransiyada 17-sidir. Hisob-kitob qilinsa, Fransiya tarixida o‘rtacha har 13-14 yilda Konstitutsiya yangilanganini ko‘rish mumkin. Yangi Konstitutsiyalar qabul va ularga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Fransiya jahon rekordini o‘rnatgan, degan fikr ham yo‘q emas. Tabiiyui, O‘zbekiston Konstitutsiyasi ham abadiy o‘zgarmas hujjat emas. 2023-yil 2 mayda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 17-marta o‘zgartirilganligi yuz berdi.
Senatni ixcham, xalqchil va hududlar manfaatini ifoda etadigan idoralarga aylantirish maqsadida senatorlar sonini hozirgi 100 nafardan 65 nafarga tushirildi. Prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 ta kamaytirildi. Senatning mutlaq vakolatlari amaldagi 14 tadan 18 taga ortdi.
Iqtisodiyotdagi islohotlar nechog‘lik samara keltirayotgani, vazifadorlik va mas’uliyat doim diqqat markazimizda turishi muhimdir. Shu o‘rinda ularning e’tiborli tomonlariga to‘xtalib o‘tish lozim.