O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə41/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

71-modda. “Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga ko‘ra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi”.
Demak, yuqorida ko‘rsatilgan holatlarni amalga oshirish Konstitutsiyada qat’iyan man qilinganligi va agarda ushbu holatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi nazarda tutilgan.
72-modda. “Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Ushbu normaga binoan davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi qan’iy norma sifatida belgilangan bo‘lib, mansabdor shaxslarning NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvi jinoiy ish sifatida ko‘rilishi belgilab qo‘yilgan..
73-modda. “Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lish ixtiyoriydir”.
Konstitutsiyada O‘zbekiston tarixida ilk marotaba fuqarolik institutlarining bevosita ishtiroki va tashabbusi asosida jamoatchilik, gender, bola huquqlari, inson huquqlari, xususan, nogironligi bor shaxslarning qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy davlat qurish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulkni himoya qilish kabi qator yo‘nalishlar hamda aksilkorrupsiya va lingvistik jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan
Fuqarolik jamiyati institutlari takliflari, jumladan, “inson sha’ni va qadrini ulug‘lash”, yangi “inson – jamiyat – davlat” paradigmasini hayotga izchil tatbiq etish, xalqchil, adolatli va ijtimoiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomini konstitutsiyaviy mustahkamlash, bolalar, xotin-qizlar va nogironligi bor shaxslar erkinliklari, huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ekologik muammolarni hal etish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida islohotlarning turli jabhalariga bag‘ishlangan 6 ta respublika va 10 dan ortiq xalqaro forumda jamoatchilik ekspertizasi materiallari o‘z aksini topgan. Bu boradagi barcha tadbirlar natijasida fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan 200 dan ortiq taklif ishlab chiqilib, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga doir takliflarni shakllantirish uchun Konstitutsiyaviy komissiyaga kiritilgan. Jamoatchilik ekspertizasi jamiyat va davlat taraqqiyotining “Inson – jamiyat – davlat”, “Inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lida” degan yangi paradigmasi, tamoyillari prizmasi orqali amalga oshirilgan.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin