O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə37/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

5-MAVZU: JAMIYAT VA SHAXS.
1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
2. Fuqarolik jamiyati institutlari
3. Oila, bolalar va yoshlar
4. Ommaviy axborot vositalari
1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
65-modda. “Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi. Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas”.
Har bir oila — alohida davlat. Uning o‘z iqtisodiy masalalari va turli yo‘nalishdagi yechimlari bo‘ladi. Iqtisodiy bilimga ega bo‘lgan oila a’zolari turmush farovonligini oshirib, yuqori daromadni ta’minlay oladi. Bu borada savodxonligi yetarli bo‘lmagan kishilar bor daromadni ham yo‘qqa chiqarishi, moddiy resurslarni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi, natijada kambag‘allikka uchrashi mumkin.
Vaholanki, yurtimizda har bir insonning farovon hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar, har sohada bo‘sh ish o‘rinlari yaratish, odamlarning ilm egallashi, kasb-hunar, tadbirkorlikka o‘qitishga ko‘maklashish orqali doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylangan. Birgina 2022 yilning o‘zida kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 200 mingga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilib, 10 mingta korxona faoliyati kengaytirilgani buning kichik bir misoli.
Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchining huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.
Konstitutsiyaga taklif etilayotgan ushbu norma mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratishga, xususiy mulk himoyasi kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Fuqarolarni mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etmaslik to‘g‘risidagi normaning kiritilishi kelajakda aholining turmush farovonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, mulkchilik munosabatlarini huquqiy jihatdan kafolatlash, xususiy mulkning daxlsizligini kuchaytirishga katta turtki bo‘ladi.
Shuning uchun amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida fuqarolarning mulki bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, aholining uy-joyga bo‘lgan huquqlari daxlsizligini kafolatlash bilan bog‘liq normalarni konstitutsiya darajasida mustahkamlash zarurati tug‘ilmoqda.
Xususiy mulk daxlsizligi hamda undan sud qarorisiz mahrum etilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi normalar Fransiya, Germaniya, Daniya, Indoneziya, Gruziya kabi davlatlar konstitutsiyalarida aks ettirilgan. Deyarli barcha rivojlangan davlatlarda xususiy mulk huquqi sud himoyasi ostiga olingan. Bu avvalambor, odil sudlov institutiga bo‘lgan ishonch, uning xolisligi, mustaqilligi va erkinligi bilan bog‘liq. Sud himoyasi mulk huquqining asossiz, qonunga xilof ravishda cheklanishining oldini oladi va xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta’minlaydi.
Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, turli tajovuzlardan himoya qilish, xususiy mulkni saqlash va ko‘paytirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, mulkdorlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka mustaqil egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, bu – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat xususiy mulk daxlsizligi ishonchli ta’minlamas ekan, bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish va tadbirkorlikni himoya qilish deyarli imkonsiz bir ish bo‘ladi.
Shu bois xususiy mulk huquqi daxlsiz ekanligi,
uning ishonchli himoyasini ta’minlash mexanizmlari, mulkdor o‘z mol-mulkidan sud qarorisiz mahrum etilishi mumkin emasligi Konstitutsiya darajasida mustahkamlanmoqda.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgarish kelajakda davlat tomonidan bozor iqtisodiyotini rivojlanishi uchun iqtisodiy erkinlikni ta’minlash, qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk dahlsizligini huquqiy jihatdan kafolatlashga shart-sharoit yaratadi.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin