O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə50/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

90-modda. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi”.
Sharhlanayotgan moddada Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi huquqiy maqomi ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarda davlat suverenitetini o‘zaro hurmat qilish va tan olish zamirida, qonunlar ustuvorligiga tayanib va unga rioya etib ish yuritish asosida amalga oshirilishi huquqiy jihatdan mustaqkamlangan.
Ikkala davlat konstitutsiyalarining normalari bilan bir qatorda, bu munosabatlar ular tuzadigan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning munosabatlarini shartnomalar va bitimlar ko‘rinishida huquqiy mustahkamlab qo‘yish, o‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, boshqa ma’muriy-hududiy birliklardan farqli o‘laroq, alohida maqomga ega ekanligini anglatadi.
Ta’kidlash joizki, har qanday huquq sub’ektlarining o‘zaro munosabatlarida muayyan masalalar yuzasidan nizolar va ziddiyatlar yuzaga kelishiga tabiiy hol sifatida qarash kerak. Bunda yuzaga keladigan nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida, ya’ni nizoli masalaning mohiyatini jiddiy va chuqur o‘rganish hamda buning natijasida har ikkala tomonning manfaatini e’tiborga olgan holda murosali qarorga kelinadi.
Ushbu o‘rinda alohida qayd etish lozimki, mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining rivojlanish jarayonida uning ijtimoiy hayotiga oid bo‘lgan barcha masalalar va muammolar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi doirasida hal etib kelinmoqda.
O‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakolatxonasi tuzilgan. Ushbu vakolatxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari va boshqa tashkilotlari bilan xo‘jalik hamda madaniy qurilish masalalari bo‘yicha kundalik aloqalarini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.



Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin