O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə25/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Birinchidan, davlat byudjeti barqarorligi ta’minlanmoqda va byudjet xarajatlarining manzilliligi hamda natijadorligi ortib bormoqda.
Ikkinchidan, davlat byudjetining ochiqligini ta’minlashda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Bu, avvalo, davlat idoralarining xalq oldidagi hisobdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Uchinchidan, byudjetni shakllantirish jarayonida aholi ishtirokini ta’minlash yuzasidan “Tashabbusli byudjet” tizimining yo‘lga qo‘yilishi xalqni qiynab kelayotgan turli muammolarga ularning tashabbuslari asosida yechim topilishiga zamin yaratilmoqda17.
To‘rtinchidan, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining mustaqilligini oshiirish orqali mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlab, ularda qo‘shimcha resurslar, ya’ni pul mablag‘lari shakllanyapti. Bu esa, o‘z navbatida, hududlardagi aholining og‘irini yengil qilish, orzularini ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutyapti.
Yangilangan Konstitutsiya O‘zbekistonni ijtimoiy davlat deb e’lon qildi. Davlatning ijtimoiy majburiyatlarga oid normalar uch baravar ortdi.
Bolaning huqulari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning burchi ekanligi konstitutsiyaviy mustahkamlash qo‘yildi.
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlanishi, ularning ta’lim olish, sog‘ligini saqlashni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratildi.
2023-yil 30-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumda – umumxalq muhokamalarida jami 222.715 taklif kelib tushganligi va ular asosida loyiha takomillashtirilib maromiga yetkazildi.
Konstitutsiyada ilk marotaba yer xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi nazarda tutildi. Ushbu norma haqiqiy inqilobiy yangiliklardan biri sifatida mulkchilik munosabatlaridagi bo‘shliqni to‘ldirdi. Shu bilan birga, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joydan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi belgilanyapti.

Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin