O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə39/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

68-modda. “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin”.
Yer xususiy mulk bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda 2022 yildan e’tiboran qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boshlangan. Shu bilan deyarli bir vaqtda, o‘tgan yili e’lon qilingan yangi konstitutsiya loyihasining birlamchi versiyasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xususiylashtirish mumkin emasligiga ishora qilingan edi. Yakuniy talqindan bunday cheklov olib tashlandi va yerni xususiylashtirishga oid norma quyidagicha shaklga keltirildi:
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Bosh qomusning o‘tgan yili e’lon qilingan birinchi loyihasida unga quyidagicha jumlani kiritish taklif etilgan edi: “Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Yakunda bu boradagi normalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
Hujjatning birlamchi loyihasida mavjud bo‘lgan: “Xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi” degan normani konstitutsiyaga kiritmaslikka qaror qilindi. Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikda ham bunaqa qoida yo‘q.
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Uzoq yillar mobaynida O‘zbekistonda yerga nisbatan xususiy mulkning to‘laqonli joriy etilmaganligi haqiqiy mulkdorlar qatlamini yetarlicha shakllanmasligiga, yerni haqiqiy tovar sifatida bozor muomalasiga kiritilmasligiga hamda xorijiy investorlarni milliy iqtisodiyotga nisbatan ishonchini pasayishiga olib keldi.
Shu bois, ushbu norma yangi Konstitutsiyadagi haqiqiy inqilobiy o‘zgarishlardan biri sifatida mulkchilik munosabatlari rivojiga xizmat qiladi.
Yerni xususiy mulk sifatida e’tirof etilishi bevosita mulkdorga qanday manfaat beradi?
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdori yerni sotish, hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish, meros qilib qoldirish kabi huquqlarni qo‘lga kiritadi.
Xususiy mulk bo‘lgan yerni davlat faqat mulkdorni roziligi bilan, shartnoma asosida, bozor narxida jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olishi mumkin. Ya’ni, yer “snos”ga tushib ketmaydi, davlat yerni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer begonalashtirilishi mumkin.
Yerga nisbatan xususiy mulk tadbirkorlarning kredit layoqatlilik darajasini ortishiga ham xizmat qiladi hamda mol-mulkni oqilona boshqarish orqali daromadlarni ko‘paytirish imkonini beradi.
Yerning xususiy mulk sifatida e’tirof etilishi mulkdorlar qatlamini kengayishiga, yer bozorining rivojlanishiga, yer uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni oshishiga xizmat qiladi.
Yerdan foydalanish sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohadagi mulkiy va huquqiy munosabatlarning barqarorligini ta’minlash, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash maqsadida bu norma juda muhim.
Ushbu normaning Konstitutsiyaga kiritilishi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining yerga bo‘lgan mulk huquqini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlashga imkon yaratadi. Bu, o‘z navbatida, mulkdorlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish va kafolatlashga xizmat qiladi, shuningdek, ularning yerga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish majburiyatini mustahkamlaydi.
Shu bilan birga qonunda nazarda tutilgan holatlarda yerni xususiy mulk qilib berish mexanizmlari amaliyotga joriy etiladi. Buni xalqimiz anchadan buyon kutayotgan edi.



Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin