O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə43/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

75-modda. “Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi. Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi”.
O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamaydi, ularning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi. Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatini hamda dahriylik targ‘ibotiga oid faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlamaydi. O‘zbekiston Respublikasida diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakati, shuningdek respublikadan tashqarida tuzilgan diniy partiyalarning filiallari va bo‘limlarini tuzishga va ularning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Diniy tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari shart. Dindan davlatga va konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, mansabdor shaxslarga tazyiq o‘tkazishga qaratilgan har qanday urinish, shuningdek yashirin diniy faoliyat qonun bilan taqiqlanadi.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin