2-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplarining mazmuni va mohiyati Reja:
1. Davlat suvereniteti
2. Xalq hokimiyatchiligi
3. Konstitutsiya va qonunning ustuvorligi
4. Tashqi siyosat
2023 yil 1 maydan e’tiboran, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirdi. Bunga 2023 yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga bo‘yicha 11 ta moddadan iborat tegishli, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” Qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi.
Konstitutsiya matnlariga 65 foizga yangilangan va to‘ldirishlar kiritilgan.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi amalga kiritish uchun huquqiy asos va unga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlash maqsadida 2023 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni8 qabul qilindi.
1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.
Jumladan, Konstitutsiyaning birinchi bo‘limiga quyidagi o‘zgarishlar kirganligini e’tirof etish lozim.
Konstitutsiyaning ilgarigi 1-moddasi:
O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi, jumlasi yangi tahrirda:
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi, tarzida yangi tahrir bilan yozilgan.
1. O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat:
Konstitutsiyaning 1-moddasidagi “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasi quyidagicha o‘zgartirildi: