O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə48/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

86-modda. “Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas”.
O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, o‘z navbatida, Qoraqalpog‘istonning ham davlat suverenitetini qo‘lga kiritishiga olib keldi. Qoraqalpog‘iston davlat suverenitetining poydevorini yaratishda dastlabki asos sifatida, 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Mazkur hujjatda Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren respublika, deb e’lon qilingan edi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘istonning 1990 yil 14 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi”da ham uning suveren maqomi belgilab qo‘yilgan. Mazkur Deklaratsiyaning 9-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti uning Konstitutsiyasi bilan ta’minlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi manfaatlarini uning Asosiy Qonuniga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq himoya qiladi, deb qayd etilgan edi.
Binobarin, Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi huquqiy maqomini mustahkamlashda 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonun muhim o‘rin tutadi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy yaxlitligi va suvereniteti tan olinadi.
O‘zbekiston Respublikasini Qoraqalpog‘iston Respublikasini o‘z tarkibiga olgan unitar davlat sifatida e’tirof etish bilan birga, mamlakatimiz davlat tuzilishida federalizmning ba’zi xususiyatlari ham mavjud ekanligini ta’kidlash joizdir.
87-modda. “O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir”.
Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomini belgilab beruvchi muhim huquqiy hujjatlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyalarini e’tirof etish mumkin.
1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat tuzilishining asosiy prinsiplarini, davlat hokimiyatining tizimini va davlat, jamiyat, shaxs munosabatlarining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Ta’kidlash joizki, mazkur konstitutsiya o‘zida jahon konstitutsiyaviy tajribasini, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va tartibga solishning ilg‘or amaliyotini, jamiyatning demokratik asoslarini mujassamlashtirgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 ta bob va 119 ta moddadan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ustunligini so‘zsiz tan oladi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi 1-moddasida “Qoraqalpog‘iston – O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradigan suveren demokratik respublika... O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi”, – deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida (Qoraqalpog‘iston esa uning tarkibiy qismidir) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Ushbu modda demokratik huquqiy davlatning eng asosiy belgilaridan biri Konstitutsiya va qonun ustuvorligi tamoyilidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinishi belgilab qo‘yilgan.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin