O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Фуқаролар давлат таълим ташкилотларида танлов асосида давлат ҳисобидан олий маълумот олишга ҳақли



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə32/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Фуқаролар давлат таълим ташкилотларида танлов асосида давлат ҳисобидан олий маълумот олишга ҳақли.
Олий таълим ташкилотлари қонунга мувофиқ академик эркинлик, ўзини ўзи бошқариш, тадқиқотлар ўтказиш ва ўқитиш эркинлиги ҳуқуқига эга. 51-модда.

* Endi har qanday idora yoki hokimlik oliy ta’lim tashkilotalri ishiga aralasha olmaydi – oliy ta’lim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga egaligi muhrlab qo‘yildi (51-modda).


Konstitutsiya islohotlari doirasida oliy ta’lim va ilm-fan tizimlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida rivojlantirish maqsadida:
1) Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim”ni (“double degree”) joriy etish asosiy vazifa bo‘lmoqda. Bugungi kunda jahonning (AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Indoneziya, Isroil va boshqa qator davlatlar) nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi “double degree” ta’lim dasturlari asosida o‘qitish qamrovi kengaymoqda. Bu jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi zarur mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda;
2) biotexnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnolgik yo‘nalishlarda iste’dodli yoshlarni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuborish bo‘yicha 200 million AQSh dollarilik dasturlar amalga oshirildi. Ushbu tashabbuslar dunyoning aksariyat mamlakatlari “To‘rtinchi sanoat inqilobi” arafasida turgan bir paytda O‘zbekistonning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi;
3) Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga 1 milliard AQSh dollari ajratilishi uchun moliyaviy imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.
Singapur mo‘jizasining asoschisi Li Kuan Yu aytganidek, “Iste’dodli insonlar mamlakatning eng bebaho boyligidir”. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashsak, O‘zbekistonning milliy g‘oyasi ta’lim, ilm-fan, intellektual darajasi bilan avlodni voyaga yetkazish tarixiy zaruratdir.
Yangi Konstitutsiyada miqdor, son, raqam bilan bog‘liq bo‘lmasada, insonlar hayotiga belgilovchi ta’sir ko‘rsatadigan moddalar ham talaygina. Jumladan, 52-moddada bunday bitilgan:

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin