O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə40/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

2. Fuqarolik jamiyati institutlari
69-modda. “Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi”.
Yangi Konstitutsiyamizga ko‘ra, davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati ishtiroki yanada ortmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, huquqshunos olimlar, akademik hamjamiyat, “aql markazlari”ning konstitutsiyaviy islohotlardagi faol ishtirokini e’tirof etish lozim.
Konstitutsiyaviy islohotlarda jamoatchilik, xususan, fuqarolik jamiyati institutlari ishtiroki – chinakam xalq Konstitutsiyasi garovi. Negaki, “inson – jamiyat – davlat” konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirish adolatli va ochiq fuqarolik jamiyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, uning institutlari roli va mavqeini oshirish bilan uzviy bog‘liqdir.
70-modda. “O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi”.
Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda qayd etilgan tavsiyalar, YeXHTning, jumladan, Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi, Asosiy huquqlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi xartiyasi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida jamiyatning barcha qatlamlari vakillarini davlat va jamiyat boshqaruvi jarayonlariga jalb etish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro va mintaqaviy huquqiy hujjatlar alohida hisobga olindi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyati asoslarini konstitutsiyaviy jihatdan tartibga solishga alohida e’tibor qaratildi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari roli va ahamiyatini tubdan oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, 200 dan ortiq akt, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.
Natijada oxirgi besh yil davomida nodavlat notijorat tashkilotlar soni 22 foiz oshdi, jumladan, respublika bo‘yicha 200 ga yaqin yirik nodavlat notijorat tashkilot faoliyat boshladi. Bugungi kunda ushbu fuqarolik jamiyati institutlari inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda bag‘rikenglik va inson huquqlariga doir madaniyatni shakllantirish, barqaror rivojlanishning eng muhim vazifalari ijrosida muhim rol o‘ynamoqda.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi ko‘rsatadiki, konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida keng jamoatchilik ishtiroki katta ahamiyatga ega. Masalan, 2022 yil 29 sentyabr kuni Toshkentda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va BMT Bolalar jamg‘armasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi ishtirokida o‘tkazilgan “Konstitutsiyaviy islohotlarda jamoatchilik ishtiroki: milliy va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari qabul qilgan hujjatda O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar milliy o‘zlikni anglash va siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot garovi ekani, ushbu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rni va maqomi e’tirof etildi. “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyilini konstitutsiyaviy mustahkamlash masalasi ham anjuman ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Zero, mazkur omil xalqparvar davlatni bunyod etishning eng muhim shartidir.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin