Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug‘urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Davlat jisomniy tarbiya va sport rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. 48-modda.
Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega.
Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.
Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi. 49-modda.
Bugun insoniyat yangi tahdidlar oldida turibdi. Sayyoramiz aholisi ko‘payishda davom etyapti. Avvalo, global ekologik muammolarning keskinlashuvini kuzatayapmiz. Dunyo hamjamiyati esa vaziyatni o‘nglash uchun jahon iqtisodiyotida “yashil taraqqiyot” tamoyillarini joriy qilish zarurligini ta’kidlamoqda. Mazkur yondashuv BMT Barqaror rivojlanish maqsadalrida ham o‘z ifodasini topgan.
Markaziy Osiyo va butun dunyo uchun dolzarb ahamiyatga ega Orol fojiasi, shuningdek, yer va suv resurslaridan samarasiz foydalanish, yerlarning va ekotizmning tanazzulga uchrashi, biologik xilma-xilliknin, o‘simlik va hayvonot dunyosi turlari genofondining qisqarishi, atmosfera havosi va oqova suvlarining ifloslanishi, sanoat va maishiy chiqindilarning to‘planishi kabi ekologik muassolar har bir mamlakatni bu masalaga yanada jiddiy e’tibor qaratishini taqazo etmoqda. Bu kabi muammoalr biz uchun ham juda muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar hisoblanadi. Chunki yuqoridagi kabi ekologik masalalar hal etilmasa kelajakda tuzatib bo‘lmas oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Yashi” iqtisodiyotga o‘tish uchun “O‘zbekiston ekologik partiyasi” (OER)dan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Hamzaevning Saylovoldi dasturida birinchi yo‘nalish mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirishga bag‘ishlangan ustuvor yo‘nalishlari bir qator maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan: Birinchidan, iqtisodiyotning barcha sohalarini “yashil” iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan siyosat yuritiladi. Bu esa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni tejash va biologik resurslarning qayta tiklanishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, mamlakatdagi asosiy ishlabchiqaruvchilar, ayniqsa, yirik korxonalar “yashil” texnologiyalarga yo‘naltiriladi. Uchinchidan, vatanimiz investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida “Yashil viza” (Green Visa) dasutrini joriy etish orqali yurtimizga tabiiy resurslardan samarali foydalanishga kapital jalb qilinadi. To‘rtinchidan, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda “yashil” iqtisodiyotga o‘tilganlik holatiga baho berishni nazarda tutuvchi tarmoqlar va hududlarning “yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi” ishlab chiqiladi.
Mamlakatda energiya barqarorligini ta’minlashda xavfsiz va buzarar eng to‘g‘ri yo‘l sifatida qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirishga alohida urg‘u berilmoqda. Birinchidan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilgan “Yashil energetika strategiyasi”ni ishlab chiqish zarur. Ikkinchidan, iqtisodiyotning ko‘p resurs talab qiladigan: energetika, qurilish, qishloq xo‘jaligi, transport-kommunikatsiyatizimi va koomunal sohalarida energiya, resurs tejovchi va boshqa innovatsion ekologik hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish birinchi galda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak21.
“Ta’lim” degan so‘zning o‘zi 20 marta qo‘llanildi. Oldingi Konstitutsiyada faqat 2 martagina ishlatilgan edi. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlashi, davlat maktabgacha ta’lim v tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish mustahkamlab qo‘yildi.
Singapurning sobiq bosh vaziri Li Xuan Yu aytgan ekan, “men faqat Vatanim oldidagi burchimni bajardim, davlat byudjetini ta’limga yo‘naltirdim, muallimni eng quyi tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga ko‘tardim. Davlatdagi mo‘jizalarni amalga oshirgan insonlar muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan kamtarin avlodni yetishtirib chiqaradilar”.
Dostları ilə paylaş: |