O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə29/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’limot huquqiga ega.
Qonunda belgilangan pensiyalar nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdori rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas. 46-modda.

Asosiy Qonunimizda har kim ishsizlikda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yildi. Pensiya nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi. Hozirning o‘zida bu, 2 million 200 ming ehtiyojmand oila davlatdan kafolatli moddiy yordam oladi, deganidir. Bu jami oilalarning 25 foiziga to‘g‘ri keladi. Ayni xarajatlar uchun har yili 11 trillion so‘m ajratiladi.



Har kim dam olish huquqiga ega. Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini,dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tilini belgilash orqali ta’minlanadi. 45-modda



Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamd u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tuilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi bilan belgilanadi. 47-modda.

Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar oldi. Umuman, davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobar oshdi. Masalan, 2 million 200 ming ehtiyojmand oila davlatdan moddiy yordam olishi kalofolatlandi. Bu jami oilalarning 25 foiziga to‘g‘ri keladi, ularga har yili 11 trillion so‘m ajratilmoqda19.


Deputatlar 2022-yili 50 ming oila uchun yangi kvartiralar olishga sharoit yaratgani, bu 2023-yili 90 ming, yaqin 2-3 yilda esa 200 ming oilani uy-joyli qilish rejalashtirilgani, shu boisdan har bir fuqaroning uy-joyli bo‘lish huquqi va uy-joy qurilishi davlat tomonidan rag‘batlantirilishinig Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yildi.
* Endi hech kim, vallomati bo‘lsa ham, birovning uyini o‘zicha buzib tashlay olmaydi, bilganicha noqonuniy qurilishlar qila olmaydi – hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazorati, shaharsozlik hujjatlarining loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi (47,49-moddalar).
* Endilikda shifoxonaga borsak hamma narsa pullik deb ayta olmaydi – tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi bepulligi belgilab qo‘yildi (48-modda).
Oliy Majlis Senatining 41-yalpi majlisida ma’qullangan “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ham shu maqsadga yo‘naltirilgan: “Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muxofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi”20, degan qoidalar asosida ishlab chiqilgan.


Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin