O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə36/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

4. Fuqarolarning burchlari

Konstitutsiyada barcha fuqarolar belgilab qo‘yilgan quyidagi burchlarni bajaradilar (59-modda)





Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat
qilishga majburdirlar (60-modda)





Fuqarolar O‘zbekiston xaqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.
Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi (61-modda)





Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar (62-modda)






Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.
Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak (63-modda)




O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar (64-modda)


Oldingi (47-52-moddalar) va yangilangan Konstitutsiya (59-64-moddalar) moddalarida deyarli o‘zgarishlar yo‘q.



Iqtisodiy islohotlarga mos soliq-byudjet siyosatini yuritish va byudjet mablag‘larini samarali taqsimlash maqsadida yangi tahrirdagi Soliq va Byudjet kedekslari qabul qilindi. Davlat byudjeti qonun ko‘rinishida qabul qilinmoqda.yu qonunchilik darajasida tavakkalchilik va tashqi ta’sirlarni boshqarish uchun yetarlicha moslashuvchan shart-sharoitlarni ta’minlovchi yuridik normalar mahalliy qonunchiligimizga singdirilmoqda, fiskal qoidalar takomillashtirilmoqda.
O‘tgan 6 yil davomida soliq, byudjet, pul-kredit siyosati va boshqa iqtisodiy jarayonlarni muvofiqlashtirishning huquqiy asoslariga oid 14 ta yangi qonunlar qabul qilindi. 9 ta qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Shuningdek, amaldagi 50 ta qonunlarga 273 ta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi30. Bularning barchasi keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Soliq stavkalarining pasaytirilishi bilan bir paytda soliq tizimini soddalashtirish tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirishga imkon yaratdi. So‘nggi 6 yildagi kapitalga investitsiyalar hajmi deyarli 4 marta ko‘payib, uning tarkibida markazlashmagan investitsiyalar miqdori muttasil oshib foizga yetib qoldi.
Soliq yukini kamaytirish tadbirkorlikni yangi tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga undamoqda. Natijada 2018-2022-yillar mobaynida mamlakatimizda 424 mingdan ortiq kichik kichik korxona va mikrofirmalar yangidan tashkil etildi. Bugungi kunda iqtisodiy faol aholining 67,2 foizi (10 million kishi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani ham tadbirkorlik iqtisodiyotning yetaklovchi kuchiga aylanganligining isbotidir.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizga tushirildi. Xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan devidentlar uch yil muddatga foyda solig‘idan ozod qilindi.
Yangi Konstitutsiyaning 148-moddasida O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-tamoyillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.



Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin