O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə23/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

2. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar
2023-yil 30-aprelda Yangi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni yoqlab 84,54 foiz fuqarolar ovoz berishdi. Referendum ko‘p millatli xalqimizning birdamligi hamda hamjihatligi, severen, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishga qat’iy qaror qilinganining ishonchli ifodasi bo‘ldi. Shu tariqa yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qilindi hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasiga dunyoviy va ijtimoiy davlat ta’rifi kiritildi. Shuningdek, Asosiy qonunimiz bilan o‘zbek xalqining farovon kelajagini ta’minlashga qaratilgan erkin bozor iqtisodi asoslari ham mustahkamlandi, intellektual mulkdan tortib inklyuziv ta’limga bo‘lgan muhim huquqlar ifodalandi.
O‘tgan 30 yil davomida Asosiy Qonunimizga 16 marta o‘zgartirgan bo‘lsa, ularning barchasi davlat hokimiyatiga oid masalalar bo‘lib, inson huquqlariga oid deyarli hech qanday tuzatish kiritilmagan. Endilikda esa inson huquqlari bo‘yicha normalar 3,5 baravardan oshmoqda. Dunyo olimlari jahondagi barcha konstitutsiyalarni tadqiq etib 110 dan ortiq huquqlarni sanab o‘tgan bo‘lsa, shundan 90 ga yaqini bizning Konstitutsiyamiz loyihasida hozirda mavjud. Shundan 40 ga yaqin yangilangan Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan. Albatta, dunyoda barcha 110 dan ortiq huquqlarni hech bir davlat o‘z Konstitutsiyasida qamrab olmagan.
Yangilangan Konstitutsiyada miqdor o‘zgarishlarini ifodalaydigan ayrim raqamlar mavjud. Moddalar soni 128 tadan 155 taga ko‘paydi, normalar soni esa 275 tadan 434 taga yetdi. Konstitutsiya matni 65 foiz yangilandi va tabiiyki, miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Shuning uchun hujjat nomi “Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar”dan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya”ga o‘zgartirildi. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Muhokama davomida xalqimizdan qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgan.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin