O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə33/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 52-modda.

Yangi Konstitutsiya o‘qituvchilarning haq-huquqi, qadr-qimmati, sha’nu sharafining himoyachisiga aylanmoqda. Yuqoridagi moddaning oliy yuridik kuchga ega Konstitutsiyada mustahkamlanishi 685 mingdan ziyod muallimning professional o‘sishi jamiyatda sifat o‘zgarishlari yasaydi. Oliy Majlis deputatlar o‘qituvchilar sha’ni va Qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish to‘g‘risidagi norma millat va xalq rivoji, uning intellektual salohiyatini kengaytirishda asosiy o‘rin tutuvchi o‘qituvchilarning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi va obro‘sini yanala oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.
Yangilangan Konstitutsiya islohotlarida yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Aholimizning 18 mlnyudan ortig‘i yoshlar bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2040 yilga borib 25 millionga yetishini hisobga olib Konstitutsiyaga yoshlar masalasiga alohida e’tiborga olingan. Yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoyalanishi ta’minlangan.
Yangilangan Konstitutsiyamizning 52-moddasida davlat o‘qituvchilarining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi haqidagi norma o‘z aksini topdi. Shu maqsadda o‘qituvchining maqomiga oid qonunning tezroq qabul qilinishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2023 yil iyun oyi saylovoldi dasturida ustivor masala sifatida e’tirof etilgan.
Konstitutsiyamizga o‘qituvchining qadr-qimmatini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qoida kiritilishi uzoqni ko‘zlab qilingan savobli ishdir. Germaniya kansleri Otto fon Bismark “Buyuk Germaniyani oddiy o‘qituvchilar shakllantiradi”, deb aytgan edi. Darhaqiqat, inson jamiyatni, ta’lim esa insonni o‘zgartiradi. Ta’limning markazida esa o‘qituvchi shaxsi turadi. Shunday ekan, muallimning hurmatini joyiga qo‘yishimiz kerak25.
Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim-tarbiyadir. Shuning uchun yurtimizda o‘qitish tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlashga katta kuch va mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Bugungi modernizatsiya jarayoni, islohot va o‘zgarishlar natijadorligi maktab va ta’limga, yangi avlod kadrlari yetishtirish masalalariga borib taraqqiyotdir. Shu sababli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘qitish sohasiga kuyunchaklik bilan e’tibor qaratyapti. Zotan, mamlakat kelajagi, barcha soha va loyihalarning muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liqligi kundek ravshanlashmoqda. Ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchisiz mavqeini oshirish bo‘yicha ko‘p ish qilindi.
Ayniqsa, oldingilari o‘quv yili ibtidosini, muallimning yillik ish rejasini paxta mavsumining boshlanishi belgilab berardi. Qahramon qishga qadar davom etadigan bu mavsumni o‘qituvchi o‘quvchilari bilan birga yollanma terimchi sifatida dalada o‘tkazardi. Biroq shu bilan uning yollanma ishchiligiga yakun yasalmasdi. Qishda bir muddat kasbi bilan shug‘ullanishiga imkon berilsada, bir dunyo qog‘ozbozlikdan ortib, o‘quvchilariga vaqt ajratolmay qolardi. Bahor boshlanishi bilan yana dala yumushlariga jalyu qilinardi. Bundan tashqari, obodonlashtirish, qurilish ishlarida dastyorlik ham pedogoglarning zimmasida edi. Bu xizmatlari uchun esa arzimagan maosh to‘lanardi. Muallimning obro‘si, sha’ni, qadri haminqadar baholangani tufayli aksariyat o‘qituvchilar ishini tashlab, boshqa sohalarga o‘tib ketdi. Tizimda erkak pedogoglar deyarli qolmadi. O‘qitish sifati va samaradorligi, o‘qituvchilarning sifat tarkibi ham shunga mutanosib edi. Endi mamlakatimiz yangi davrga qadam qo‘shdi. O‘qituvchi faoliyati doirasiga kirmaydigan barcha yumushlardan ozod etildi. Hatto pedogog xodimlarning xizmat vazifalalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Endi qonunchilikka binoan, mehnatga biror-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash ta’lim tashkiloti pedogog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilish uchun ma’muriy jazo qo‘llanishiga, yana sodir etilsa, BHMning 150 barobaridan 202 barobarigacha (45 million so‘mdan 60 million so‘mgacha) miqdorda jarima, 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga hukm etilishiga sabab bo‘ladi. Bu ham jamiyatda o‘qituvchilar qadri, sha’ni, obro‘-e’tiborining amaldagi himoyasidir.
Bugun pedogoglarning oladigan yosh avlodni yetuk va komil inson qilib tarbiyalash vazifasi qo‘yilgan. Buyuk Arximed “Erning tayanch nuqtasini topib bersangiz, men uni ko‘tara olaman”, degan edi. Prezidentimiz ta’limning tayanch nuqtasini topdi. Pedogoglar mehnati qadrlanishi, e’zozlanishi, ijtimoiy himoyaga olingani buning isbotidir. Jamiyatda muallimning mavqeini, o‘qituvchilik kasbi nufuzini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda pedogoglar oylik maoshining 2,5 barobar oshirilgani buning tasdig‘idir. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgani ham bejiz emas. Unda 44-maqsad: “maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedogog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish26” maqsadi qo‘yilgan. Islohotlar o‘qituvchilarni maktabga qaytarish, ularni ta’limdan boshqa, xizmat vazifasiga kirmaydigan barcha ishlardan,ortiqcha qog‘ozbozlikdan ozod qilishdo‘an boshlandi. Buning natijasida muallimning o‘z ustida ishlashi va bolalarga qo‘shimcha dars berishiga imkoniyat yaratildi. Maktabning samarasi bitiruvchilarning hayotda muvaffaqiyatga erishishi – bilan o‘lchanadi. Pedoaog faqat maosh olish uchungina bu kasbni tanlamaydi. Bolalarga mehr qo‘ygan, sohaga fidoyi, ishini yaxshi ko‘rgan insongina o‘qituvchi bo‘la oladi. Ko‘pgina fidoyi murabbiylar eng qiyin paytlarda maktabni tark etmaganining boisi ham shunda. Mayli, paxta tersin, ko‘cha supursin, ammo o‘qituvchilikni sharaf deb bilgan, kasbining mashaqqati ortidan raqamlangan ustozlarni hayotda har birimiz uchratganmiz.
Yangi O‘zbekiston islohotlar davomida har bir soha vakiliga, aniqrog‘i, pedogoglarga alohida e’tibor qaratilyapti. Ayniqsa, maktab, kollej va OTM o‘qituvchilaribaxtu kamolini ko‘zlagan har bir oila manfaati nuqtai nazaridan Konstitutsiyamizga kiritilgan bu o‘zgarishlar o‘z vaqtida qabul qilingan to‘g‘ri qarordir.
O‘qituvchining obro‘si baland yurtning buguni va kelajagi ham buyuk bo‘ladi. Prezidentimiz masalaning ana shu nozik tomonini ko‘ra oldi. Maqsad – ta’lim tizimini oyoqqa qo‘yish. Busiz islohotlar amalga oshmaydi. Buni bitta vazirlik yoki agentlik hal qilolmaydi. Bunga butun xalq, jamiyat mas’ul. Chunki davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, najotimiz maktabda, ta’limda, bilimda O‘zbekistonda eng hurmatli inson o‘qituvchi bo‘lmog‘i zarur. Ustozga yuksak ehtiromning Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topishi ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat rivoji. Yangi Renessans poydevorini yaratish uchun kuchli huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
XXI asr – yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar asri. Bunday avlodni tarbiyalashda ustoz-muallimlarning xizmati beqiyos. Zero, hozir jahonda mamlakatning taraqqiyot darajasi pedogoglarning jamiyatda tutgan o‘rniga qarab baholanmoqda. Singapur mo‘jizasi bunga misol bo‘ladi.
Biz bugun Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishni maqsad qildik. Ma’rifatli insonga ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti asosini ilm-fan, ta’lim-tarbiya, san’at, adabiyot, yangi texnologiya, innovatsiyalar tashkil etadi. Ilm-fanni esa, albatta, o‘qituvchi, ustoz o‘rgatadi. Ta’lim-tarbiya ishini yuqori darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lsak, birinchi navbatda muallimlarning ijtimoiy maqomini ko‘tarishimiz kerak.
Bugungi kunda iqtisodiyotning real sektorida ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish darajasi, ilm-fan, ta’lim va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari nisbatan past bo‘lib qolmoqda. Shu bois, mamlakatimizda innovatsion rivojlanish jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish yo‘lidan borish lozimligi ayon bo‘ladi.
Yangilangan Konstitutsiyaning eng muhim jihatlaridan biri ilm-fanni, ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim va ilm-fanga oid normalar qariyb ikki baravar ko‘paydi. Konstitutsiyaning 53-moddada “Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalonish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi”. Ilm-fan, ma’rifat bilan bog‘liq moddalarga alohida e’tibor zamirida chuqur ma’no mujassam. Ilm-ma’rifat – yangi uyg‘onish davri poydevori. Uning asosida shu yurt fuqarolarining milliy tafakkuri, milliy g‘oyasi, ertangi kunga, taraqqiyotga ishonch kamol topadi. Ilm-fan rivojlanar ekan, nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy-madaniy sohaning ham taraqqiyoti kafolatlanadi. Mazkur kafolat esa o‘zida Yangi Renessans davrini ifoda etishga hech shubha yo‘q. “Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, kichik innovatsion markazlar va boshqa ilmiy-texnikaviy tuzilmalar faoliyat yuritmoqda”27.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin