O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


-MA’MURIY-HUDUDIY DAVLAT TUZILISHI



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə46/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

6-MA’MURIY-HUDUDIY DAVLAT TUZILISHI
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi


1. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi
83-modda. “O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat”.
Tarixiy jarayonlar va jahon davlatlarining rivojlanish tajribasi, davlat va ma’muriy-hududiy tuzilish muammolari siyosiy va huquqiy nuqtai nazardan juda dolzarb ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududga ega bo‘ladi. Uning fuqarolari ham xuddi shu hududda istiqomat qilishadi. Davlat o‘z oldida turgan asosiy vazifalarni, masalan, aholining iqtisodiy turmushini tashkil etish, uning xavfsizligini ta’minlash va boshqa funksiyalarni bajarish maqsadida turli xil faoliyatni amalga oshiradi. Davlatda aholining soni qancha ko‘p bo‘lsa, hududiy jihatdan katta bo‘lsa, bu sharoitlarda uni yuqoridan turib tartibga solish mushkullashadi.
Davlat tuzilishi yoki milliy davlat tuzilishi deganda, davlatning mohiyatidan kelib chiquvchi uning hududiy tuzilishi yoki milliy-hududiy tuzilishi, davlat bilan uning tarkibiga kiruvchi bo‘laklarni (qismlarni) davlat munosabati shakllari va huquqiy holatlari tushuniladi.
Fuqarolar soni va hudud ko‘lami muayyan chegaraga yetganda, mamlakat hududini okruglar, viloyatlar, o‘lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, tumanlar singari hududlarga bo‘lish hamda shu hududiy tuzilmalarda hokimiyatning mahalliy (hududiy) organlarini tuzish zarurati tug‘iladi. Shu tariqa hokimiyat va boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o‘rtasida vakolatlarni bo‘lish ehtiyoji ham paydo bo‘ladi.
Davlatshunos olimlar tomonidan davlat tuzilishi tushunchasiga ko‘plab ta’riflar berilgan. Ularning qariyb barchasi davlat tuzilishi shakli deganda – davlat hokimiyatining ma’muriy-hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar o‘rtasidagi, davlatning alohida qismlari o‘rtasidagi, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakterini tushunish kerak, deb hisoblashadi.
Tuzilish tarkibiga ko‘ra davlatlar oddiy – unitar hamda murakkab – federativ yoki konfederativ davlatlarga bo‘linadi. Davlatning tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim xususiyati – aholining hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Unitar 38 davlat – oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat hisoblanadi. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy-hududiy bo‘linishga ega, ya’ni tumanlar, viloyatlar, kantonlardan iborat bo‘ladi. Mazkur ma’muriy-hududiy bo‘linmalar davlat suvereniteti alomatiga ega emas. Unitar davlatlarda butun hudud bo‘yicha yagona oliy organlar tizimi va yagona qonunchilik tizimi mavjud bo‘ladi. Unitar davlatlarning tuzilishi oddiydir.
Unitar davlatdagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal qilish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati kuchi davlatning barcha hududiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Unitar davlatlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham unitar davlat hisoblanadi.
Davlat tuzilishi shaklining ikkinchisi – bu murakkab davlatlar. Murakkab davlatlarga – federatsiya, konfederatsiya va boshqa davlat tuzilmalari kiradi.
Federativ 39 davlat – bu davlatlarning shartnoma va qonuniy tartibga solingan birlashuvini ta’sis etishga asoslangan ittifoqdir. Demak, o‘zaro birlashishga intiluvchi bir qancha mustaqil davlatlar mavjud bo‘lgan joydagina federatsiya tashkil etilishi mumkin.
Federativ shakldagi davlat qonun chiqaruvchi organlarga, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘lgan bir necha davlatlar – sub’ektlar birlashmasidan, ittifoqidan tashkil topadi. Federativ davlatlarda sub’ektlar o‘ziga xos nomlar bilan – respublika, shtatlar, kantonlar, yerlar deb ataladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi va boshqa ko‘pgina davlatlar federativ davlatlar hisoblanadi.
Federativ davlat bir necha suveren davlatlarning ittifoqidan tashkil topgan suveren davlatdir. Federatsiyada umumfederativ davlatning hokimiyati va boshqaruv organlari, konstitutsiyasi, byudjeti, davlat ramzlari bo‘lishi bilan birga unga kiruvchi davlatlarning ham o‘z hokimiyati va boshqaruv organlari, konstitutsiyasi mavjud bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda davlatlarning rivojlanishi «sof holda»gi unitar va federativ davlat tuzilmasiga ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Unitar davlatlar ayrim huquqlarini ma’muriy-hududiy bo‘linmalariga bermoqda, federativ shakldagi davlatlarda esa ularning markaziy organlari hokimiyatlarini butun federatsiya hududida mustahkamlashga harakat qilmoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning o‘rta va shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, shimoliy-sharqda Qirg‘iziston, shimol va shimoliy-g‘arbda Qozog‘iston respublikalari, janubiy-g‘arbda Turkmaniston, janubiy-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan, janubda qisman Afg‘oniston bilan chegaradosh.
O‘zbekiston Respublikasining maydoni – 447,4 ming kv. km.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishiga keladigan bo‘lsak, u tuzilishiga ko‘ra, unitar (oddiy) davlat hisoblanadi. Boshqa unitar davlatlardan farq qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki uning tarkibiga mustaqil Koraqalpog‘iston Respublikasi ham kiritilgan.
Demak, O‘zbekiston Respublikasi alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, viloyatlardan hamda Toshkent shahridan tashkil topgan.
Viloyat – O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklar tizimida eng yuqori bo‘g‘in bo‘lib, alohida o‘rin tutadi. Viloyat o‘z tarkibiga boshqa ma’muriy-hududiy bo‘laklarning hammasini oladi va shu tariqa muhim tashkiliy funksiyani bajaradi. Bu hududiy bo‘linma joylarni markaz bilan bog‘lab turadigan aloqa tuzilmasidir. Respublika miqyosidagi davlat organlari o‘z vazifalarini, joylardagi organlar bilan aloqalarini faqat viloyat va uning davlat boshqaruv organlari – viloyat hokimligi orqali amalga oshiradi. Shu bilan birga, viloyat o‘z tarkibiga kiruvchi quyi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtiradi.
Viloyat hududlari o‘z navbatida tumanlarga va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarga bo‘linadi. Har bir viloyatda tumanlarning soni turlicha bo‘ladi.
Viloyat yirik ma’muriy-hududiy bo‘linma sifatida barqaror bo‘lishi lozim. Uning tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashishi yoki bo‘linishi iqtisodiy jihatdan asoslantirilishi lozim. Mazkur ma’muriy-hududiy birlik iktisodiyotning barcha sohalarini kompleks rivojlanishiga olib kelishi lozim.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin