Har kim ta’lim olish huquqiga ega.
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchn shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklbziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi. 50-modda.
Shu ma’noda yangilangan Kontitutsiyamizda o‘qituvchining mehnati va davlatni rivojlantirish, barkamol avlodni shallantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof e’tilganligi, davlat o‘qituvichlarning sha’ni va qadir-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi konstitutsiyaviy asoslab qo‘yildi22.
* Endi farzandimizga bog‘cha topolmaydigan vaziyat yoki oliy ta’limga davlat grantlari qisqarib yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfi ortda qolmoqda – davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat nazoratida ekanligi, fuqarolar tanlov asosida bepul oliy ma’lumot olishga xaqliligi aniq belgilab qo‘yildi (50 va 51 moddalar).
Jamiyat, hech bir fuqaro o‘z majburiyatlarini to‘laqonli bajarsa, fuqarolar soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashlari nafaqat burch, balki davlat o‘z vazifa va funksiyalarni to‘laqonli amalga oshirishi ham vazifa hisoblanadi.
Alohida ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlari inklyuziv ta’lim va tarbiyaning tashkil etilishi, ularning hamma qatori umumiy maktablarda ham o‘qishi yo‘lga qo‘yilishi Yang O‘zbekistonda inson qadri tamoyilining amaliy ifodasi hisoblanadi.
Konstitutsiyamizda davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi va boshlang‘ich professional ta’lim bepul ekanligi ham belgilandi. “Bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib berishning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi”23. Deputatlar tomonidan so‘nggi 6 yilda bolalarning bog‘cha bilan qamrovi 27 foizdan 70 foizga kiritilgan yangi normalar bu borada yangi marralarga erishish imkonini berishi ta’kidlandi.
2018-yilda Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurgan Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjarga ta’limdagi islohotlarni nimadan boshlash kerakligi to‘g‘risida savol berganimizda, uning javobi qisqa bo‘ldi: “Maktabgacha ta’lim muassasasidan...”i
AQShning Massachusets shtatidagi Kembrij shahrida joylashgan Harvard universitetida shunday chaqiriq bor: “Bilim olish azobi vaqtincha, bilimsizlik azobi-umrbod!” Barcha illatlarning doyasi ilmsizlik ekan, millatning oyog‘iga tushov bo‘layotgan qusurlardan tezroq qutilishimiz kerak.
Islom olamida aloqida e’tirof etiladigan olim va ulamo rahmatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ma’lumotlariga ko‘ra, Qur’onda “ilm” so‘zi turli hollarda 765 marta takrorlanadi. Payg‘ambar alayhissalomning hayotlari va aytgan so‘zlari ham ilmga da’vat bilan to‘la.
2030-yilgacha barcha tuman va shaharlarda “Iste’dod - Intilish - Istiqlol” nomli ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilib, ularda Prezident maktablaridan kam bo‘lmagan sharoit yaratiladi va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun 70 foiz kvota ajratiladi.
Boshlang‘ich sinflarda xorijiy tajriba asosida yangi o‘quv dasturi joriy qilinadi. Yuqori sinflarda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirib, dasturlarning fanlararo va sinflararo integratsiya ta’minlanadi. Bunda 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tatbiq etildi. Yangi 2023-2024 o‘quv yilidan infarmatika fani 1-sinfdan boshlab o‘rgatilmoqda.
Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asrsida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yangilash, ularning orzu intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassislarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanish uchun imkoniyat yaratadi. Oxirgi 6 yilda oliygohlar soni 77 tadan 210 taga, ularga qabul esa 5 baravarga ortib, talabalar soni 1 millionga, oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 38 foizga oshdi. Davlat grantlari soni ham 2 baravar ko‘payib, 40 mingtaga yetdi, shundan, magistratura uchun 5 baravar ko‘paydi24.
Dostları ilə paylaş: |