O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Davlat fuqarolarining bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə27/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Davlat fuqarolarining bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.
Davlat fuqarolarining kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadiamda rag‘batlantiradi. 43-modda.

Olimlar aynan ijtimoiy davlat g‘oyalari Yevropa mamlakatlarining fuqarolikka erishishga poydevor bo‘lganini uqtiradi. Davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy mas’uliyati, ijtimoiy sohani rivojlantirishga byudjetdan ajratmalarning ko‘p bo‘lishi, aholini ijtimoiy himoyalash, muhtoj aholining qo‘llab-quvvatlanishi kabilar ijtimoiy davlatning muhim belgilaridir. boshqacha aytganda, ijtimoiy davlatda davlat idoralari bilan jamiyat a’zolarining maqsad va manfaatlari bir-biriga nihoyatda yaqin, ijtimoiy davlat fuqarolar haqida g‘amxo‘rlik qilishni o‘zining bosh vazifasi deb biladi.


Yangi Konstitutsiyada ijtimoiy davlat g‘oyasi shunchaki deklaratib tarzda bayon etilmagan, balki bu g‘oyaning ishlash mexanizmi va kafolatlari aks ettirilgan 43-modda: “Davlat fuqarolarini ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi”. 42-modda: “Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlashi zarur”. 50-modda: “Alohida ta’lim ehtiyojlariga egabo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”. Qonunning 57-moddasida esa ijtimoiy davlatning deyarli barcha funksiyalari jamlangan: “Davlat iholining ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirish choralarini ko‘radi. Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi”.
Yangi Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq normalar amaldagi (oldingi)dan 3 barobar ko‘paytirilyapti. Shu bois, bitta maqola hajmi doirasida ijtimoiy davlat g‘oyalarini aks ettiruvchi yangi moddalarni sharhlash emas, aks ettirishning o‘zi amri mahol. Eng muhimi, bu masalalar orqali o‘z muammolariga yechim topgan qanchadan-qancha hojadmand kishilar, ularning oila a’zolari, “yaqinlarining qalbiga mehr urug‘lari qadaladi. Bu esa yangi tahrirdagi Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘lganligidan dalolat beradi.
Bolalar mehnatining bolaning sohligiga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jimoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan, uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi”. Bu bilan xalqimizni uzoq yillar ezib kelgan, qanchadan-qancha dardu sitamlarga sabab bo‘lgan armonlarimizga barham berildi.
Konstitutsiyadagi 44-moddaga nazar tashlaylik:


Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin